Morfеmika-morfologiya


  Ko„makchilarning shakliy xususiyatiga ko„ra turlari



Yüklə 1,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/148
tarix03.06.2022
ölçüsü1,59 Mb.
#88616
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   148
1.3. hozirgi ozbek adabiy tili morfemika-morfologiya (3)

 


89 
Ko„makchilarning shakliy xususiyatiga ko„ra turlari.
Ko„makchilar shakliy va bajaradigan 
vazifasi jihatidan quyidagi turlarga bo„linadi:
a) sof ko„makchilar;
b) yarim ko„makchilar;
d) qo„shimchasimon ko„makchilar. 
Nutqimizda tez-tez ishlatiladigan 
uchun, bilan, sari, qadar, kabi, singari, sayin, or- qali 
so„zlari 
sof ko„makchilar
bo„lib, ular tobe so„zni hokim so„zga bog„lashga xizmat qiladi. Sof ko„makchilar 
boshqa so„zlarga birikkan holda turli munosabatlarni anglatadi. Jumladan, 
bilan 
ko„makchisi
 
o„zbek 
tilida asosan ko„makchi, ba‟zan bog„lovchi vazifasida ishlatiladi. Shuning uchun bu ko„makchi turi 
bugungi kunda yordamchi so„zlardan birining o„rnida ikkinchisi qo„llanilishi nuqtayi nazaridan 
ko‘makchi-bog‘lovchi
atamasi ostida ham o„rganilmoqda. 
Bilan
 
yordam-chisining etimоlogiyasi haqida 
prof.A.N. Kononov, V.V.Radlov, J.Deni kabi qator turkiyshunoslarning fikrlarini e‟tiborga olib, uning 
birlan
so„zidan kelib chiqqanini aytgan. 
Bilan
 
yor-damchisining 
birla, birlan, bila, ila, -la
shakllari vazn,
qofiya va uslub talabiga ko„ra ko„proq poeziyada uchraydi. Chunonchi, 
Baxt ila to‘lib-toshgan go‘zal oy 
deraza tagida o‘sgan daraxt barglarida mudrab yotadi
. (R.Tag.) Bu ko„makchi quyidagi ma‟nolarni 
bildiradi:
1) biror harakatning bajarilishida shaxs, predmetlarning birgaligini bildiradi: 
Ko‘pchilik bilan 
odam o‘zini kuchli sezadi.
2) harakatni bajarishda vosita ma‟nosini bildiradi: 
Shu gapning ustiga Ismat bobo hassasi bilan 
eshikni ochib kirib keldi.
(P.Qod.)
3) payt ma‟nosini ifodalaydi: 
 Qo‘ng‘iroq chalinishi bilan o‘qituvchi sinfga kirdi.
4) sabab ma‟nosini bildiradi: 
Ular: ”Gulnor o‘z ajali bilan o‘ldi… ”, -deyishdi. 
(Oyb.)
5) harakatning bajarilishidagi holatni ifodalaydi:
Onamning mehr bilan boqib turgan ko‘zlarini 
bir umr unuta olmasam kerak.
(Oyb.) 
Bilan
ko„makchisi keng tarqalgan yordamchi so„zdir. Uning bog„lovchilik, ko„makchilik tabiati 
olimlarimiz orasida tortishuvlarning bo„lishiga sabab bo„lgan. Shu bоisdan “… va, bilan, hamda, 
shuningdek so„zlari hozirgi o„zbek adabiy tilida teng bog„lovchilarning biriktiruv bog„lovchilari turiga 
kiradi” degan fikr ham ilgari surilgan. Ammo bu o„rinda shuni qayd etish kerakki, bog„lovchi 
vazifasidagi 
bilan
ning 
va, ham
biriktiruv bog„lovchilaridan farqlanadigan o„ziga xos xususiyatlari bor:
- «birgalik» ma‟nosi 
bilan
yordamchisi uchun хоs: 
Chodir sahnasidan bir qiz bilan yigit chiqib 
o‘yin qildi
(M.Ism.). Ushbu misoldagi bilan o„rnida 
va
ni qo„llasak, yuqoridagi ma‟no kelib chiqmaydi, 
balki qiz bilan yigitning alohida–alohida o„ynagani ma‟nosi ifodalanadi.
-
va, ham
bog„lovchilari uyushib kelgan fe‟l kesimlarni bog„laydi, ammo 
bilan
da bu imkoniyat 
chegaralangan. Qiyoslang: 
Lola ishlaydi va o‘qiydi

Lola ishlaydi ham o‘qiydi. 
Ammo
Lola ishlaydi 
bilan o‘qiydi
tarzidagi gap nutqda ishlatilmaydi. 
Bilan
ning grammatik vazifasi bog„lovchi va ko„makchi 
vazifasida kela olishidir; shunga ko„ra, 
bilan
boshqa ko„makchilardan farqlanadi. Shuning uchun 
bilan
ko„makchisini 
ko‘makchi–bоg‘lovchi
termini bilan ataganimizda uning barcha xususiyatlari namoyon 
bo„ladi. Bu ko„makchi turi gapda vosita ma‟nosini bildirganda to„ldiruvchi, sabab, payt, harakatning 
bajarilish tarzini bildirganda hol vazifalarida keladi.
Uchun
ko„makchisi atalganlik (
Yo‘lchi uchun keltirgan tugunchak yodiga tushdi 
(Oyb.)), maqsad 
(
Hamma xalq ochdan o‘lmaslik uchun bir amal–taqal qilib turibdi
(Oyb.)), sabab (
Kampirning 
ahmoqligi yo dushmaningizning ig‘vosi uchun shundoq deyishga qandoq tilingiz bordi?
(A. Qah.)) evaz 
(
E’tibоringiz uchun rahmat
) kabi ma‟nolarda qo„llanilib, to„ldiruvchi, maqsad, sabab holi vazifalarida 
keladi. 

Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə