Mumtoz she`riyat haqida tushuncha



Yüklə 487,39 Kb.
səhifə7/27
tarix30.12.2023
ölçüsü487,39 Kb.
#166680
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
portal.guldu.uz-Mumtoz she`riyat asoslari

1.1.Amiriy voyaga etgan oilada boshlang’ich savodini oilada chiqarib, keyin madrasada tahsil olgan, Komilning davlat arbobi sifatidagi faoliyatiga baho beradi.
1.2.Umarxon Lutfiy, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy, Bedilni o’ziga ustoz sanab, ulardan ijod sirlarini o’rgangan, ularga ergashib ijod qilgan, g’azallariga muxammaslar bog’lagan.
1.3.Aruzning turkiy adabiyotda mashhur, xalq ijodida ham keng tarqalgan yengil va o’ynoqi vaznlaridagina yozilgan bu she’rlarning barchasi ishqu muhabbat mavzuida.
Amir Umarxon Qo’qon xoni (1810—1822), zullisonayn shoir. Norbo’tabiyning o’g’li. O’zbeklarningmingurug’idan. Boshlang’ichsavodinioiladachiqarib, keyinmadrasada tahsil olgan. Yoshligidansaroyxizmatigajalbqilingan: akasi — Qo’qonxoniOlimxonningdavlatniboshqarishishlaridafaolishtiroketgan. Olimxon 1807—08 yillardaungaFarg’onahokimliginitopshirgan. ShuyillardauAndijonhokimiRahmonqulibiyningqiziMohlaroyim (Nodira)gauylangan.
HokimtabaqalarOlimxonningToshkentdako’tarilgang’alayonnibostirishuchunqo’shintortganligidanfoydalanib, fitnauyushtiradilarva 1810 yiliUmarxonnixonqilibko’taradilar, Olimxonesao’ldiriladi. UmarxonQo’qonxonligihududinikengaytirish, hokimiyatnimustahkamlashsiyosatiniolibboradi. BuxoroamirigaqarashliTurkistonshahri (1815), O’ratepani (1817) bosibolgan. Sirdaryobo’yidagierlardaYangiqo’rg’on, Julek, Qamishqo’rg’on, Oqmachit, Qo’shqo’rg’onnomliharbiyistehkomlarqurdirgan. Ular O’rta Osiyoni Rossiya bilan bog’laydigan muhim savdo yo’lida joylashgan edi. U Rossiya bilan diplomatik munosabatlar o’rnatishga harakat qilgan. Umarxon davrida Qo’qon, Toshkent, Turkiston, Chimkent, Sayram, Avliyootada masjid va madrasalar qurilib, qabristonlar tartibga keltirilgan. Shahrixon shaharchasi barpo etilgan, yangi qishloqlar vujudga kelgan. Xon amaldorlarining talonchilik siyosatiga qarshi Chimkent va Sayramda ko’tarilgan qo’zg’olon bostirilgan. 19-asrning 1-yarmida Qo’qonda o’ziga xos ilmiy-madaniy muhit vujudga kelgan — uning boshida turgan ma’rifatparvar hukmdor Umarxon ilm, madaniyat, san’at, adabiyot, turli kasb-hunarlarning rivojiga katta e’tibor bergan, madrasalarda o’qish-o’qitish ishlarini yaxshilagan, turli hunar maktablari ochilishini qo’llab-quvvatlagan. O’zi ham Amiriy taxallusi bilan she’rlar yozgan. Uning atrofida 70 dan ortiq shoir yig’ilgan. 1821 yilda Fazliy Namangoniy Umarxon amriga binoan, 63 shoirning she’rini o’z ichiga olgan «Majmuai shoiron» to’plamini tuzgan. Uni ulug’lab qasidalar yozish, g’azallariga tatabbu’lar bog’lash bu shoirlar ijodida etakchi o’rin tutgan.Umarxon Lutfiy, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy, Bedilni o’ziga ustoz sanab, ulardan ijod sirlarini o’rgangan, ularga ergashib ijod qilgan, g’azallariga muxammaslar bog’lagan. Aruzning turkiy adabiyotda mashhur, xalq ijodida ham keng tarqalgan yengil va o’ynoqi vaznlaridagina yozilgan bu she’rlarning barchasi ishqu muhabbat mavzuida. Ularda an’anaviy motivlar va tasavvufiy ruh ustun. O’zbek va forstojik tilidagi she’rlarini to’plab, devon tartib bergan. Devon g’azal, muxammas, musaddas, tuyuq janrlaridagi 10 ming misradan ortiq she’rni o’z ichiga olgan.
O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyining matnshunoslik va yozma yodgorliklarni nashr etish bo’limining ilmiy xodimlari tomonidan Umarxonning turli davrlarda ko’chirilgan 26 ta qo’lyozma devoni hisobga olinib, ularning ilmiy tavsifi berilgan. Bu qo’lyozmalar Sankt-Peterburg, Toshkent, Samarqand va Buxoro kutubxonalarida saqlanadi. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo’lyozmalar fondida Umarxonning 17 ta qo’lyozma devoni mavjud. Bundan tashqari, litografik usudda chop etilgan devonlari va shoir she’rlaridan namunalar berilgan bayozlar bor.

Yüklə 487,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə