Mundarija Kirish 3 2


Dorivor o’simliklarni yetishtirish va ularning mahsulotlarni saqlashda amalga oshiriladigan texnologik jarayon



Yüklə 2,07 Mb.
səhifə3/10
tarix17.10.2023
ölçüsü2,07 Mb.
#127882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Dorivor o’simliklarni yetishtirish va ularning mahsulotlarni saqlashda amalga oshiriladigan texnologik jarayon

Dorivor o’simliklarni yetishtirish va ularning mahsulotlarni saqlashda amalga oshiriladigan texnologik jarayon.
Dorivor o’simliklarni etishtirish kechadigan texnologik jarayonlar bilan tanishish: a) urug’lami saralash, ekishga tayyorlash, ekish va ko’chatchiligini o’rganish; b) etishtirilgan o’simliklarni yig’ish va ularni quritish, standart xolga keltirish; d) omborxonaga mahsulotlarni yetkazish (mashina, vagon); omborxonaga tushurilayotgan mahsulot namunalarini olish usullari;v)laboratoriya namunalarini tekshirish sifat taxlil analizlar pasportini tayyorlash. Laboratoriyani tuzilishi bilan tanishish: laboratoriya jihozlarini o’rganish va unda mahsulotlarni tahlil qilishni o’rganish. Mahsulotlarni omborxonalarga joylashtiruvchi uskunalar bilan tanishish. Idish va joylash materiallari hamda omborxonalarda mahsulotlarni joylashtirish usullarini o’rganish. Omborxonalarda kechadigan saqlash. Omborxonalarda saqlanayotgan mahsulotga ta’sir etuvchi omillarpi aniqlash. Saqlashda harorat o’zgarishini aniqlovchi uskunalar bilan tanishish. Yuk tashuvchi, ortuvchi, tushiruvchi mashinalar hamda uskunalar turlari bilan tanishish. “Davlat o‘rmon xo‘jaligi” Sirdaryo viloyati bosh boshqarmasida o’tilgan 2 xaftalik amaliyot davri yuzasidan ishlar hisobotini tayyorlash va uni himoya qilish. Dorivor o‘simlik xom ashyosi butun, qirqilgan, yanchilgan, kukun, qirqib presslangan xolda, sigaret va briket shaklida bo‘ladi. Xom ashyo qanday xolda yoki qanday shaklda bo‘lishidan qat’iy nazar u quritish, idishlarga joylash, yuklash, tashish, saqlash, qayta ishlash, qadoqlash kabi jarayonlarda tabiiyki, qisman bo‘lsada maydalanadi. Masalan: quritish jarayonida xom ashyo tez qurishi, qoraymasligi, chirimasligi va mog‘orlamasligi uchun u bir necha marotaba aylantirib turiladi. Ana shu vaqtda xom ashyo qisman bo’lsada maydalanadi. Xom ashyoning mayda qismi qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning xavo (kislorod, namlik va boshqalar) bilan tutashgan yuzasi shuncha ko‘p bo‘ladi, natijada oksidlanish – qaytarilish, parchalanish kabi jarayonlar tezlashib, ta’sir qiluvchi moddalarning miqdori kamayadi va dorivor o‘simlikning sifati buziladi. Dorivor o‘simlikning mayda qismini aniqlashda, shu maqsad uchun olingan namuna me’yoriy texnik xujjatda ko‘rsatilgan elakka solinib, asta sekinlik bilan aylanma xarakat qilib elanadi. Elash jarayoni elakda 1% dan kam miqdorda xom ashyo qolgandan so‘ng to‘xtatiladi va uning % miqdori boshlang‘ich namunaga nisbatan xisobalanadi. Dorivor o‘simliklar zararkunandalar bilan kasallangan o‘simliklardan, ularni yig‘ish, ombor zararkunandalari bor joyda saqlash oqibatida yaroqsiz xolga kelishi mumkin.



Yüklə 2,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə