Mundarija: I. Kirish


Suyuq parafin uglevodorodlar



Yüklə 3,45 Mb.
səhifə12/17
tarix22.05.2023
ölçüsü3,45 Mb.
#112087
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Neft gaz kurs ishi Saidjon

Suyuq parafin uglevodorodlar :
C5 - C15 uglevodorodlar normal sharoitda suyuq holatda bo`ladi. O`z qaynash haroratlari bo`yicha pentan, geksan, geptan, oktan, nonan, dekan va ularning ko`pchilik izomerlari neftni haydashda ajratib olinadigan benzin distillatlari tarkibiga kiradi. Odatda tarmoqlangan zanjirli uglevodorodlarning qaynash harorati mos ravishdagi normal parafinlarnikidan past bo`ladi.Parafin uglevodorodlarning neftdagi miqdori turlicha bo`ladi, rangsiz fraksiyalarda ularning miqdori 10-70 % bo`lishi mumkin. Metan uglevodorodlari kimyoviy nuqtai nazardan nisbatan yuqori mustahkamlikka egadir (oddiy haroratda ko`pchilik kuchli ta'sir qiluvchi reagentlar ta'siri uchun). Ular oksidlanmaydilar, sulfat va nitrat kislota bilan reaksiyalarga kirishmaydilar. Ularning xlor va boshqa galogenlar bilan reaksiyaga kirishish qobiliyatlari ma'lum. Maxsus sharoitlarda (4000C, ko`p miqdorda metan) metandan metilxlorid, metilenxlorid, xloroform va to`rt xlor uglerodlar hosil bo`ladi. Yuqori harorat hamda maxsus katalizatorlar ishtirokida parafin uglevodorodlar Konovalov reaksiyasiga (nitrolash reaksiyasi), to`yinmagan uglevodorodlar bilan alkillash reaksiyalariga, oksidlash reaksiyalariga kirishishi mumkin. Hamma ushbu reaksiyalar sanoat ahamiyatiga ega. Yuqori haroratlarda alkanlar termik parchalanadi.
Qattiq parafinli ugglevodorodlar:
C16 va undan yuqori parafin uglevodorodlar normal sharoitda qattiq holatda bo`ladi. Geksadekan (C16N34) 18,10C da eriydi, texnik nomi setan. Ayrim qattiq parafin uglevodorodlarning fizik xossalari quyidagi jadvalda berilgan.[7]

Uglevodorodlar

terish

tqaynash

Geksadekan (setan)

18,2

287,5

Geptadekan

22,5

203,5

Oktadekan

28,0

317,0

Nonadekan

32,0

330,0

Eykozan

36,4

344,0



Yüklə 3,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə