Mumtoz she`riyat haqida tushuncha



Yüklə 487,39 Kb.
səhifə5/27
tarix30.12.2023
ölçüsü487,39 Kb.
#166680
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
portal.guldu.uz-Mumtoz she`riyat asoslari

Ichki qofiya
Ichki qofiya misra va bayt ichidagi qofiya hisoblanadi (ya’ni asosiy qofiyadan tashqari baytda ichki qofiya ham bo’lishi mumkin). Masalan, ichki qofiya baytni to’rt bo’lakka, misrani ikki qismga bo’ladi va undan so’ng baytda asosiy qofiya keladi. Ana shu to’rt bo’lakning uch bo’lagi oxiridagi ohangdosh so’zlar ichki qofiya bo’ladi:


Qoshing chu bayram oyidur, jahon husnung gadoyidur,
Quling Sayfi Saroyidur, bukun ul sun’ hayroni.

Yuqoridagi baytda “hayroni” so’zi asosiy qofiya namunasi bo’lib, undan oldingi uch qism oxiridagi oyidur, gadoyidur, Saroyidur so’zlari ichki qofiyalardir.




Boshqofiya
Mumtoz shoirlar san’atkorlik qilib, qofiya navlarini anchaga ko’paytirganlar. Bulardan biri boshqofiyadir. Boshqofiya qofiyaning misra boshiga chiqib olish hodisasidir:


Jondin seni ko’p sevarman, ey umri aziz,
Sondin seni ko’p sevarman, ey umri aziz,
Har neniki sevmak ondin ortuq o’lmas,
Ondin seni ko’p sevarman, ey umri aziz.

Ko’rinadiki, qofiyali misralarning bosh qismi boshqofiyalar bilan ziynatlangan: “jondin – sondin - ondin”.


Kuzatishlar boshqofiya ruboiy bilan cheklanmasligini, uni g’azal va boshqa lirik janrlarda ham uchrashini ko’rsatmoqda. Buni Boburning quyidagi g’azali tasdiqlaydi:


Shoh Sulton Uvays binni Mahmud!
Moh Sulton Uvays binni Mahmud!
Qaddu og’zidin ayru tortarmen
Oh, Sulton Uvays binni Mahmud!
Meni yod ayla bazmi ishqingda
Goh, Sulton Uvays binni Mahmud!
Xush turur, hamrahim agar sensen
Roh, Sulton Uvays binni Mahmud!
Podshahdur agarchi Bobur, lek
Shoh Sulton Uvays binni Mahmud!

Boshqofiyali baytlar masnaviylar – dostonlarda ham onda-sonda uchrab turadi. Boshqofiya san’atiga murojat etgan mumtoz shoir: avvalo she’riy ravonlik, o’ynoqilik, musiqiylikni ta’minlashni o’ylagan. Boshqofiya san’atining muhim xizmati: boshqofiya vazifasidagi so’z ma’nosiga o’quvchi e’tibori maxsus tortilgan: fikriy-ma’naviy urg’u shu so’zga tushgan.


Zulqofiyatayn
Zulqofiyatayn atamasi arabcha so’z bo’lib, ikki qofiyali demakdir. Ogdatda she’rlarda misra so’ngidagi so’z oldingi misra oxiridagi bir so’zga ohangdosh bo’lib, qofiya yaratadi. Masalan, Atoiyning quyidagi baytida “chamanda - anjumanda” so’zlari qofiyadir:


Jamoling vasfini qildim chamanda,
Qizardi gul uyattin anjumanda.

Zulqofiyatayn qo’llagan shoir endi baytga bittadan emas, ikkitadan so’zni qofiyadosh qilib tizadi:


Munofiq suhbatingda ne’mating er,


Chiqib dushmanlaringg’a g’iybating der.
Sayfi Saroyining mzkur baytida zulqofiyatayn: “ne’mating – g’iybating, er - der”.

Yüklə 487,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə