Mundarij a bet kiri sh


Tajribada olingan urug‘likning unuvchanlik, tozalik va 1000 ta urug‘ vazni ko‘rsatkichlari



Yüklə 195,91 Kb.
səhifə12/13
tarix25.06.2023
ölçüsü195,91 Kb.
#118896
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
4.4. Tajribada olingan urug‘likning unuvchanlik, tozalik va 1000 ta urug‘ vazni ko‘rsatkichlari.
Ekinzordagi urug‘likning ekish sifatlariga juda ko‘p omillar ta’sir ko‘rsatadi. Bunga ekinzorda urug‘ning shakllanish sharoitlari sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. O‘simlikda urug‘likning shakllanishida o‘g‘itlarga muhim o‘rin berildi. O‘simlik o‘g‘itlar bilan etarli ta’minlanganda unda urug‘lik shakllanish jarayoni qulay xolatda o‘tadi va undan sifatli urug‘ik materiali olinadi.
Ma’lumki, o‘simlikning asosiy oziqa elamentlari xisoblangan azot, fosfor va kaliy o‘simlikni o‘sishi, rivojlanishi va unda urug‘likning shakllanishiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi.
Urug‘larning ekish sifatlari, uni ekish uchun yaroqliligini tavsiflovchi hususiyatlarini yig‘indisidir. Bu sifat ko‘rsatkichlariga urug‘ni turli chiqitlardan tozaligi, unuvchanligi, unish energiyasi, kasallik va zararko‘randalardan sofligi, o‘sish kuchi, 1000 ta urug‘ni vazni va boshqalar kiradi.
Tajribamizda olingan kuzgi bug‘doy turli navlari urug‘lik ekish sifatlariga o‘g‘it turlari ta’siri har xil bo‘lganligini laboratoriya taxlili natijalari ko‘rsatdi (jadval 4.4.1).
Mineral o‘g‘it turlarini kuzgi bug‘doy urug‘lik ekish sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri.
jadval 4.4.1.

Variant

Sifat ko‘rsatkichlari

Nav

O‘g‘it turlari

Unuvchanligi, %

Unish energiyasi, %

Tozaligi %

1000 ta urug‘ vazni %

YAksart

NP

96,5

93,0

99,8

47,2

NK

97,5

92,5

99,7

44,4

PK

97,0

94,0

99,7

47,4

NPK

96,5

94,0

99,8

46,6

Zvezda

NP

97,5

93,5

99,4

42,8

NK

97,0

93,5

99,7

45,0

PK

97,0

94,0

99,6

44,0

NPK

97,0

94,5

99,6

42,8

YUqorida keltirilgan jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, tajribada urug‘ning unuvchanligi bo‘yicha ikkala navning har bir variantlarida 1 klass talabiga javob beradigan, ya’ni 95 % dan yuqori bo‘lgan unuvchanlik kuzatildi. YAksart navida eng yuqori ko‘rsatkich NK qo‘llanilgan variantda (97,5 %) aniqlandi. Zvezda navida esa NP qo‘llanilgan variantda (97,5 %) bo‘lganligi qayd etildi.
Unish energiyasi 92,5 – 94,5 foiz bo‘ldi.
Tozalik sifat ko‘rsatkichi YAksart va Zvezda navininng barcha variantlarida 1 klassga mos bo‘lgan, ya’ni 99 % dan yuqori bo‘lgan natija kuzatildi. YAksart navida yuqori natija NP va NPK qo‘llanilgan variantlarda (98,8 %), Zvezda navida NK qo‘llanilgan variantda (99,7 %) aniqlandi.
1000 ta urug‘ vazni YAksart navida yuqori ko‘rsatkich PK qo‘llanilgan variantda 47,4 g, NP variantida 47,2 g, NK variantida 44,4 g, NPK variantida 46,6 g ni tashkil etdi. Zvezda navida esa yuqori ko‘rsatkich NK variantida 45,0 g, NP variantida 42,8 g, PK variantida 44,0 g, NPK variantida 42,8 g ni tashkil etilganligi aniqlandi.
Zvezda naviga nisbatan YAksart navida NP variantida 4,4 g, PK qo‘llanilgan variantda 3,4 g, NPK qo‘llanilgan variantda 3,8 g yuqori natija olingani qayd etildi.



Yüklə 195,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə