Mundarija: I. Kirish


Neft tarkibidagi to`yingan uglevodorodlar alkanlar. Gaz, suyuq



Yüklə 3,45 Mb.
səhifə11/17
tarix22.05.2023
ölçüsü3,45 Mb.
#112087
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Neft gaz kurs ishi Saidjon

Neft tarkibidagi to`yingan uglevodorodlar alkanlar. Gaz, suyuq,
qattiq alkanlar va ularning xossalari
Parafinli uglevododrodlar. Neftning bu komponenti boshqa nomga ega - alkanlar. Umumiy kimyoviy formulasi CnH2n+2 dir.CnH2n+2 qatoridagi uglevodorodlar hamma neft tarkibida mavjud bo`lib, uning fraksiyalarining asosiy tarkibiga kiradi. Metan uglevodorodlar fraksiyalarga bir tekis taqsimlanmaydi.

Agar parafinlarda to'rtdan kam uglerod atomi bo'lsa, bular etan, metan, butan sifatida ma'lum bo'lgan gazlardir.Ular portlash qarshiligining yuqori darajasi bilan ajralib turadi. Boshqacha qilib aytganda, ularning oktan soni (motor usuli bilan o'lchanadigan) 100 dan ortiq.Agar bunday uglevodorodlar tarkibida beshdan o'n beshgacha uglerod atomlari bo'lsa, bu suyuqliklardir. Agar uglerod atomlari soni 15 dan ortiq bo'lsa, ular qattiq moddalardir.Ular asosan neft gazlari va benzin, kerosin fraksiyalarida konsentrlangan bo`ladi. Moy fraksiyalarida esa ularning miqdori keskin kamayadi. Ayrim neftlarning yuqori fraksiyalarida amalda parafinlar bo`lmaydi.[5]
Gaz holatidagi parafin uglevodorodlar:
C1 – C4uglevodorodlar: metan, etan, propan, butan, izobutan, hamda 2,2 - dimetilpropan (C512) - neopentan normal sharoitda gaz holida bo`ladi. Bularning hammasi tabiiy va neft gazlari tarkibiga kiradi. Gaz konlari uch xil tipda bo`lishi mumkin.[6]
1.Toza gaz konlari
2.Gaz kondensati konlari
3.Neft konlari
Birinchi tipdagi gaz konlari tabiiy gaz konlari deb atalib, asosan metandan tashkil topgan bo`ladi. Metanga qo`shimcha sifatida oz miqdorda etan, propan, butan, pentanning bug`lari hamda nouglevodorod birikmalar: CO2, N2 va ayrim hollarda H2S bo`lishi mumkin. Gazning tarkibida metan juda ko`pchilikni tashkil qilsa, bunday gaz "quruq gaz" deyiladi. Gaz kondensati konlaridan chiqadigan gaz, odatdagi gazdan farq qilib, metandan tashqari ko`p miqdorda (2-5% va undan ortiq) C5 va undan yuqori gomologlari mavjud bo`ladi. Gaz qazib olinayotganda bosimning tushishi oqibatida ular kondensatga (suyuqlikka) aylanadilar. Gaz kondensati konlaridan ajralib chiqqan gazning tarkibi, kondensatlar ajratib olingandan keyin, "quruq gaz" tarkibiga yaqin bo`ladi. Neft konlaridan ajratib olinadigan gazlar yo`ldosh neft gazlari deyiladi. Ushbu gazlar neftda erigan bo`ladi va ular kondan chiqarib olingandan so`ng ajralib qoladi. Yo`ldosh neft gazlari tarkibi "quruq gazlar" dan keskin farq qilib etan, propan, butanlar va yuqori uglevodorodlar ham bo`ladi.

Yüklə 3,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə