«moliyaviy hisob»



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/12
tarix01.06.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#114832
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
«moliyaviy hisob»

 
 


38 
III. Xulosa va takliflar. 
3.1
 
 Korxonalarga tavsiya etiladigan usullar. 
 
Korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning o'rtacha xarajatlari ya‘ni 
tannarxlari – ko'p jihatdan xom-ashyo va materiallardan samarali foydalanish 
ko'rsatkichlariga bog‗liqdir. 
Material resurslar miqdorini rejalashtirilgan hajmda tayyorlash mahsulot ishlab 
chiqarish rejasini bajarish uchun imkoniyat yaratadi. Material resurslardan tejab-
tergab foydalanilmasa hamda ularning amaliyotdagi foydalanilishi belgilangan 
me‘yorlarga nisbatan ortiqcha bo'lsa, u holda keltirilgan materiallar mahsulot ishlab 
chiqarish davomiyligi rejasini bajarish uchun yetarli bo'lmaydi. 
Korxonalarda materiallardan tejab-tergab foydalanish bevosita buxgalteriya 
hisobini tashkil etishga bog‘liq bo‘lib, uning asosiy maqsadi material harakatini 
dastlabki hujjatlarda to‘g‘ri rasmiylashtirish hamda ularning ichki nazoratini 
ta‘minlash, shuningdek, xarajat sifatida sarflashda samarali bo‘lgan baholash 
usullarini qo‘llash natijasida mahsulot tannarxini ob‘ektiv tarzda shakllantirish 
hisoblanadi. 
Biz butun ilmiy ish mobaynida o‘tkazgan tajriba va sinovlarning natijasidan 
xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ayni narxlar tez o‘zgaruvchan bo‘lgan bozor 
iqtisodiyoti sharoitida korxonada FIFO (birinchi kirim – birinchi chiqim) usulidan 
foydalanib ishlab chiqarishga kiritilgan xom-ashyo va materiallar tannarxini 
aniqlashni tavsiya qilgan bo‘lardik. Chunki kuzatuvlardan ma‘lumki, ayni davrda 
bozordagi har qanday mahsulot va xizmatning bahosi faqat o‘smoqda. 
Biz amaliy keltirgan ―O‘z Hanwoo Engineering‖ qo‘shma korxonasida tovar 
moddiy zahiralar Koreya respublikasidan AQSH dollari hisobida keltiriladi va 
omborga kirim qilishda o‘sh kungi markaziy bank kursiga asosan so‘mda qabul 
qilinadi. Tayyor maxsulotni sotishda esa ―GM O‘zbekiston‖ qo‘shma korxonasi bilan 
tuzilgan shartnomaga asosan maxsulot yuklab jo‘natilayotgan kungi markaziy bank 
kursiga muvofiq AQSH dollarida sotiladi. Aynan shu omilni inobatga olgan holda 
korxona kelajakda o‘rtacha tortilgan qiymat bo‘yicha baholash emas birinchi xarid 


39 
narxlarida baholasa valyuta kursi o‘zgarishidagi ijobiy farqdan ham ancha foyda 
ko‘radi 
Bizga ma‘lumki, o‘rtacha tortilgan qiymat usuli omborxonalarga materiallar tez-
tez kelib tushadigan va ishlatiladigan korxonalar uchun hisob-kitoblarni qisqartirish 
maqsadida qo‘llaniladi. Bu usul ko‘p jihatdan foydali, lekin biz o‘rganayotgan 
korxonada bu usul uncha ko‘p foyda keltirmaydi. Masalan yangi materiallar kelishiga 
korxonada ozroq eski narxdagi material qoldig‘i mavjud bo‘lsa, yangi materiallar 
oshgan narxda kelsa, shu qolgan oz miqdordagi eski – arzon narxdagi materiallar 
tannarxi butun boshli yangi partiya narxiga ta‘sir o‘tkazadi. Qolaversa valyuta kursi 
farqlari ham ancha yo‘qotishlarga olib keladi. 
O‘z – o‘zidan ma‘lumki, bizda so‘nggi xarid narxlarida baholash (LIFO) usuli 
tavsiya etilmaydi. Shu omillardan kelib chiqib, biz korxonaga birinchi xarid 
baholarida baholashni (FIFO usuli) tavsiya etgan bo‘lardik. Va shuni ham ta‘kidlash 
kerakki, korxona yangi partiya xom-ashyo va materiallar kelgunga qadar eski partiya 
materiallarini imkon darajasida ko‘proq ishlatib, kamroq qoldiq qoldirishga harakat 
qilishi kerak. Shu bilan bir vaqtda korxona xaridor va buyurtmachilarni kelajak narx 
oshishiga tayyorlab, shartnomani bir partiya materiallari tugagunga qadar muddatga 
(1 kvartalga) tuzishi maqsadga muvofiq. 
Korxona moliyaviy natijalarida ko‘zga tashlangan yana bir nuqson – bu valyuta 
kursi farqidan anchagina zararning mavjudligidir. Ma‘lumki, ―O‘z Hanwoo 
Engineering‖ korxonasi xom-ashyo va materiallar hamda tayyor mahsulot savdosi 
bilan bog‘liq shartnomalariga muvofiq bu operatsiyalarni AQSH dollarida amalga 
oshiradi. Lekin shunga qaramay, korxona hisob-kitobi va hisoboti milliy valyutada 
tuziladi. Bunday holatda ishlaganda, albatta, korxona kurslar farqidan yo‘qotishlarga 
uchrashi tabiiy. Bu muammoni yumshatish maqsadida korxonaga bir vaqtning o‘zida 
ham milliy valyutada (BHMS asosida), ham chet el valyutasida (MHXS
5
asosida) 
hisob yuritishi kerak. Shunda ikkinchi hisobotda korxonaning haqiqiy foydasi 
ko‘rinadi va bu hisobotni investorlar va tashqi foydalanuvchilarga taqdim etib, ijobiy 
xulosa olish mumkin. 
5
“Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari” 


40 
Xulosa qilib aytganda, korxonalarda xom-ashyo va materiallar hisobini 
qanchalik oqilona yo‘lga qo‘yish, ularni baholash usullarini to‘g‘ri tanlash ham 
mahsulot tannarxiga ham korxona foydasiga ta‘sir etishga qo‘yilgan yirik qadam 
hisoblanadi. Ayniqsa qo‘shma korxonalar bu muammoni hal qilishga jiddiy 
yondashishlari va materiallardan oqilona narxlarda foydalanishlari korxona maxsuloti 
tannarxini bozorbob shakllantitishning birdan bir yo‘lidir. 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə