Mundarija kirish


I BOB BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATEMATIKA O’QITISHNING UMUMIY



Yüklə 49,02 Kb.
səhifə2/10
tarix23.05.2023
ölçüsü49,02 Kb.
#112428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Xolto\'rayeva Nargiza kurs ishi

I BOB BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATEMATIKA O’QITISHNING UMUMIY
MASALALARI.

    1. Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasining fan sifatida shakllanishi.

Zamonaviy boshlang'ich ta'limning o'zi nimadan iborat bo'Iishi kerak? Bola 1-4-sinflarda qanday bilimga ega bo'lishi lozim? O'quvchilarga qachondan'boshlab, qanday qilib, qanday usulda va uslubda milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni o'rgatishimiz, chuqur anglatishimiz kerak, degan savollar boshlang'ich ta'lim tizimi oldidagi asosiy masalalardan biri bo'lib kelmoqda. So'ngi yillarda mamlakatimizda maktabda matematika o'qitish, ayniqsa, boshlang'ich ta'lim tizimida o'z ko'lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo'lgan o'zgarishlami amalga oshirdi. Masalan, 1997 yil 27 avgustdagi "Ta'lim to'g'risida"gi qonunning 12-moddasi I-IV sinflami o'qitishga bag'ishlangan. O'zbekiston Respublikasida "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"ning 3.3.1-bandi uzluksiz ta'limni rivojlantirishda I-IV sinflarda o'qitishni tashkil qilishning rejalari ko'rsatilgan. Maktab ta'limi oldiga tamomila yangi maqsadlaming qo'yiIishi matematika o'qitish mazmunining tubdan o'zgarishiga olib kelmoqda. Matematika boshlang'ich kursi mazmunida ham, darslik va qo'llanmalardan foydalanish metodikasida ham rivojlanish bo'lishini talab qiladi. Matematika so'zi grekcha "mathema" so'zidan olingan bo'lib, uning ma'nosi "fanlami bilish" demakdir. Matematika fanining o'rganadigan obyekti fazoviy shakllar va ular orasidagi miqdoriy munosabatlardan iboratdir. Maktab matematika kursining maqsadi o'quvchilarga ularning psixologik xususiyatlarini hisobga oigan holda matematik bilimlar tizimini berishdan iboratdir. Bu matematik bilimlar tizimi ma'lum usullari (metodika) orqali 0' quvchilarga yetkaziladi. "Metodika" grekcha so'z bo'lib, "metod" degani "yo'I" ma'nosini anglatadi. Matematika metodikasi pedagogika fanlari tizimiga kiruvchi pedagogika fanining tarmog'i bo'lib, jamiyat tomonidan qo'yilgan o'qitish maqsadlariga muvofiq matematika o'qitish qonuniyatlarini matematika rivojining ma'lum bosqichida tatbiq qiIadi. O'qitishda yangi maqsadlarning qo'yilishi matematika o'qitish mazmunining tubdan o'zgarishiga olib keldi. Boshlang'ich sinf o'quvchilariga matematikadan samarali ta'lim berilishi uchun o'qituvchi boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasini egallab, chuqur o'zlashtirib olmog'i zarur. Matematika boshlang'ich ta'lim metodikasining predmeti quyidagilardan iborat: I. Matematika o'qitishdan ko'zda tutilgan maqsadni asoslash (nima uchun matematika o'qitiladi, o'rgatiladi). 2. Matematika o'qitish mazmunini iIrniy ishlab chiqish (nimani o'rgatish) bir tizimga keltirilgan bilimlar darajasini o'quvchilarning yosh xususiyatlariga mos keladigan qilib qanday taqsimlansa, fan asoslarini o'rganishda izchillik ta'minlanadi, o'quv ishlariga o'quv mashg'ulotlari beradigan yuklama bartaraf qilinadi, ta'limning mazmuni o'quvchilaming aniq bilim bilish imkoniyatlariga mos keladi. 3. O'qitish metodlarini iImiy ishlab chiqish (qanday o'qitish kerak, ya'ni, o'quvchilar hozirgi kunda zarur bo'lgan iqtisodiy bilimlami, malaka, ko'nikmalami va aqliy faoliyat qobiliyatlarini egallab olishlari uchun o'quv ishlari metodikasi qanday bo'lishi kerak? 4. O'qitish vositalari - darsliklar, didaktik materiallar, ko'rgazmali qo'llanmalar va o'quv- texnika vositalaridan foydalanish (nima yordamida o'qitish). Shunday qilib, pedagogika metodikalarning aniq materialidan "oziqlanadi", undan pedagogik umumlashtirishda foydalaniladi va o'z navbatida metodikalami ishlab chiqishda yo'llanma bo'lib xizmat qiladi. Matematika metodikasi pedagogika, psixologiya va yosh psixologiyasi bilan bog'liq. Boshlang'ich matematika metodikasi ta'limning boshqa fan metodikalari (ona tili, tabiatshunoslik, rasm, mehnat va boshqa fanlar o'qitish metodikasi) bilan bog'liq. O'qitishda fanlararo bog'lanishni to'g'ri amalga oshirish uchun o'qituvchi buni hisobga olishijuda muhimdir. Ilmiy-tadqiqot metodlari - bu qonuniy bog'lanishlami, munosabatlami, aloqalarni o'matish va ilmiy nazariyalami tuzish maqsadida ilmiy axborotlarni olish usullaridir. Kuzatish, tajriba, maktab hujjatlari bilan tanishish, o'quvchilar ishlarini o'rganish~ suhbat va sO'rovnomalar o'tkazish ilmiypedagogik tadqiqot metodlari jumlasiga kiradi. So'nggi vaqtlarda matematik va kibemetik metodlardan, shuningdek, matematekinani o'qtishda modellashtirish metodlaridan foydalanish qayd qilinmoqda. Matematika metodikasi ta'lim jarayoni bilan bog'liq bo'lgan quyidagi uch savolga javob beradi: 1. Nima uchun matematikani o'rganish kerak? 2. Matematikadan nimalami o'rganish kerak? 3. Matematikani qanday o'rganish kerak? Matematika metodikasi haqidagi tushuncha birinchi bo'lib Shveytsariyalik pedagog, matematik G.Pestalosining 1803 yilda yozgan "Sonni ko'rgazmali o'rganish" asarida bayon qilingan. Boshlang'ich ta'lim haqida ulug' mutafakkir Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va boshqalar ta'lim va tarbiya haqidagi hur fikrlarida boshlang'ich ta'lim asoslarini o'rganish muammolari haqida o'z davrida ilg'or g'oyalami olg'a surgan1ar. MO'M o'zining tuzilish xususiyatiga ko'ra shartli ravishda uch bo'limga bo' limidi: 1. Matematika o'qitishning umumiy metodikasi. Bu bo'limda, matematika fanining maqsadi, mazmuni, metodo1ogiyasi shakli, metod1ari va vosita1arining metodik tizimi pedagogik, psixo1ogik qonun1ar hamda didaktik tamoyillar asosida ochib beri1adi. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti davlat ta’lim standartining maqsad va vazifalarini, asosiy prinsiplarini, tarkibiy qismlarini, davlat ta’lim standartlarini joriy etish hamda davlat ta’lim standartlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi. Davlat ta’lim standartini ishlab chiqish quyidagi hujjatlarga asoslanadi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi; «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni; «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va amalda joriy etish to‘g‘risida» 1998-yil 5-yanvardagi 5-son qarori; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standartini tasdiqlash to‘g‘risida» 2013-yil 8-maydagi 124-son qarori; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida»gi 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori; O‘zDSt 1.0-98. «O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy qoidalar»; O‘zDSt 1.1-92. «O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. O‘zbekiston Respublikasi standartlarini ishlab chiqish, muvofiqlashtirish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblari»; O‘z DSt 1.5-93. «Standartlashtirishga doir normativ hujjatlarni ko‘rib chiqish, tekshirish, o‘zgartirish kiritish va bekor qilish tartibi»; O‘z DSt 1157:2008. Hujjatlarni unifikatsiyalashtirish tizimi. Tashkiliyfarmoyish hujjatlar tizimi. Hujjatlarni rasmiylashtirishga bo‘lgan talablar. O‘z DSt 1.8:2009. Asosiy qoidalar. Tavsiyalar. Davlat ta’lim standartini bajarish O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun majburiydir. “Standart” so’zi inglizcha bo’lib, “nusxa”, “o’lcham”, “me’yor” degan ma’nolarini anglatadi. Standart, standartlashtirish me`yorlari tushunchalari DTS ta’lim mazmuni shakllari, vositalari, usullari va ularning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta’lim mazmunini o’zagi hisoblangan standart vositasida, mamlakat hududida faoliyat ko„rsatayotgan turli ta’lim muassasalarida (davlat va nodavlat) ta’limning barqaror darajasini ta‟minlash sharti amalga oshiriladi. DTS o’z mohiyatiga ko’ra o’quv dasturlari, darsliklar, o’quv qo’llanmalari, nizomlar, o’quv rejasi va boshqa meyoriy hujjatlarini yaratish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. DTSni, uning talablarini bajarish O’zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko’rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy bo’ysinishdan qatiy nazar barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir. DTS ning tarkibiy qismi sifatida umumiy o’rta (kasb – hunar va oliy) ta’lim muassasalari uchun tayanch o’quv rejasi ishlab chiqiladi. Tayanch o’quv reja ta’lim sohalarini meyorlash hamda ta’lim muassasalarini moliyaviy taminotini ta’minlashga asos bo’luvchi davlat muassasalarini moliyaviy taminotini ta’minlashga asos bo’luvchi davlat hujjati sanaladi. Tayanch o’quv rejasi o’quv predmeti bo’yicha beriladigan ta’lim mazmunini ta’lim oluvchiga yetkazish uchun ajratilgan o’quv soatlarining minimum hajmidagi miqdorini belgilaydi.



Yüklə 49,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə