Mumtoz she`riyat haqida tushuncha


-mavzu: G`azal poetikasi (ichki qurilishi, mantiqiy boshlanishi, izchilligi, timsol, vosita, hajm va vazn va x.k.)



Yüklə 487,39 Kb.
səhifə3/27
tarix30.12.2023
ölçüsü487,39 Kb.
#166680
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
portal.guldu.uz-Mumtoz she`riyat asoslari

3-mavzu: G`azal poetikasi (ichki qurilishi, mantiqiy boshlanishi, izchilligi, timsol, vosita, hajm va vazn va x.k.)
Asosiy savollar:
1. Qofiya unsurlari
2. Qofiyaning turlari
Mavzuning asosiy tayanch tushunchlari: qofiya, ilmi qofiya, ridf, raviy, qayd, ta’sis, vasl, radif, xatqofiya, mukarrar qofiya, ichki qofiya, boshqofiya, zulqofiyatayn.

1-asosiy masala bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarga qofiya va uning unsurlari to’g’risida ma’lumot berish.


Identiv o’quv maqsadlari:
1. Mumtoz adabiyotda qofiyaning qo’llanilishi haqida ma’lumot beradi.
2. Qofiya unsurlari to’g’risidagi qarashlar izohlaydi.

  1. asosiy masalaning bayoni:

Qofiya bayt oxiridagi ohangdoshlikni yuzaga keltiruvchi ikki har xil so’zdan iborat bo’ladi. Qofiya tovush mushtarakligiga asoslanadi.


Chiqib ishq o’ti ko’ksim chokidin, boshimdin oshibdur,
Quruq shoxeki, go’yo o’z ichidin o’t tutoshibdur.

Uvaysiyning mazkur baytida “oshibdur” va “tutoshibdir” so’zlari ohangdosh bo’lib, qofiyani yuzaga keltirmoqda. Mumtoz she’riyatimizda qofiya navlari xilma xil bo’lganidek, qofiyani tashkil etuvchi tovush va harflar ham juda ko’p. Raviy – qofiya yaratuvchi unsur bo’lib, ikki qofiyadosh so’zlar o’zagining yoki negizining so’ngi harfi hisoblanadi (qo’shimchalar bundan mustasno). Raviy unli va undosh tovushlarni ifodalovchi harflar bo’lishi mumkin:


Shersiz emasdur beshalar
Bordur saxovatpeshalar.

Baytdagi raviy “besha” va “saxovatpesha” so’zlaridagi oxirgi “a” harfidir.




Eldek etib ul quyosh qoshig’a,
Quyun kabi evrulib boshig’a.

Raviy - “sh”


Hajru g’aming etti zulmu bedod,
Ey jonu jahon, fig’onu faryod.

Raviy - “d”




Jonima o’t soldi ul ruxsorai zebo yana,
Ko’ngluma ul zulf bo’ldi moyai savdo yana.

Raviy - “o”




Ridf
Unsurlardan yana biri ridfdir. Qofiyaning ridfi qofiyadagi raviydan oldin turgan unli harf-tovushdir. Masalan:


Aylay sayohat endi bas,
Konibodom qilmay havas.

“Bas - havas” so’zlaridagi “s” - raviy, raviy oldidagi “a” harfi - ridf.




Chu dono chekti bu g’oyatg’a so’zni,
Bas etti so’zni dog’i yumdi ko’zni

baytidagi “z” – raviy, “o’” ridfdir.




Qayd
Qayd ham baytda ridf singari raviy oldidan keladigan undosh harf (tovushdir). Masalan:

Dedi: - No’shi labidin topqay el bahr,
Dedi: - Ul no’shdin el qismidur zahr.

Raviy - “r”, qayd – “h” harflaridir.




Dedi: - Qay chog’din o’ldung ishq aro mast,
Dedi: - Ruh ermas erdi tang’a payvast.

Baytda raviy - “t”, qayd - “s” harflari.


Unda bo’lus G’ozi dedi,
Ham mufti, ham qozi dedi.

Baytda raviy - “i”, qayd - “z”.



Ta’sis
Ta’sis ham ridfga aynan o’xshaydi. Bu o’xshashlik ikki jihatdandir. Ta’sis ham ridf singari raviy oldidan keladi. Ayni paytda ta’sis raviy oldida turuvchi unlidir. Ta’sisning ridfdan farqi shuki, ta’sis ridf oldidagi talaffuzda zarb (urg’u) tushadigan unli tovush (harf) dir.

Qildi bir ishki kimsa bermas yod,


Kimsa yo’qkim, sipehri ko’hnanihod.

Baytdagi raviy – “d” harfi oldidagi cho’ziq va zarb bilan aytiladigan “o” tovushi ta’sisdir. Yod – ko’hnanihod.




Vasl
Vasl harfi shundayki, raviy unga bog’lanib keladi. Vasl raviy davomidan keladigan tovush (harf) dir:

Shah chu bildi sanam tamannosin,


Topti filhol aning muammosin.

Baytdagi raviy – “o”, vasl – “s”



Yüklə 487,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə