Moliyaviy tavakkalchiliklarning mohiyati va klassifikatsiyasining asosiy belgilari



Yüklə 21 Kb.
səhifə3/7
tarix30.12.2023
ölçüsü21 Kb.
#165016
1   2   3   4   5   6   7
riskni boshqarish

Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va loyihaning ayrim turlari boʻyicha tavakkalchiliklar boʻlishi mumkin. Masalan, konchilik va neft-gaz qazib chiqarish sanoatida geologik tavakkalchilikka, ya‘ni zahiralarni toʻgri baholash tavakkalchilikiga alohida e‘tibor beriladi. Kimyo sanoati, kon qazib olish, qora va rangli metallurgiya loyihalarida ekologik tavakkalchilikka katta e‘tibor beriladi.

Yuqorida keltirilgan tasniflashlarga asoslangan holda, loyiha faoliyatidagi tavakkalchiliklarni quyidagi guruhini keltirish mumkin:

Yuqorida keltirilgan tasniflashlarga asoslangan holda, loyiha faoliyatidagi tavakkalchiliklarni quyidagi guruhini keltirish mumkin:

  • Loyiha ishtirokchilari tavakkalchiligi;
  • 2. Loyiha smeta qiymatining oshish tavakkalchiligi;

    3. Qurilishni oʻz vaqtida tugamaslik tavakkalchiligi;

    4. Ishva ob’yekt sifatining pastligi tavakkalchiligi;

    5. Konstruksion va texnik tavakkalchiliklar;

    6. Ishlab chiqarish tavakkalchiligi;

    7. Boshqaruv tavakkalchiligi;

    8. Sotish tavakkalchiligi;

    9. Moliyaviy tavakkalchilik;

    10. Mamlakat tavakkalchiligi;

    11. Ma‘muriy tavakkalchilik;

    12. Huquqiy tavakkalchilik;

    13. Fors-major tavakkalchiligi.

    Oʻzbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalarni muvaffaqiyatli jalb etish ma‘lum darajada uch guruh omillarga bog ̳liq boʻladi:

    Birinchidan, investitsiya quvvatining mavjudligiga. Uni tabiiy, mehnat zahiralari, shuningdek, ishlab chiqarish, iste‘mol, moliyaviy, innovatsiya, institutsional va infratuzilmaviy quvvatlar tashkil qiladi.

    Ikkinchidan, mamlakatdagi mavjud investitsiya sharoitlari muhim ahamiyatga egadir. Bularga: umumiqtisodiy, bozor, me‘yoriy- huquqiy, axborot bilan ta‘minlanish, ekologik, ijtimoiy, madaniy va ijtimoiy-madaniy sharoitlar kiradi.


    Yüklə 21 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə