Mundarija 1


VII Sayohat ushyutirilgan bino yoki tarixiy yodgorliklar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar va uning hajmiy - rejaviy yechimi



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə7/8
tarix23.09.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#123292
1   2   3   4   5   6   7   8
Mundarija 1

VII Sayohat ushyutirilgan bino yoki tarixiy yodgorliklar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar va uning hajmiy - rejaviy yechimi
O‘zbekistonning qadimiy shaharlarida, shuningdek, respublikamiz viloyat va tumanlaridagi me’moriy obidalar: ulkan koshonalar, saroylar, ansambllar, masjid va madrasalar, minora - yu maqbaralar va turli xil san’at namunalari bobokalonlarimiz yaratgan buyuk madaniyat xazinasining asrlar to‘fonidan saqlanib qolgan nodir durdonalardir. Tomchida quyosh aks etganidek, har bir o‘tmish obidasi biron muayyan joy, ajdodlarimiz a’naviy va badiiy ijodining ulkan davridan darak beradi. Shuning uchun ham, qadimiy yodgorliklarning, shuningdek, me’moriy obidalarning qadri beqiyos va bebahodir. Respublikamizning tarixiy shaharlarida tashkil etilgan yangi - yangi muzeylar, ilmiy - tadqiqot ilmgohlari saqlash davlat tashkilotlari, arxitektura va san’at yodgorliklarini ta’mir etishga sarf etilayotgan bugungi kundagi mablag‘ va amaliy ishlar qadimiyat yodgorliklariga nisbatan xalqimiz va davlatimiz ko‘rsatib kelayotgan e’tibordan darak beradi. Sovet hokimiyatining turg‘unlik yillaridagi qatag‘onlik siyosati ko‘z qorachig‘imizdek saqlashimiz zarur bo‘lgan me’moriy obidalarni ham o‘z qa’riga olib ketdi. Necha - necha mashhur masjidlar, sag‘analar daryolar ustiga o‘rnatilgan ko‘prik - inshootlar, ziyoratgoh joylar, qadimgi hammomlar, islom madaniyatining qator obidalari yoppasi “qatag‘on” qilindi. O‘lkamizda yordam kutayotgan, buzilishga yuz tutgan tarixiy obidalarning esa son - sanog‘i yo‘q.
Ularni saqlab qolishimiz, ta’mirlashimiz va zamonaviy maqsadlarda foydalanishimiz zarur.
Tarixiy shaharlarimizning bugungi ahamiyati ulardagi me’moriy ansambllar, majmualar va alohida go‘zal inshootlarning mavjudligi bilangina ifodalanmay, balki ushbu binolaming umrboqiyligi qay darajada ta’minlanishi bilan ham ahamiyatlidir. Hozirda bu masala dolzarb muammo, chunki bunda ko‘p manfaat bor: birinchidan, tarixiy shaharlarimizda xalqqa hizmat ko‘rsatish uchun yangi binolar qurishga yetarli joyning zarur yerdan topilishi qiyin, joy topilganda esa mablag‘ yetishmaydi, ikkinchidan, tarixiy shaharlar muhitida yangi binolar qurish katta me’moriy javobgarlik va o‘ziga xos qiyinchiliklar tug‘diradiki, bu ish hamma vaqt ham shaharlarimiz foydasiga hal bo‘lavermaydi. Ko‘rinib turibdiki, bu maqsadda me’moriy obidalardan to‘g‘ri foydalanish, ularning hayotini umrboqiy qilish ijtimoiy, ayniqsa, shaharning iqtisodiy masalalarini samarali hal qilishga yordam beradi.


  1. Xulosa

O‘quv amaliyot mobaynida biz II kurs talabalari ko‘rgan va o‘rgangan 3 ta arxitekturaviy majmualarimiz, uy muzeylarimiz tarixiy bo‘lib, o‘tgan davr o‘tmishi ham o‘zbek xalqi, tarixini so‘zlab beradi.
Ushbu tarixiy obidalarni kuzatish orqali, binolar loyihalanilayotganda asosan nimalarga e’tibor berilgani, binolarni poydevor, devor, tom strukturalari tuzilishi hamda shakli nima maqsadda qurilganligi, ustunlar joylashgan o‘rni, soni va qalinligi, undagi naqishlari haqida ko‘plab malumotlarga ega bo‘ldim. Ayniqsa, o‘sha davr me’morlari mahorati va malakalari, uslublaridan o‘zim uchun yangicha uslublarni kashf qildim, bino qurilishida ko‘proq nimalarga e’tibor qaratish kerakligi, loyihalanilayotgan bino – inshootlarda asosiy kamchiliklarga asosan qayerlarida yo‘l qo‘yilyotganligiga o‘z fikr va mulohazalarim paydo bo‘ldi.
Ushbu binolar tariximiz qay darajada buyukligi va xalqimizning yaratuvchan, qo‘li gul ekanligini ko‘rsatib turibdi deb ishonch bilan ayta olishim mumkin. Eng muhimi, bunday shaharlarga tashrif buyurgan sayyohlar juda qulay imkoniyatlarga ega bo£ladilar, zero ularning asl maqsadi ham mazkur vatan va xalq madaniyati, tarixini jonli an’analarda ko‘rib tushunishdir. Demak, me’moriy yodgorliklarimizni saqlab qolish va ularning umrboqiyligini oshirishning samarali va tejamli yo‘llaridan biri, bu ularni amaliy maqsadlarda foydalanishga moslashtirishdir. Shuni ta’kidlash kerakki, yuqoridagi aytganlardan tarixiy obidaning qandayligidan qat’iy nazar, albatta amaliy foydalanishga moslashtirish kerak, degan xulosa kelib chiqmaydi.
Ayrim yodgorliklarni qayta tiklab, ularda o‘zlarining dastlabki hizmatlarini joriy etmoq zarur. Masalan, qadimiy savdo rastalari, toqlar, shuningdek hammomlar, mahalla - guzar masjidlaridan ilgarigidek foydalanish maqsadga muvofiq.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

  1. Matbabayev B. Qadimiy Farg‘onada ilk davlatchilik ildizlari. // O‘zbekiston tarixi №1. T. 2002 yil;

  2. Matbabayev B. Dalvarzin shahar xarobasi. // Farg‘ona vodiysining qadimiy shaharlari. T. 2008 yil;

  3. Q. Q. Tursunov “Farg‘ona viloyati tarixiy shaharlarida an’anaviy turar - joylarni saqlash tamoyillari (Qo‘qon shahri misolida), Farg‘ona - 2021 – yil, dissertatsiya ma’lumotlari;

  4. X. Po‘latov, Arxitekturaviy kompozitsiya asoslari. Toshkent “Talqin” nashriyoti – 2005

yil.

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə