Mundarija: Kirish I. Bob. Bolalarda ekologik tarbiyani shakllantirish



Yüklə 46,14 Kb.
səhifə2/11
tarix11.12.2023
ölçüsü46,14 Kb.
#148107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bolalarda ekologik tarbiyani shakllantirish

Kurs ishining obyekti: maktabgacha, yoshdagi bolani maktabga tayyorlashda ekologik bilimlar koʻnikmalari va unga rioya qilish jarayoni.
Kurs ishi predmeti: maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik tarbiya koʻnikmalarining mazmuni.


Kurs ishi maqsadi: Maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik tarbiya koʻnikmalari. Ekologik tarbiya berish malakasini shakllantirish tamoyillarini oʻrganish.
Kurs ishi vazifalari:
1. Bolani maktabga tayyorlashda kun tartibiga qoʻyilgan talablar va ularga ota –onalar tomonidan rioya qilinishi pedagogik muammo ekanligini nazariy jihatdan asoslash.
2. Maktabgacha yoshdagi bolani maktabga tayyorlashda ekologik tarbiya berish mazmunini ishlab chiqish.
3. Maktabgacha yoshdagi bolani maktabga tayyorlashda ekologik tarbiya berish koʻnikmalariga qoʻyilgan talabalar va rioya qilish usullarini ishlab chiqish va tajribada tekshirish.
4. MTM tarbiyachilari va ota –onalar uchun bolani bog’chaga ekologik tarbiya berish koʻnikmalari va unga rioya qilish usullari boʻyicha metodik tavsiyalar tayyorlash.
Kurs ishining tuzulishi: Kirish, 2 bob, 6 ta paragrif xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat.

I.Bob. Bolalarda ekologik tarbiyani shakllantirish.
Ekologiya - biologiya fanlari qatoridagi mustaqil fan hisoblanadi. Ekologiya tushunchasi fanga birinchi bo‘lib 1866-yilda nemis biologi E.Gekkel tomonidan kiritilgan. O‘rta asrlarda yashab ijod etgan Sharq allomalaridan Muhammad Muso al- Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va boshqalar tabiat fanlarining rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar. Buyuk alloma Muhammad al-Xorazmiy risolalaridan birida bunday deb yozadi: “Bilingki, dunyoning ko‘zlari yoshlansa, uning boshiga ham, kulfat tushgan bo‘ladi. Odamlar, daryodan mehringizni darig‘ tutmanglar!”, “Dunyoning yoshli ko‘zlari” deganda Muhammad al-Xorazmiy nimalarni ko‘zda tutgan ekan? Ehtimol, u daryo suvining ortiqcha isrof bo‘lishini nazarda tutgandir? U, eng avvalo, daryo bilan odamlarning bir-birini tushunishlari va til topishishlari, o‘zaro mehr-muhabbatli bo‘lishlarini nazarda tutgan. 847-yilda Muhammad al-Xorazmiy “Surat al-ard” (Yerning surati) degan asarini yozdi. Unda dunyo okeanlari, quruqlikdagi qit’alar, qutblar, ekvator, gullar, tog‘lar, daryo va dengizlar, ko‘llar, o‘rmonlar va ulardagi o‘simliklar, hayvonot dunyosi, shuningdek, boshqa tabiiy resurslar — Yerning asosiy boyliklari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu risolada matematika, geologiya, astronomiya, etnografiya, tibbiyot, shuningdek, dunyo xalqlarining tarixiy-huquqiy bilimlari umumlashtirilgan.
Ekologik tarbiyani asosiy maqsadi shundan iboratki maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘simlik va hayvonlami himoya qilish, hamda ulaming barchasi kishilaming yordamiga, g‘amxo‘rligiga muhtojligi haqidagi tasavvurlarini aniqlash. O‘simlik, hayvonlar haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash, hayvonot va o‘simliklar dunyosini ehtiyot qilish zarurligini tushuntirish. Suhbat uchun kerakli materiallar. Tabiat haqidagi, qo‘riqxona haqidagi rasmlar. Suhbatning borishi. Suhbatni quyidagi savollar bilan boshlaeh mumkin: Biz xiyobonni nega sevamiz? O‘rmon, dalani-chi?, daryoni-chi?. O‘simliklaring o‘sishi uchun nimalar kerak? Bolalar o‘rmonda o‘zlarini qanday tutishlari kerak? Biz qushlarga qanday g‘amxo‘rlik qildik? Keyin respublikamizning boshqa yerlaridagi yovoyi hayvonlar, parrandalar va hayvonlami asrash haqida so‘zlab berish, bolalar bilan rasmlar ko‘rish mumkin. Tabiatga muhabbat, unga ehtiyotkorlik munosabatini, o‘simlik va hayvoniarga g‘amxo‘rlikni tarbiyalash va shular orqali tabiatga qiziqish, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, tabiatni saqlovchi va uning boyliklarini ko‘paytiruvchi kattalarning mehnatiga hurmatni tarbiyalash kabi vazifalami amalga oshirishda tabiat burchagining ahamiyati katta.
Tabiat burchagining muhim tomoni yana shundaki uni bolalar har kuni ko‘radilar. Tarbiyachi rahbarligida bolalar tabiat burchagidagi o‘simlik va hayvonlarni sistemali ravishda kuzatib, parvarish qilib boradilar. Natijada o‘simlik va hayvonlar dunyosining rang-barangligi, ularning o‘sishi, rivojlanishi, ular uchun qanday sharoit kerakligi to‘g‘risidagi tasavvur va tushunchalami egallab boradilar. Tarbiyachi bolalarda solishtirish malakasini shakllantiradi. Hayvon va o‘simliklami bir-biri bilan solishtirish orqali ular o‘rtasidagi umumiylik va farqlami, ularga xos belgi va xususiyatlami bilib oladilar. Tarbiyachi bolalar diqqatini o‘simliklaming chiroyli gullashiga, barglaring shakli va tusiga, akvariumdagi baliqlarning chiroyli ko‘rinishi va chaqqon harakatiga jalb etadi. Natijada bolalar bu go‘zalliklarni ko‘zlari bilan ko‘rib, qalblari bilan his etadilar, ularning estetik didi o‘sadi. Bolalar tabiat burchagidagi o‘simlik va hayvonlami tarbiyachi rahbarligida kuzatib, parvarish qilib borishlari natijasida tabiatga ehtiyotkorlik munosabatlari shakllanadi. Ularda tabiatni yanada gullab-yashnashi uchun o‘z hissasini qo‘shish, bundan tashqari qo‘ldan kelgan mehnati bilan bu jarayonda qatnashish xohishini uyg‘otadi.
Ekologik tarbiyani oiladan, bog‘cha yoshi davridan yosh avlodga singdirish kerak. MTTning ta’lim-tarbiya dasturida bolalarga ona-tabiatga muhabbatni, o‘simliklar, hayvonlar haqida g‘amxo‘rlik qilish ko‘nikmasini tarbiyalash, tabiat qo‘ynida o‘zini odobli tutish, o‘simliklami o‘stirish, hayvonlami parvarish qilish, muhofaza qilishga qiziqish uyg‘otish, daraxtlami sindirmaslik, hayvonlami qiynamaslik ko‘nikmalarini tarbiyalash kichik guruhdan boshlab amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarga ekologik tarbiya berish quyidagi usullarda olib boriladi.

  1. Ko‘rgazmali (kuzatish, rasmlar ko‘rish, diafilmlar namoyish etish).

  2. Amaliy (o‘yin tarzida).

  3. Og‘zaki (hikoya, tushuntirib berish, badiiy asarlami o‘qib berish).

Ko‘rgazmali usul - kuzatishlar tarbiyachi tomonidan bolalarni o‘simlik, hayvonlar, ob-havo bilan, kattalarning tabiatdagi mehnati bilan tanishtirish asosida tashkil etiladi. Kuzatishlar mashg‘ulotda, sayrda, ekskursiyada, tabiat burchaklarida olib boriladi. Uni bolalar amaliy faoliyat bilan qo‘shib olib borsalar yaxshi natijaga erishish mumkin. Maktabgacha ta’lim tashkilotida foydalaniladigan diafilmlar MTT ta’lim-tarbiya dasturi asosida ishlab chiqilgan. Diafilm tarbiyachiga dastur mazmunini ma’lum sistema asosida bolalarga qiziqarli qilib yetkazishga yordam beradi. Oynayi jahon orqali beriladigan «U kim, bu nima?» ko‘rsatuvi, radio orqali beriladigan «Ertaklar olamiga sayohat» o‘yin-eshittirishi orqali bolalar u yoki bu o‘lkaning tabiati, hayvonot olami, xalqlarning urf-odati bilan tanishadilar. Axloqiy sifatlari tarbiyalanadi. Ularda namoyish etilgan teleko‘rsatuvlar orqali tabiatda yuz berayotgan jarayonlar, o‘simlik, hayvonlar olami to‘g‘risida to‘laqonli tasavur hosil bo‘ladi.
Amaliy usul - bolalarni tabiat bilan tanishtirishda tabiiy materiallar bilan o‘ynaladigan didaktik o‘yinlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Buning uchun meva-sabzavotlar, daraxt novdalari, xona gullaridan foydalanish mumkin. Bolalarni o‘simliklar bilan tanishtirishda quyidagi o‘yinlardan foydalanish mumkin. «O‘simliklami nomiga qarab top», «Bargiga qarab top», «Ta’riflangan o‘simlik yoki mevani top» va. h.k.
Og‘zaki usul - bolalarga ekologik tarbiya berishda tarbiyachining tushuntirishi, hikoya qilib berishi, xalq maqollaridan, masallaridan foydalanishi, suhbat kabi og‘zaki metodlarning o‘rni kattadir.
Ekologik tarbiya - asosan tabiat haqidagi tasavvurni shakllantirsh orqali tabiat bilan tanishtirish mehnat mashg‘ulotlarida berib boriladi. Bog‘chalarda ekologik talim bo‘yicha olib borilayotgan ishlar birinchi kichik guruhdan boshlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’limtarbiyasiga qo‘yilgan davlat talablari shu talablar asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha talim yoshidagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish dasturning "bolalarni jismoniy rivojlantirish", "bolalarning nutqi va tafakkurini rivojlantirish", "ma’naviy-madaniy yetuklik" bo‘limlarida o‘z aksini topgan. Dastur bolalarning yoshi, psixologik hamda fiziologik xususiyatlariga mos ravishda aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, ekologik ta’lim-tarbiya berishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘ygan.Ekologik madaniyat – xalq san’ati, musiqa, ashula, adabiyot, tasviriy san’atni bilish, san’atga muhabbat tarbiyachini madaniyatli qiladi, bolalar bilan olib boradigan ishida yordam beradi.Ekologik ta’lim – o‘quv-tarbiya faoliyatini tashkil qilish vosita va usullarini o‘quv-tarbiya jarayonida kelib chiqadigan muammolar va uning yechimini to‘g‘ri hal qila bilish, innovatsion texnologiya usullaridan foydalanish, qiyinchiliklarning to‘g‘ri yechimini topishga yo‘naltiradi. Ekologik bilim – muayyan ko‘nikma va malakalarni o‘quvchilarga singdirish, ularning ongiga, xulqiga ta’sir etish, dunyo qarashi va bilish faolligini rivojlantirishdir. U insonni mehnatga, hayotga tayyorlashning asosiy vositasi hisoblanadi.
Bolalar tabiat burchagida qilgan ishlari bilan ham tabiatga oshno bo‘ldilar. Tabiat burchagining muhim tomoni shundaki, uni bolalar har kuni ko‘radilar.

Yüklə 46,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə