Mundarija kirish


Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartining maqsad va vazifalari



Yüklə 49,02 Kb.
səhifə3/10
tarix23.05.2023
ölçüsü49,02 Kb.
#112428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Xolto\'rayeva Nargiza kurs ishi

1.2. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartining maqsad va vazifalari.
Davlat ta’lim standartlarining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat? Davlat ta’lim standartlarining joriy etilishi quyidagi maqsadlar amalga oshirilishini nazarda tutadi: - ta’limning yuksak sifatini hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni, rivojlangan demokratik davlat barpo etish talablariga javob beruvchi raqobatbardosh kadrlar tayyorlanishini ta’minlash; - mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqib kadrlar tayyorlash mazmunini tartibga solish; - ta’limning demokratlashuvi, insonparvarlashuvi va ijtimoiylashuvi, ta’limoluvchilarning huquqiy va iqtisodiy bilimlari darajasini, shuningdek ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish; - sifatli ta’lim xizmatlari ko’rsatish, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida shaxsning, jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilish; - kadrlar tayyorlash sifatini va ta’limfaoliyatini baholash mezonlarini va tartibini belgilash; - ta’limjarayonini va kadrlar tayyorlashning izchilligi va uzluksizligini ta‟minlash; - mehnat va ta’limxizmatlari bozorida raqobatbardoshlikni ta‟minlash. Davlat ta’limstandartlarining vazifalari: - ta’limsifatiga va kadrlar tayyorlashga, ko„rsatiladigan ta’limxizmatlari turlariga nisbatan qo„yiladigan maqbul talablarni belgilash; - ta’limga va uning pirovard natijalariga, ta’limoluvchilarning bilimi va kasb malakasi darajasini vaqti-vaqti bilan baholash tartibiga, shuningdek ta’limfaoliyati sifati ustidan nazorat qilishga nisbatan qo’yiladigan tegishli talablarni belgilovchi meyoriy negizni yaratish; - xalqning boy aql-zakovat merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida ta’limoluvchilarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish; - ta’limning barcha turlarida ular mazmunini hamda olib boriladigan ta’limva tarbiyani kelishib olish ularning o’zaro bogliqligini, uzluksiz ta’limtizimida va kadrlar tayyorlashda izchillikni ta‟minlash; - o’quv-tarbiya va ta’limjarayoniga, pedagogik va axborot texnologiyalari bilan ta‟minlashga, ta’limdarajasini nazorat qilishga, ta’limmuassasalarida ta’limoluvchilar va ularni bitiruvchilarning malakasiga nisbatan meyorlar va talablarni belgilash; - ta’limva kadrlar tayyorlash sifatiga baho berishning xolis tizimini, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o’tkazish va akkredetatsiya qilishni joriy qilish; - kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta‟lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta‟minlash; - milliy standartlar talabini ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga nisbatan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash. Davlat ta’lim standartining maqsadi — umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat. Davlat ta’lim standartining vazifalari quyidagilardan iborat: umumiy o‘rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash; milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish; o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash; kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash; ta’lim va uning pirovard natijalari, o‘quvchilarning malaka talablarini egallaganlik darajasini tizimli baholash tartibini, shuningdek ta’lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish; davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash. Davlat ta’lim standarti quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi: o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi; umumiy o‘rta ta’lim mazmunining insonparvarligi; davlat ta’lim standartining ta’lim sohasidagi davlat va jamiyat talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi; umumiy o‘rta ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi; umumiy o‘rta ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitligi; umumiy o‘rta ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya texnologiyalariga asoslanilganligi; o‘quvchilarda fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun tayanch va fanlarga oid umumiy kompetensiyalarni rivojlantirishning ta’minlanganligi; rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida me’yorlarni belgilash tajribasidan milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish. O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi. Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Mazkur kompetensiyalar umumta’lim fanlari orqali o‘quvchilarda shakllantiriladi. Shuningdek, har bir umumta’lim fanining mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi. Matematika fani insonning intellektini, diqqatini rivojlantiradi, ko‘zlangan maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani tarbiyalaydi, algoritmik tarzdagi tartib-intizomlilikni ta’minlaydi va tafakkurini kengaytiradi. Matematika olamni bilishning asosi bo‘lib, tevarak-atrofdagi voqea va hodisalarning o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berish, ishlab chiqarish, fan-texnika va texnologiyaning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Boshlang‘ich ta’limning Matematika fani o‘quv dasturi o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqib tuzildi. Boshlang‘ich ta’limda matematika fanini o‘qitishning asosiy maqsadi: o‘quvchilarda kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan matematik bilim va ko‘nikmalar tizimini shakllantirish va rivojlantirish; jadal taraqqiy etayotgan jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladigan, aniq va ravshan, tanqidiy hamda mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni shakllantirish; milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylash, matematik madaniyatni umumbashariy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida tarbiyalashdan iborat. Boshlang‘ich ta’limda matematika fanini o‘qitishning asosiy vazifalari: o‘quvchilar tomonidan matematik tushunchalar, xossalar, shakllar, usullar va algoritmlar haqidagi bilim, ko‘nikmalar egallanishini ta’minlash; inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini anglash, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, kundalik hayotda matematik bilim va ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli qo‘llashga o‘rgatish; o‘quvchilarning individual xususiyatlarini rivojlantirgan holda, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish; fanlar integratsiyasini inobatga olgan holda o‘quvchilarda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, kreativlikni shakllantirish hamda ongli ravishda kasb tanlashga yo‘naltirishdan iborat. Amaliy-tajriba va sinov mashqlarida matematika darslarda kundalik faoliyatda shaxsiy, oilaviy va iqtisodiy vaziyatlarga, jumladan, tejamkorlikka, mehnatni yengillashtirishga va unumdorligini oshirishga, savdo-sotiq bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar yechilishi lozim. Ushbu o‘quv dasturida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar kiritilgan. Shuningdek, me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi: TK - tayanch kompetensiyalar 1. TK1 - kommunikativ kompetensiya 2. TK2 - axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi 3. TK3 - o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi 4. TK4 - ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi 5. TK5 - milliy va umummadaniy kompetensiya 6. TK6 - matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi FK - fanga oid kompetensiyalar 1. FK1 - matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya 2. FK2- kognetiv kompetensiya.



Yüklə 49,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə