Mundarija: I. Kirish


Neft tarkibidagi to`yinmagan uglevodorodlar sikloalkanlar



Yüklə 3,45 Mb.
səhifə13/17
tarix22.05.2023
ölçüsü3,45 Mb.
#112087
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Neft gaz kurs ishi Saidjon

Neft tarkibidagi to`yinmagan uglevodorodlar sikloalkanlar
vaularning xossalari
Naftenlar (sikloalkanlar, siklanlar, yoki sikloparafinlar deb ham nomlanadi) (yun. naphtha — neft) - siklopentan va siklogeksan qatorining toʻyingan alitsiklik uglevodorodlari, shuningdek, molekulasida 2 tadan 5 tagacha qalqasi boʻlgan murakkab bi- va politsiklik uglevodorodlar. Umumiy formulasi SpN2p. Toʻyingan uglevodorodlardan molekulasidagi uglerod atomlarining siklik (halqa hosil qilib) joylanishi bilan farq qiladi. Asosiy manbai — neft.

Siklobutanning fazoviy ko`rinishi
Neftda, sikli (halqasi)da 5 va 6 ta uglerod atom boʻlib, tabiatda birmuncha koʻp tarqalgan naftenlar bor. Siklida 6 ta uglerod atomi boʻladigan naftenlar — geksametilenlar (siklogeksan va uning gomologlari) muhim. Ular neftni haydash yoʻli bilan olinadi. Katalitik kreking jarayonida aromatik yoki toʻyinmagan uglevodorodlarga aylanadi. Naftenlar motor yonilgʻilarining tarkibiy qismi hisoblanadi.Ochiq zanjirli uglevodorodlar bilan birga yopiq (siklik) zanjirli toʻyingan u.v lar ham bor.Ularning bir necha xil nomi bor: sikloalkanlar, siklopara finlar,polimetilenlar, siklanlar, naftenlar. Umumiy formulasi CnH2n boʻlib, n=2 va undan katta. S. Boku neftidan Markovnikov tomonidanajratibolinganvamukammaloʻrganilgan.Ular kimyoviyxossasigakoʻra alkanlargayaqinturadi: yonuvchan, kimyoviyaktivligikam, vodorod atomlarioʻrnini galogenlar olishimumkin. Sikloalkanlar va ularning gomolloglari karbosiklik birikmalar qatoriga kiradi.Molekulasida uglerod atomi 5 – 6 ta bo`lgan monosiklik sikloalkanlar asosan qaynashning boshlanishi (QB) - 1250C bo`lgan neft fraksiyasida yig`ilgan bo`ladi.



Sikloalkanlar ikki xil guruhga bo`linishi mumkin:


1. Monosiklik sikloalkanlar.
2. Polisiklik sikloalkanlar.
Neft fraksiyalarga ajratilganda sikloalkanlar distillat tarkibida bo`ladi. Monosiklik sikloalkanlar asosan siklopentanlar va siklogeksanlardan iborat bo`ladi. Polisiklik sikloalkanlar quyidagi tip tuzilishlarga ega bo`lishi mumkin:
a) kondensirlangan yadroli
b) o`zaro birikkan (bisiklogeksan)
b) o`zaro birikkan (bisiklogeksan)
e) spiran birikmalar
Neft tarkibida bulardan murakkabroq tuzilishga ega bo`lgan sikloalkanlar kuzatilmagan. Sikloalkanlarda esa quyidagi xususiyatlar mujassamlashgan:
- neftni qayta ishlash jarayonlarida ularning tuzilishiningo`zgarishi reaksiyalariga qobiliyati;
- molekulalarning geometrik izomeriyasi;
- yoqilg`i va moy distillatlarining sifatiga ijobiy ta'siri;
- tuzilishi bilan neft metamorfizmi va genezisi oralig`idagi bog`liqlik.



Yüklə 3,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə