Morfеmika-morfologiya



Yüklə 1,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/148
tarix03.06.2022
ölçüsü1,59 Mb.
#88616
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   148
1.3. hozirgi ozbek adabiy tili morfemika-morfologiya (3)

 
6-jadval 
 
Yordamchi
so„z turi 
Sof yordamchi so„z 
 o„shimchasi- 
mon yordamchi
so„z 
Yarim
yordamchi so„z 
Ko„makchi 
kabi, singari, sari,
sayin, dovur, uchun, 
orqali 
-dek, -day,
dayin, -cha 
old, 
oldin, 
orqa,
qarshi, avval, bo„ylab, 
ko„ra, qarab, tomon 
Bog„lovchi 
va, hamda, ammo,
lekin, biroq, chunki,
shuning uchun, agar,
go„yo, toki, basharti, 
garchi, xoh, dam, yoki, 
yoxud, yo 
-ki, (-kim),
-u, -yu, -da 
vaqtida, bir, ba‟zan, 
gоhida 
Yuklama 
axir, xatto, faqat, ham, 
naq, go„yo, go„yoki,
atigi 
-mi, -ku, - gina, -u, -
yu, - da, -a, -oq, (-
yoq), -dir 
yolg„iz, ba‟zan, bir 
Jadvaldan ko„rinib turganidek, yordamchi so„zlar salmog„i mustaqil so„zlar hisobidan ortib 
boradi. Yordamchi so„zlarning boyishida yana bir yo„l ularning ichki tomondan bir turdan ikkinchi turga 
o„tishidir, aniqrog„i, “oraliq hodisa” xususiyatiga ega bo„lgan ko„makchi-bog„lovchi, bog„lovchi-
yuklamalarning mavjudligi. Masalan, 
bilan, deb, deya
kabilar ko„makchi-bog„lovchilardir. Ushbu 
ko„makchilarning bog„lovchi vazifasida kelishi ancha keng tarqalgan hodisadir. 
Ammo lekin bu ishni 
paysalga solish yaramaydi
gapida bog„lovchi-yuklama qo„llanilgan, ya‟ni ammo bog„lovchisi 
kuchaytiruv yuklamasi vazifasida kelgan.
Bugungi kunda yordamchi so„zlarni har tomonlama o„rganish, ularni lisoniy tahlil qilish ishlari 
tilshunosligimizda davom etmoqda.
Ko„makchilar yordamchi so„zlarning bir ko„rinishi sifatida.
Turkiy tillarda (jumladan, o„zbek 
tilida ham) ko„makchilar ko„p yillardan buyon tilshunoslarning tekshirish manbai bo„lib kelmoqda. 
O„zbek tilidagi ko„makchilarga birinchi bo„lib mukammal ta‟rifni A.N.Kononov bergan: “Ko„makchilar 
shunday bir gruppa so„zlarki, ular ot bilan yoki ob‟ekt bilan predikat orasidagi qurol – vosita, maqsad, 
sabab, payt, masofa, yo„nalish, o„xshatish kabi munosabatlarning yaratilishida xizmat qiladi”. 
Sh.Shoabdurahmonov ham o„zining “YOrdamchi so„zlar” asarida ko„makchilarga xuddi shunday ta‟rif 
bergan: “Ko„mak-chilar ob‟ektning ob‟ektga yoki ob‟ektning predikatga bo„lgan turli grammatik 
munosabatlarini ko„rsatuvchi yordamchi so„zlardir”. Darhaqiqat, ko„makchilar orasidagi tobe 
munosabatni ifodalash va kelishik ma‟nolarini aniqlash, to„ldirish uchun xizmat qiladi. Shu xususiyati 
bilan ko„makchi bog„lovchi va yuklamalardan farq qiladi. Ko„makchilar ma‟no va vazifa jihatidan 
kelishik qo„shimchalariga yaqin turadi. Shuning uchun ba‟zan kelishik shakllaridan anglashilgan ma‟no 
ko„makchi bilan ham ifodalanadi (
Mashinada keldim - mashina bilan keldim. Ukamga oldim- ukam 
uchun oldim 
kabi). Lekin bular kelishik affikslariga qaraganda ma‟noni aniq, konkret ifodalaydi. 

Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə