Mumtoz she`riyat haqida tushuncha



Yüklə 487,39 Kb.
səhifə8/27
tarix30.12.2023
ölçüsü487,39 Kb.
#166680
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
portal.guldu.uz-Mumtoz she`riyat asoslari

Adabiyotlar ro’yhati:
1."O’zbek adabiyoti xrestomatiyasi", ikkinchi jild. O’zdavnashr, Tosh. 1945y. 240-245-b.
2."O’zbek poeziyasi antologoyasi", Tosh. 1948-y. 183-185-b
3."O’zbek adabiyoti xrestomatiyasi", ikkinchi jild. O’zdavnashr, Tosh. 1945y. 240-245-b.
3. Amiriy. Devon. I. O`zbekcha she`rlar. Tamaddun nashriyoti. – T.: 2017.
4. Amiriy. Devon. II. Tojikcha she`rlar. Tamaddun nashriyoti. – T.: 2017.
Internet ma’lumotlar:
1.www.ziyonet.uz/
2.www.guldu.uz/ 3.www.gduportal.uz/
4.guldu.zn.uz/


  1. Sayfi Saroyi (1321-1398)

  2. Chop etilgan10.04.2013MuallifZiyouz.uz

  3. Sayfi Saroyi (1321, Xorazm viloyati Sariqamish qishlog‘i — 1398, Iskandariya) — shoir, tarjimon. Markaziy Osiyoda mo‘g‘ullar istilosi davrida yashagan, o‘z vatanini tark etishga majbur bo‘lgan, umri darbadarlikda kechgan. Keyinchalik Oltin O‘rda (Saroy shahri), Misr va Turkiyada yashagan. Fors, arab tili, adabiyoti, tarixi va xalq og‘zaki poetik ijodini mukammal o‘rgangan, lirik shoir, qasidanavis, epik dostonchi va tarjimon sifatida tanilgan.

  4. Bizgacha uning 10 dan ortiq g‘azal, qasida, qit’a, ruboiy, «Suhayl va Guldursun» dostoni, «Gulistoni bit-turkiy» asari yetib kelgan. «Sindbodnoma»ni o‘zbek tiliga qilgan tarjimasi saqlanmagan. She’rlarida vatanparvarlik, odamiylik, inson qadr-qimmati, do‘stlik, muhabbat motivlari bilan birga ijtimoiy mavzu ham kuylangan («Ko‘ngul», «Topilmas», «Erur» va b.).

  5. Sayfi Saroyi Sa’diyning «Guliston» asarini o‘zbek tiliga birinchi bo‘lib tarjima qilib, yarim original, falsafiy-axloqiy «Gulistoni bit-turkiy» asarini yaratgan (1391). Sa’diy asarining asosiy mag‘zini olib, uni zamona ruhini va mahalliy muhitni aks ettiruvchi yangi hikoyatlar, qit’a va baytlar bilan to‘ldirgan. Asar 8 bob, har bir bobda hikoyatlar bor. Hikoyatlarning ko‘pchiligi didaktik mazmunda. Shoir pand-nasihat qilish yo‘li bilan adolat va osoyishtalik o‘rnatish, zolim podsho va amaldorlarni insof va adolatga chaqirish, davlatni qat’iy qonun-qoidalar asosida boshqarish, kishilar xulq-atvorini yaxshilash mumkin, deb o‘ylaydi. Shu maqsadda to‘g‘rilik, rostgo‘ylik, sadoqat va marhamat kabi fazilatlarni targ‘ib etadi. Asar katta adabiy yodgorlik, qadimiy turkiy tilni o‘rganishda ham muhim manbadir. Uning yagona qo‘lyozmasi Gollandiyadagi Leyden universitetida (inv. №1355), fotonusxasi, «Suhayl va Guldursun» dostoni qo‘lyozmasi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.

  6. Begali Qosimov


  7. Yüklə 487,39 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə