Mundarija kirish


ASO-2 1 soatda – 250 ming m3 1 sutkada – 6 mln. m3 1 yilda – 2 mlrd. m3 - 2,0 mlrd.m



Yüklə 20,81 Mb.
səhifə3/16
tarix05.05.2023
ölçüsü20,81 Mb.
#108614
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
hisobot Amin Shurtan

ASO-2
1 soatda – 250 ming m3
1 sutkada – 6 mln. m3
1 yilda – 2 mlrd. m3 - 2,0 mlrd.m3
Aktivlashtirilgan qumir – 6 tn (marka: AG-Z). – (Xitoy)
DEA (sof xolda) – 90 tn. DEA (aralashma sistemada) – 425 tn. 2010 yil oktyabr oyiga almashtirilgan.
Nasos NPS-200/700


Gazni oltingugurtdan seolit yordamida tozalash qurilmasidan chiqqan regeneratsiya gazini oltingugurtdan aminli eritma yordamida tozalash qurilmasi (loyihaviy quvvati - 1,9 mlrd. m3/yil) ni (ASO-2) 2-navbatiga 46-48 kgs/sm2 bosim va 500S harorat bilan uzatiladi (relament bo‘yicha bu ko‘rsatgichlar munosib tarzda bosim 47 kgs/sm2 va harorat 40-450Sga tengdir). Bu yerda ham regeneratsiya gazi xuddi aminli tozalash qurilmasi (loyihaviy quvvati 0,8 mlrd. m3/yil) (ASO-1) 1- navbatidagi kabi oltingugurtdan tozalanib, DEG yordamida quritilib, toza gaz Sho‘rtan-Kelif asosiy gaz quvuriga uzatiladi.
Aminli eritima yordamida gazni oltingugurtdan tozalash qurilmalaridan chiqqan nordon gaz 0,35 kgs/sm2 va 450S harorat bilan (reglament bo‘yicha bu kattaliklar 0,5 kgs/sm2 va 45-500Sga teng) oltingugurt olish qurilmasiga uzatiladi. Oltingugurt olish qurilmasi (loyihaviy quvvati oltingugurt bo‘yicha - 14,0 ming tn/yil) da to‘g‘ridan–to‘g‘ri oksidlash yo‘li bilan gaz tarkibidagi oltingugurt ajratib olinadi. Oltingugurt issiq bug‘ bilan uralgan quvurlar (bug‘ harorati >120oC bo‘lishi kerak) orqali suyuq holda oltingugurt xandagiga to‘qiladi va u yerda ochiq havoda qotadi. Keyin maydalab palaxsa-palaxsa holida vagonga yuklab iste’molchilarga yuboriladi. Qurilmada oltingugurt ajratib olish darajasi 80% ga teng va ba’zan bundan ham yuqori. Oltingugurtni ajralmay qolgan qismi esa maxsus pechda yoqib yuboriladi.
ASO-1 qurilmasi 1985 yilda qurilgan.
ASO-1 qurilmasini gaz tozalash quvvati yiliga 0,80 mlrd m3.
ASO-2 qurilmasi 1992 yilda qurilgan.
ASO-2 qurilmasini bir yillik gaz tozalash quvvati 1,90 mlrd m3.
Regeneratsiya gazi seolit qurilmasidan 4,0-5,0 MPa bosim va 70°S harorat bilan N2S va CO2 lardan tozalash uchun kelayotgan notoza gaz Ye-1 notoza gaz separatoridan o‘tadi. Ye-1 idishida da notoza gaz tarkibidagi mexaniqbirikmalar va suyuq uglevodorodlar ajraladi.
Peton nasadkalari bilan jihozlangan K-1 da notoza gaz DEA (dietanolaminni-20-25 % li) eritmasi bilan uchrashadi.Bu yerda N2S va CO2 lar bilan 25% li DEA eritmasi orasida absorbsiya jarayoni ketadi.
Dietanolamin (DEA)ni fizika-kimyoviy xossalari:
-rangsiz, qovushqoq suyuqlik;
-benzolda erimaydi;
-yonish harorati-405°S;
-alangalanish haroarati-27,5°S;
-efirda juda qiyin eriydi;
-molekulyar og‘irligi-105,14;
-kimyoviy formulasi-NN (CH2 CH2OH)2;
-solishtirma og‘irligi-1,097;
-erish harorati-28°S;
-qaynash harorati 748 mm simob ustunida-270°S;
Absorberda tozalangan gaz qurilmadan olib ketilayotgan gaz tarkibidagi DEA ni zarrachalaridan tozalanish uchun Ye-2 ga uzatiladi, gaz esa 3,8-4,0 MPa bosim va 35-40°S harorat bilan istae’molchilarga uzatiladi.
K-1 absorberdan to‘yingan DEA Ye-3 shamollatgichga uzatiladi.E-3 shamollatgichda bosimni 0,5 MPa gacha, tushishi hisobiga qisman N2S, SO2 lar va ekspanzer gazlari ajraladi. Ajralgan nordon gazlar past bosimli mash’ala (FND)ga tashlanadi.
Ye-3 da ajralgan to‘yingan eritma Ye-4 qadolash (usrednitelnuyu) idishiga uzatiladi, va bu yerda N2S, SO2 larni miqdori ham o‘rtacha holga keladi.
Ye-4 qadolash idishidan to‘yingan eritma T-1/1,2 ni quvur ichi oralig‘iga uzatiladi va u yerda regeneratsiya qilingan DEA eritmasi harorati hisobiga 105°S gacha qiziydi. Keyin qizigan tuyingan DEA eritmasi K-2 desorberiga tushadi.To‘yingan DEA eritmasi uchun issiqlik, tuyingan bug‘ bilan qizdiriluvchi T-2-1,2 yordamida beriladi.
K-2 tagidan oqib chiquvchi regenaratsiya qilingan qorishma 0,1 MPa bosi mva 125°S harorat bilan T-1/1.2 haroratal-mashlovchini quvurlararo oralig‘iga uzatiladi va u yerda to‘yingan DEA eritmasini ham qizdiradi.
Keyin regenratsiya qilingan DEA eritmasi XV-1/1,2,3 AVO lari orqali o‘tib Ye-5 eritma yig‘uvchiga tushadi. Regeneratsiyalangan DEA eritmasi Ye-5 yig‘uvchidan N-1 nasosi yordamida ikkita oqim bo‘yicha X-1 sovutgichi orqali K-1 absorberni yuqori qismiga (28-tarelka) uzatiladi (Q=190 m3/soat) va X-2 sovutgichi orqali, K-1 ni 20-tarelkasiga (Q=270 m3/soat) uzatiladi.Shunday qilib eritma sikli tugaydi.
K-2 dan chiqayotgan bug‘-kondensati desorberni yuqori qismida o‘rnatilgan “Peton” nasadkalarida sovuydi (t=45°S) .
«Peton» nasadkalari aylanuvchi suv bilan sug‘oriladi.Aylanuvchi suv desorberdan o‘z oqimi bilan N-10 nasosini kirish qismiga oqib keladi va 40°S harorat bilan X-V-2/1,2 orqali K-2 desorberni yuqori qismiga uzatiladi. Yozni jazirama kunlarida aylanma suv qo‘shimcha ravishda X-3 orqali ham o‘tkaziladi.Aylanma suvni bir qismi N-10 nasosi yordamida sovutgichga kirmay uzatiladi.
Uglikislotali (SO2) va vodorod sulfidli N2S li nordon gazlar K-2 desorberdan 0,7 kgs/sm2 bosim va 45°S harorat bilan oltingugurt olish qurilmasiga uzatiladi.
DEA H2S va SO2 yutilishida Suyuq fazada quyidagi reaksiyalar o‘tadi:

Yüklə 20,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə