Mundarija kirish


-sinfda matematika to’garagini tashkil qilish metodikasi



Yüklə 49,02 Kb.
səhifə5/10
tarix23.05.2023
ölçüsü49,02 Kb.
#112428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Xolto\'rayeva Nargiza kurs ishi

2.2. 4-sinfda matematika to’garagini tashkil qilish metodikasi
Boshlang‘ich sinflarda matematika o’qitishning amaliy maqsadi o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi: a. O’quvchilar matematika darsida olgan bilimlarini kundalik hayotda uchraydigan elementar masalalarni yechishga tatbiq qila olishga o‘rgatish, o’quvchilarda arifmetik amallar bajarish malakalarini shakllantirish va ularni mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan amaliy masalalarni hal qilishga o‘rgatish, b. matematika o’qitishda texnik vosita va ko‘rgazmali qurollardan foydalanish malakalarini shakllantirish. Bunda asosiy e’tibor o’quvchilarning jadvallar va hisoblash vositalaridan foydalana olish malakalarini tarkib toptirishga qaratilgan. d. O’quvchilarni mustaqil ravishda matematik bilimlarni egallashga o‘rgatish. O’quvchilar imkoni boricha mustaqil ravishda qonuniyat munosabatlarini ochishlari, kuchlari etadigan darajada umumlashtirishlar qilishlari, shuningdek, og‘zaki va yozma xulosalar qilishga o‘rganishlari kerak. O’qitish samaradorligining zaruriy va muhim sharti o’quvchilarning o‘rganilayotgan materialni o‘zlashtirishlari ustidan nazoratdir. Didaktikada uni amalga oshirishning turli shakllari ishlab chiqilgan. Bu o’quvchilardan og‘zaki so‘rash; nazorat ishlari va mustaqil ishlar; uy vazifalarini tekshirish, testlar, texnik vositalar yordamida sinash kabi usullardir. Didaktikada dars turiga, o’quvchilarning yosh xususiyatlariga va h.k. bog‘liq ravishda nazoratning u yoki bu shaklidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi masalalari, shuningdek, nazoratni amalga oshirish metodikasi yetarlicha chuqur ishlab chiqilgan. Boshlang‘ich maktabda matematika o’qitish metodikasida mustaqil va nazorat ishlari, o’quvchilardan individual yozma so‘rov o‘tkazishning samarali vositalari yaratilgan. Ba’zi didaktik materiallar dasturning chegaralangan doiradagi masalalarining o‘zlashtirilishini reyting tizimida nazorat qilish uchun, boshqalari boshlang‘ich maktab matematika kursining barcha asosiy mavzularini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan. Ayrim didaktik materiallarda (ayniqsa, kam komplektli maktab uchun mo‘ljallangan) o’qitish xarakteridagi materiallar, boshqalarida esa nazoratni amalga oshirish uchun materiallar ko‘proqdir. Boshlang‘ich maktab matematikasida barcha didaktik materiallar uchun umumiy topshiriqlarning murakkabligi bo‘yicha tabaqalashtirilishidir. Bu materiallar tuzuvchilarning g‘oyasiga ko‘ra ma’lum mavzu bo‘yicha topshiriqning biror usulini bajarishi o’quvchining bu mavzuni faqat o‘zlashtirganligi haqidagina emas, balki uni to‘la aniqlangan darajada o‘zlashtirganligi haqida ham guvohlik beradi. Matematika o’qitish metodikasida “o’quv materialini o‘zlashtirilish darajasi” tushunchasining mazmuni to‘la ochib berilmagan.O’qituvchilar uchun qo‘llanmalarda didaktik materialning u yoki bu topshirig‘i qaysi darajaga mos kelishini aniqlashga imkon beradigan mezonlar aniq emas. Amaliyotda o’qituvchilar ko‘pincha biror topshiriqning usullarini biri boshqalaridan soddaroq yoki murakkabroq deb aytadilar. Bundan tashqari, didaktik materiallar qanchalik san’atkorona tuzilgan bo‘lmasin, ularning mazmuni va tuzilishida qanchalik sermahsul va chuqur g‘oyalar amalga oshirilmasin, ular baribir barcha metodik vazifalarni tezda hal etishga qodir emas, chunki hech qanday o‘rgatuvchi mashina O’qituvchining intuisiyasini, ya’ni hissiyotini almashtira olmaydi. O'quvchilaming matematik bilimlarni o'zlashtirishi faqat o'quv ishida to'g'ri metod tanlashga bog'liq bo'lmasdan, balki o'quv jarayonini tashkil qilish formasiga ham bog'liqdir. Dars deb dastur bo'yicha belgilangan, aniq jadval asosida, aniq vaqt mobaynida o'qituvchi rahbarligida o'quvchilarning o'zgarmas soni bilan tashkil etilgan o'quv ishiga aytiladi. Oars vaqtida o'quvchilar matematikadan nazariy ma'lumotga, hisoblash malakasiga, mas ala yechish, har xil o'lchashlami bajarishga o'rganadilar, ya'ni darsda hamma o'quv ishlari bajariladi. Matematika darsining o'ziga xos tomonlari, eng avvalo, bu o'quv predmetining xususiyatlaridan kelib chiqadi. Bu xususiyatdan biri shun dan iboratki, unda arifmetik material bilan bir vaqtda algebra va geometriya elementlari ham o'rganiladi. Matematika boshlang'ich kursining boshqa o'ziga xos tomoni nazariy-amaliy masalarning birgalikda qaralishidir. Shuning uchun har bir darsda yangi bilimlar berilishi bilan unga doir amaliy o’quv va malakalar singdiriladi. Odatda darsda bir necha didaktik materiallar amalga oshiriladi: yangi materialni o'tish; o'tilgan mavzuni t:mustahkamlash; bilimlarni mustahkamlash; bilimlami umumlashtirish, tizimlashtirish; mustahkam o'quv va malakalar hosil qilish va hokazo. Matematika darslarining o'ziga xos yana bir tomoni shundaki, bu - o'quv materialining abstraktligidir. Shuning uchun ko'rgazmali vositalar, o'qitishning faol metodlarini sinchiklab tanlash, o'quvchilaming faolligi, sinf o'quvchilarining o'zlashtirish darajasi kabilarga ham bog'liq. Matematika darsida turli-tuman tarbiyaviy vazifalar ham hal qilinadi. O'quvchilarda kuzatuvchanlikni, ziyraklikni, atrofga tanqidiy qarashni, ishda tashabbuskorlikni, mas'uliyatni va sof vijdonlilikni, to'g'ri va aniq so'zlashni, hisoblash, o'lchash va yozuvlarda aniqlikni, mehnatsevarlik va qiyinchiliklami yengish xislatlarini tarbiyalaydi. O'quv ishini tashkil etishning darsdan tashqari quyidagi shakllari mavjud: l. Mustaqil uy ishlari. 2. O'quvchilar bilan yakka va guruh mashg'ulotlari. 3. Matematikaga qobiliyatli o'quvchilar bilan o'tkaziladigan mashg'ulotlar. 4. Matematikadan sinfdan tashqari mashg'ulotlar. 5.0'quvchilar bilan ishlab chiqarishga, tabiatga ekskursiya. Bu yerda sanab o'tilgan ish shakllari va dars, bir-birini to'ldirad~ .. , Asosiy masala darsga taalluqlidir. Darsda ltan;ma ishlarga bevo.·· o'qituvchi rahbarlik qiladi. QO'shimcha mashg'ulotlarda esa Ish . o'qituvchining o'zi tomonidan yoki o'qituvchi rahbarligida o'quvchilar tomonidan bajariladi. Boshlang'ich sinjlarda matematika darslar tizimi O'quvchilar bilan har bir darsda bir necha tushunchalar bilan ish olib boriladi. Har birini shu darsning turli bosqichlarida o'zlashtirishi mumkin. Har bir tushunchani tushunish boshqa bir tushunchani takrorlash, esga olish bilan olib borilsa, bu tushuncha esa keyingi tushunchalami tushuntirish uchun xizmat qiladi. O'qitish jarayonida har bir o'quv materiali rivojlantirilgan holda olib boriladi, bu o'quv materiali o'zidan keyin o'qitiladigan materiallami tushunish uchun poydevor bo'ladi. Boshqa tushunchaning o'zlashtirilish jarayonini qarasak, u bir necha darslaming o'zaro bog'liqli o'qitilishi natijasida hosil bo'ladi. Shuning uchun o'qituvchi mavzuning mazmunini ochadigan darslarni mantiqiy ketma-ketlikda joylashtirishi kerak. Eng katta talab darsning o'quv-tarbiyaviy maqsadini e'tiborga olish, o'qitish tamoyillarining metodik va umumpedagogik tomonlarini hisobga olishdir. Mavzu bo'yicha yaxshi o'ylangan darslar tizirnining o'quv vaqtini mavzuchalarga to'g'ri taqsimlashga bog'liq. Unda o'quvchilarning mustaqilligini hosil qilish, xususiy misollarni qarash, xususiy xulosalar chiqarish, undan umumuy xulosalar chiqarishga olib kelish diqqat markazida turishi lozim. Bu bilimlar darslar tizimida hosil qilinib, mustahkamlangandan keyin rnisol va masalalar yechishni ta'rninlashi kerak. Undan keyin mashqlar yordamida malakalarni qayta ishlashi, shuningdek, hosil qilingan bilimlarni doimo bir tizimga keltirish va umumlashtirishni ham ta'minlash kerak. qitishjarayonida foydalaniladigan qilib tashkil etilishidir. Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitishning tashkiliy shakllari dars, uy vazifalarini mustaqil bajarish, o'quvchilaming yakka tartibda guruh va jamoa bo'lib ishlashlari, ekskursiyalar, sinfdan tashqari ishlardan iborat. O'quv dasturi OTS asosida tasdiqlagan davlat hujjati bo'lib, uning bajarilishi majburiydir. Boshlang'ich sinflar tabiiy-matematik ta'lim davlat standarti talablarining o'quvchilar tomonidan bajarilishi ularning zarur bilimlar, malaka va ko'nikmalarni egallashlariga, bilim olishga ijobiy munosabatda bo'lishlarining shakllanishiga yordam beradi: a) o'quvchilarlarni tevarak-atrofd~gi tabiiy muhitga moslashtirish, yangi ijtimoiy maqomdagi o'quvchini shakllantirish; b) faoliyatning har xiI turlarini: o'quv, mehnat, muloqotni egallash; v) o'z-o'zini nazorat qilish hamda baholashga reytingini aniqlashga o'rgatish; g) muayyan umumiy tabiiy-ilmiy iqtidoming belgilangan darajasi va uning keyingi taraqqiyoti tavsifi. Shunday qilib, bo~hlang'ich sinflar tabiiy-matematik ta'lim davlat standartining o'quv-biluv jarayoniga joriy etilishi o'quv fanlariga doir tabiiy-ilmiy bilim, ko'nikma va malakalarnigina emas, balki shaxsning muayyan asosiy faoliyati majmuasi mehnat, ·o'quv-biluv, kommunikativ-axloqiy va jismoniy tuzilishiga mos keladigan fazilatlarining shakllanishini ham ta'minlaydi. Sinf - dars tizimi 300 yildan beri mavjud. Oarsda bolalar faqat o'qibgina qolmasdan, balki jamoa bo'lib ishlaydilar, unda muloqatda bo'lish qoidalariga o'rganadilar va har biri alohida o'rganilayotgan narsaga, bir-birlariga, o'qituvchiga o'z munosabatlarini bildiradilar. Mavzu bO'yicha rejalashtirish asosida o'qituvchi har bir darsga ish rejasini tuzadi. Zamonaviy matematika darslarida ta'limiy, tarbiyaviy va ongni oshirishga oid vazifalar bajariladi. Dafiar, o'lchov asboblari va o'lchash qoidalari bilan ishlash, doskada va daftarda chizmalar chiza olish uquvi, tez yozish va o'qish ug'uvi, bir-birini va o'zini o'zi nazorat qilish malakasini singdirish va hokazo. "Murakkab masalalar to’plamidagi" masalalarni o'rganishda umumta'lim vazifalarning amalga oshirilishiga oid masalalarni ko'rib chiqaylik.
O`QUVCHILARGA TAVSIYA ETILADIGAN MURAKKAB MASALALARDAN NAMUNALAR
:
1.Bir shahardan bir vaqtda qarama-qarshi tomonga qarab ikki piyoda yo’lga chiqdi. 2 soatdan keyin ular orasidagi masofa 16 km bo’ldi. Agar ikkinchi piyodaning tezligi soatiga 5 km bo’lsa, birinchi piyodaning tezligini toping?
2.Samarqand shahridan bir vaqtda qarama-qarshi tomonga qarab ikki mototsiklchi yo’lga chiqdi. 5 soatdan keyin ular orasidagi masofa 715 km bo’ldi. Agar birinchi mototsiklchining tezligi soatiga 65 km bo’lsa, ikkinchi mototsiklchining tezligini toping?
3.Maktab bog’iga 36 tup mevali daraxt bor. Daraxtlarning 2/9 qismi nok, qolganlari olma. Maktab bog’idagi nok daraxtlari olma daraxtlariga qaraganda necha tup kam?
4.Kinoteatrning tomosha zalida 18 ta qator, har bir qatorda 22 tadan joy bor. Agar chiptaning narxi 200 so’mdan bo’lib, 3 seansning hammasiga chiptalar sotilsa, kinoteatrga qancha pul tushadi?
5.Mirza 24 ta qo’ziqorin topdi. Karim Mirzaga qaraganda 6 ta kam qo’ziqorin topdi. Nazira Karimga qaraganda 2 marta ko’p qo’ziqorin topdi. Ular uchalasi birga nechta qo’ziqorin topishgan?
6.Mirza 24 ta qo’ziqorin topdi. Karim Mirzaga qaraganda 6 marta kam qo’ziqorin topdi. Nazira Karimga qaraganda 2 ta ko’p qo’ziqorin topdi. Ular uchalasi birga nechta qo’ziqorin topishgan?
7.O’quvchilar 25 tup daraxt ko’chatini yo’l chetiga bir to’g’ri chiziq bo’ylab ekishdi. Har ikki qo’shni daraxt orasidagi masofa 3 m. Eng chekkadagi daraxtlar orasidagi masofa necha m bo’ladi?
8.Alisher, Nabi va Umidning og’irligi birgalikda 89 kg. Agar Alisher va Nabi 63 kg, Nabi va Umid 58 kg bo’lsa, har bir bolaning og’irligini toping?
9.Turist uch kunda 47km yo’l bosdi. U 1-va 2-kuni 33 km, 2-va 3-kuni 30 km yo’l bosdi. Turist har qaysi kunda necha km dan yo’l bosdi?
10.Kitob, albom va daftar birga 780 so’m turadi. Kitob bilan albom birga 600 so’m, kitob bilan daftar birga 410 so’m turadi. Kitob, albom va daftar alohida qancha turadi?
11.Onasi, otasi va qizi Ra’noning yoshini birga qo’shib hisoblaganda 71 yosh. Ra’no bilan onasi birga 37 yosh, Ra’no bilan otasi esa 42 yosh. Ularning har qaysisining yoshi nechada?
12.Bir ishchi bir kunda 60 ta buyum, ikkinchisi undan 15 ta kam buyum tayyorlaydi. 630 ta buyum tayyorlash uchun ikkala ishchi necha kun ishlashi kerak?
13.Konfet o’raydigan bir avtomat minutiga 440 dona kon
fet o’raydi. Ikkinchi avtomat minutiga undan 120 dona ortiq konfet o’raydi. Ikkala avtomat birga ishlab, 12000 dona konfetni necha minutda o’raydi?
14.Turist paroxodda 131 km, poyezdda paroxoddagidan 3 marta ko’p yo’l bosdi. Qolgan yo’lni piyoda bosdi. Agar turist hammasi bo’lib 560 km yo’l bosgan bo’lsa, necha km yo’lni piyoda yurgan?
15.Ustaxona 312 ta kastyum tikishga buyurtma oldi. Ustaxona birinchi uch kunda kuniga 24 tadan kastyum tikdi. Undan keyingi kunlarda kuniga 30 tadan kastyum tika boshladi. Ustaxona buyurtmani necha kunda bajargan?
16.Uchta vagonga 100 t yuk ortildi. 1-vagonga 18 t, 2-vagonga undan 3 marta ortiq yuk ortildi. 3-vagonga necha tonna yuk ortilgan?
17.Velosipedchi soatiga 16 km tezlik bilan yurib, shahardan qishloqqa 3 soatda bordi. Qaytishda u o’sha masofani 4 soatda bosib o’tdi. Velosipedchi shaharga qanday tezlik bilan kelgan?
18.Hamid shahardan qishloqqa yuk mashinasida soatiga 40 km tezlik bilan bordi.Qaytishda u yengil mashinada soatiga 70 km tezlik bilan keldi. Agar Hamid qaytishda 4 soat sarflagan bo’lsa, shahardan qishloqqa qancha vaqtda borgan?
19.Ustaxona 7 kunda 241 ta kastyum tikdi. Ustaxona birinchi 3 kunda kuniga 27 tadan kastyum tikdi. Ustaxona keyingi 4 kunda kuniga nechtadan kastyum tikkan?
20.84 m uzunlikdagi bir o’ram sim ikki bo’lakka shunday bo’lindiki, biri ikkinchisidan 5 marta uzun bo’ldi. Har bir bo’lakning uzunligini toping?
21.63 m uzunlikdagi sim ikki bo’lakka shunday bo’lindiki, biri ikkinchisidan 6 marta qisqa bo’ldi. Har qaysi bo’lakning uzunligini toping?
22.Ikki shahardan bir vaqtda bir-biriga qarab ikki avtomashina yo’lga chiqdi.
Ulardan birining tezligi 42 km/soat, ikkinchisining tezligi undan 2 marta ortiq. Agar shaharlar orasidagi masofa 378 km bo’lsa, avtomashinalar necha soatdan keyin uchrashadi?
23.Ikki shahar orasidagi masofa 405 km. Bu shaharlardan bir vaqtda bir-biriga qarab ikki poyezd yo’lga chiqdi. Ulardan birining tezligi 60 km/soat, ikkinchisining tezligi undan 15 km/soat ortiq. Poyezdlar necha soatdan keyin uchrashadi?
24.Kompot uchun 600 g quritilgan meva olindi. Unda 3 qism olma, 2 qism olcha va 1 qism nok bor. Olingan quritilgan mevada necha gramm olma va necha gramm olcha bor?
25.Kompot uchun olma, nok va olchadan hammasi bo’lib 900 g olindi. Olma 5 qism, nok bilan olcha 2 qismdan. Kompot uchun
qancha olma va qancha nok
olingan?



Yüklə 49,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə