Mumtoz she`riyat haqida tushuncha



Yüklə 487,39 Kb.
səhifə4/27
tarix30.12.2023
ölçüsü487,39 Kb.
#166680
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
portal.guldu.uz-Mumtoz she`riyat asoslari

Muhokama uchun savollar:
1. Qofiya deganda nimani tushunasiz?
2. Qofiyaga xos xususiyatlarni sanang.
3. Qofiya unsurlari haqida gapiring.

2-asosiy masala bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarga qofiyaning turlari xususida ma’lumot berish.


Identiv o’quv maqsadlari:
1. Qofiyaning turlari haqida gapiradi.
2. Qofiya turlarining badiiy adabiyotda tutgan o’rniga baho beradi.


2-asosiy masalaning bayoni:
Xatqofiya
Qofiya navlaridan biri xatqofiyadir. Xatqofiyada ham raviy mavjud, biroq bu asl qofiyalardagidek tovush jihatidan ohangdoshlik yaratolmaydi. Xatqofiyaning mohiyati: misralar ohiridagi ikki so’zning yozuvdagi o’xshashligiga asoslanadi. Qizig’i shundaki, xatqofiyalarda so’zlarning biri buzilgan holda talaffuz etiladi. Shunday qilinmasa qofiyadoshlik bo’lmaydi. Misol A. Navoiyning “Sab’ai sayyor” dostonidan ko’rib o’tamiz:


Dedi ba’zi: “Bu nav’ dilkash emas ,
Zuafo qatli tig’ ila xvash emas”.

Matndagi xatqofiya - “dilkash va xvash” so’zlaridir. So’zni to’g’ri talaffuz qilsak xvash emas xush bo’lar edi. To’g’ri talaffuzda xush dilkashga qofiya bo’lolmaydi. Ya’ni tovush jihatidan ohangdosh emas, dilkash va xvash so’zlarida raviy “sh” ham, ridf “a” harflari ham bor. Demak, mumtoz adabiyotdagi qofiya ilmiga ko’ra, bu so’zlar o’zaro qofiyadoshdir.


Muhammad Solihning “Shayboniynoma” dostonidan xatqofiya namunasini ko’ramiz:


Yana bir davr kelur tozavu xvash,
Ittifoq ahlidek asru dilkash.

Misoldan ko’rinib turibdiki, xatqofiyalarda tovush jihatidan oxangdoshlik yo’q, ammo yozuv jihatidan o’xshashlik bor.




Mukarrar qofiya
Mukarrar takror demakdir. Bu takrorlangan qofiyadir. Uning mohiyati misradagi qofiyadosh so’z takrorlangan holatda keladi. Ikki bir xil so’zga boshqa ularga ohangdosh ikki boshqa so’z takrori qofiyadosh bo’lib keladi. Mukarrar qofiya huddi radifga o’xshaydi, biroq unday emasligini namunalardan ko’ramiz:


Dilimda g’ussa-g’am bisyoru bisyor,
Xarobot shavqiyu xummoru xummor.
Na qilsun menda tasbih, ey yaqinlar,
Bu xirqam ostida zunnoru zunnor.

Bayt Nizomiy Ganjaviy she’ri tarjimasidan olingan. Boshqa shoirlar ijodida ham mukarrar qofiya san’ati bilan ziynatlangan ajoyib g’azallar bor. Mukarrar qofiya san’atining she’rdagi xizmati, u xuddi radif singari she’r ohangdoshligini oshirib, xushjaranglilikni kuchaytiradi. Radifdagi so’z takrori she’r bo’ylab, boshdan oxirigacha davom etadi, mukarrar qofiya esa misrada qoladi.





Yüklə 487,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə