Mundarija Kirish 3 2



Yüklə 2,07 Mb.
səhifə7/10
tarix17.10.2023
ölçüsü2,07 Mb.
#127882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Dorivor o’simliklarni yetishtirish va ularning mahsulotlarni saqlashda amalga oshiriladigan texnologik jarayon

“HerboFarm” dorivor o’simliklarni etishtirish va qayta ishlash markazidagi qayta ishlash tsexida dorivor o’simliklardan fitochoylar va turli maxsulotlar tayyorlash texnologiyasini o’rganish. Dorivor o’simliklardan fitochoylar tayyorlashda yordamchi materiallarni tayyorlash va ularning xususiyatlarini o’rganish. Fitochoylar va boshqa mahsulotlami qadoqlashning turli usullarini o’rganish. Yig‘mani tayyorlash usuli. Yig‘ma tarkibiga kirgan xom-ashyoni har birini alohida zarrachalar o‘lchami bo‘yicha maydalab, diametri 7 mm li bo‘lgan elakdan o‘tkaziladi. Maydalangan katta zubturum barglari va oqqaldirmoq barglarining changini teshikning o‘lchami 0.18 mm li bo‘lgan elakdan o‘tkaziladi. Yo‘riqnoma bo‘yicha ma’lum miqdordan maydalangan qizilmiya ildizini, katta zubturum barglari va oqqaldirmoq barglarini keng hajmli idishga joylashtiriladi, bir xil aralashma hosil bo‘lguncha aralashtirilib, fasovka va qadoqga o‘raladi. Tashqi alomatlar. Diametri 7 mm li bo‘lgan elakdan o‘tkazilgan, barg bo‘laklari va turli xil shakldagi ildizlar aralashmasidan tashkil topgan. Sarig‘dog‘lar bilan kul-yashil rangli. Kuchsiz hidli. Ko‘ngilni aynatuvchi, shirin ma’zaga ega. Yig‘ma qismlarning tarkibini aniqlash. O‘rtacha namunadan 10 g yig‘madan tortma olinadi. Tortmani tekis yuzaga sochib, yig‘ma komponentlarni tarkibiy qismlarga (ildiz va barglar) tashqi ko‘rinish (lupa yordamida) bo‘yicha ajratiladi. Qiyin aniqlanadigan qismni yig‘ma tarkibiga kirgan xom-ashyoni tuzilishiga mos bo‘lishini solishtirilib, mikroskopik tahlil qilinadi. Yig‘ma komponentlarni qurollanmagan ko‘z orqali yoki lupa bilan (10x) yig‘ma qismining tarkibiga xarakterli quyidagi elementlar ko‘rinadi: Turli xil shakldagi ildiz bo‘laklari. Ildizning tashqi ko‘rinishida uncha ko‘p bo‘lmagan po‘kak qoldiqlari mavjud. Ildiz och sariq yoki qo‘ng‘ir-sariq rangli, hidsiz; shirin, ko‘ngilni aynatadigan, sal qitiqlaydigan ma’zaga ega.





Yüklə 2,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə