Mundarij a kirish I. bob. Qadiriyatlar nazariyalari asosida o’quvchilarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashning nazariy-metodologik asoslari


-11-sinf o’quvchilarida ma’naviy merosimizni o’rganish jarayonida o’zlashtirilgan axloqiy kategoriyalarning ko’



Yüklə 216,4 Kb.
səhifə12/19
tarix11.12.2023
ölçüsü216,4 Kb.
#148012
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Mundarij a-fayllar.org

10-11-sinf o’quvchilarida ma’naviy merosimizni o’rganish jarayonida o’zlashtirilgan axloqiy kategoriyalarning ko’rsatkichlari


Maktablar

So’rov varaqa-lar soni


Yi-g’ib olin-gan so’rov vara-qalar soni


Ma’naviy merosimizni o’rganish jarayonida o’zlashtirilgan axloqiy kategoriyalar


(% xisobida)

Ilm o’rganish


Ona yurtga muxabbat


Insonparvarlik


Xalollik, diyonatli bulish


Kalb tozaligi kungil poklikka yerishish


Adolatparvar bulish


Or-nomusli bulish


Ma’rifiy madaniy merosni anglash


O’z hatti- xarakatlaridan salbiy xislatlarni chukur anglash


1.

Termiz shahar 13-umumiy o’rta ta’lim maktabi

75

75



















2.

Angor tumanidagi 1 -umumiy o’rta ta’lim maktabi

75

75




















jumlasiga yolg’onchilik, ikkiyuzlamachilik, ishyoqmaslik, tanballik, subutsizlik, nomussizlik, qo’rqoqlik kabi qusurlarni ko’rsatishgan.

Jadvaldan ko’rinib turibdiki, ishtirok etgan 150 nafar o’quvchidan tasi ig’voni, tasi yolg’onchilikni , tasi g’iybat, fisqu-fasodni, tasi xiyonatni, tasi manmanlik, takabburlikni, tasi adolatsizlikni, tasi esa jur’atsizlik, beqarorlikni salbiy illat sifatida baholashgan. O’quvchilarning aksariyati haqiqiy inson tabiatiga yot bo’lgan illatlar: ig’vo, yolgonchilik, xiyonat, manmanlik, takabburlik, adolatsizlik kabilarga qarshi ekanliklarini qayd etganlar. Bu munosabatlarga erishish uchun ularga ota-onalaridan, ustozlaridan qarindosh-urug’laridan olgan o’gitlari, pand-nasihatlari, o’qigan kitoblari, ayniqsa, milliy adabiyot namunalarida berilgan ibratli obrazlar bilan tanishish turtki bo’lganini kursatishgan. Mumtoz adabiyotimizdan olingan rivoyatlar, afsonalar, xalq og’zaki ijodi namunalarida tarixiy shaxslar, xalq qaxramonlari tavsifida aytilgan fikrlar har bir yosh kitobxonni tegishli xulosa chiqarishga, hayot darslaridan saboq olishga chaqirishini ta’kidlashgan.Mumtoz adabiyotimizni yuzaga kelishiga asosiy zamin bo’lgan xalq og’zaki ijodiga oid asarlar, afsona, rivoyatlar, dostonlar qahramonlari hayoti bilan tanishish orqali ularda ma’naviy merosga qiziqish ortganini aloxida ko’rsatib o’tishgan. Ma’naviy madaniyatlilikni shakllantirishga yunaltirilgan darslarda asosiy funksiya yoshlarning ma’rifiy jihatdan rivojlanishiga qaratildi:


Chunki ma’rifiy jihatdan dunyoqarashi keng, aqli teran yoshlarning ma’naviy madaniyatlilik darajasi yuqori bo’ladi. Shu boisdan “XX1 asr yoshlari dialogi”, “Madaniyatli inson qiyofasi”, “Mehnat va iqtisodiy hayot”, “Sivilizasiyalar to’qnashuvi”, “Mustaqillik, intellektual salohiyat, taraqqiyot mavzusida debatlar uyushtirish yoshlar shaxsiyati mazmunini ochib berishga, uning faoliyatini rivojlantirishga, umumiy qiziqish va fikrlar mushtarakligi asosida ularni jipslashtirishga imkoniyat beradi.
Pedagogik muammoni hal etishda asosiy ahamiyat o’qituvchi va o’qituvchi-o’quvchi hamda guruh jamoasi o’rtasidagi munosabatlarga qaratiladi. Bu uchlikda shaxsiy va institusional (umumijtimoiy) talablar va ehtiyojlar jarayoni aks etadi.
Ko’p hollarda shaxsning uni o’rab turgan atrof-muhitga nisbatan munosabati, boshqa kishilar bilan munosabatga kirisha olishi, xulqi, jamoat joylarida o’zini tutish kabi umuminsoniy qadriyatlarni o’zlashtirishi bilan bog’liq bo’lgan ko’nikmalarni egallashi ularda maslak, manfaat, munosabat, qadriyat, intizom, dunyoqarash, xavfsizlik (mehnat xavfsizligi) kabi emosional holatlardan kelib chiqishi mumkin.
Shu jihatdan, o’sib kelayotgan yosh avlodni qiziqishlari, mayllari, jinsiy tafovutlari, hududiy kelib chiqishiga qarab, darsdan bo’sh paytlarida turli to’garaklarga, klublarga, sport seksiyalariga jalb etish o’ta foydali, chunki bunday jamoalarda o’spirinlarda ijtimoiy faollik, kirishimlilik, xushmuomalalik, jamoa bo’lib ishlash ko’nikmalari shakllantiriladi va takomillashadi.
Maktab o’quvchilarining ma’naviy madaniyati jamiyat va tabiat qonun-qoidalari, hodisalar, bu hodisalarning bir-birlari bilan bog’liqligi, insoniyat hayoti, turmush tarzi, jamiyat rivojlanishi haqidagi ilmiy bilimlarni o’zlashtirish, yaxlit idrok etish, takrorlash, tasavvur qilish va tafakkur etish kabi ruhiy jarayonlarda shakllanadi. Chuqur bilim, malaka va ko’nikma ma’naviy madaniyatning barcha qirralarini o’quvchi ongida va faoliyatida namoyon bo’lishiga xizmat qiladi.
O’quvchining umumbashariy madaniy merosdan bahramand bo’lishi, o’z tarixi, adabiyoti, san’ati, ma’naviy-ruhiy qadriyatlari, dinini puxta bilish asosida o’zligini anglashi, Vatan, xalq, millat manfaatlari uchun ma’sullik, milliy g’ururning shakllanishi ma’naviy madaniyatning sifat o’lchovlari hisoblanadi.
O’quvchilarda ma’naviy madaniyatni tarbiyalashda fanlarga nisbatan motivasiya yaratishga imkoniyat yaratish, bo’sh vaqtlaridan unumli foydalanishga zamin tayyorlash zarurdir. Bunday jamoalarda yoshlar tafakkurini hayotiy faktlar bilan boyitish imkoniyati kengayadi, ularda mantiqiy tafakkur rivojlantiriladi.
O’quvchilarda ma’naviy madaniyatni tarbiyalashda ta’lim tizimidagi muammoli o’qitishni to’g’ri tashkillashtirish ham o’quvchilarning kamolotida muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, taqdim qilinayotgan o’quv materialida berilgan axborot ustida amallar bajarilib, undagi muammo yechimini topishga harakat qilish, izlanayotgan miqdor o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlash yoshlarning mushohada qilish qobiliyatini o’stiradi, uning axloqiy kategoriyalarni tez ilg’ab olishiga zamin yaratadi.
Shu munosabat bilan taqdim qilinayotgan o’quv materialini to’rt qismga bo’lish mumkin:
1. O’quv materialining tarbiyaviy xarakterga molikligi;
2. Undagi axborotlarning ta’sir kuchi;
3. Yechimini topish zarur bo’lgan muammoning qo’yilishi;
4. O’qituvchi mahorati va guruh bilan konformligi (kirishuvchanligi);
Yuqorida keltirilgan barcha dalillar taqdim qilinayotgan o’quv materialiga va o’tkazilayotgan tarbiyaviy tadbirlarning mohiyatiga jiddiy e’tibor bilan qarash kerakligini ko’rsatadi.
Ma’lumki, sifat alohida bir shaxsning muayyan xislatini ifodalovchi axloqiy kategoriyadir.
Fazilatlar esa insonning ijobiy sifatlari majmuidan iborat. Fazilat– alohida shaxs, el, elat, xalqqa taalluqli bo’lgan ijobiy axloqiy sifatlar majmuidan iborat ekan, o’quvchilar ma’naviy madaniyatini tarbiyalashda mana shu narsalarga e’tibor qaratilishi lozim.
Shunday qilib, o’quvchilar ma’naviy madaniyatini shakllantirishda ularda axloqiy ong, burch, mas’uliyat, hayo, g’urur kabi insoniy fazilatlarni tarkib toptirish zarur. Zero, axloqiy madaniyatning mag’zini tashkil qiluvchi insonparvarlik, halol mehnat, o’zaro yordam, do’stlik, Hamkorlik, saxovat va vatanparvarlik kabi yuksak insoniy qadriyatlar axloqiy odat asosida o’quvchi ongi va faoliyatida tarkib topadi.


Yüklə 216,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə