Mundarija kirish


Qurilmani to‘xtatish va ta’mirlashdan so‘ng qabul qilish va ishga tushirish



Yüklə 20,81 Mb.
səhifə14/16
tarix05.05.2023
ölçüsü20,81 Mb.
#108614
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
hisobot Amin Shurtan

Qurilmani to‘xtatish va ta’mirlashdan so‘ng qabul qilish va ishga tushirish

Ta’mirlashdan so‘ng texnologik qurilmani ishlatishga qabul qilish, xavfsizlik texnikasi bo‘yicha bosh muhandis o‘rinbosari, o‘t-o‘chirish va sanitariya nazorati organlari vakillari ishtirokidagi, korxona boshlig‘i tayinlagan komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Sex rahbariyati, ta’mirlash ishlari tugagandan keyin komissiyaga quyidagilarning sinash dalolatnomlarini taqdim qilishi shart:


- bosim ostida ishlovchi apparatlarning;
- ko‘tarish-transport mexanizmlarining;
- ehtiyot saqlovchi klapanlarning;
- kapital ta’mirlash olib borilgandan so‘ng yordamchi qurilmalarning;
- ta’mirlangan va yangidan ta’mirlangan quvuro‘tkazgichlar hujjatlarining;
- texnologik uskunalar yertutashtirilishining.
Bundan tashqari sex rahbariyati quyidagilarni taqdim etishga majbur:
- barcha xizmat ko‘rsatuvchilarga xavfsizlik texnikasi bo‘yicha kartochkalar;
- xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnomalar ro‘yxati;
- NO‘MvaA vositalarini ko‘rsatgan holda, qurilmaning texnologik sxemasi;
- yerosti quvuro‘tkazgichlar sxemasi;
- uchqunxavfsiz asboblar to‘plami;
- kamida 2 ta uchqunxavfsiz yoritgichlar;
- filtrlovchi va shlangli protivogazlar, qutqaruv belbog‘lari va arqonlari to‘plami.
Ta’mirlash ishlarining tugallanishi va qurilmani ishga tushirishga ruxsatnoma belgilangan tartibdagi dalolatnoma bilan rasmiylashitriladi. Qurilmani ishga tushirish ruxsatnoma – dalolatnomasini imzolash paytida komissiya quyidagi talablarni qo‘yishi shart:
1. Portlashyong‘in mahsulotlarining kovshlarda, transheyalarda, quduqlarda yo‘qligi va hudud yuza qismiga to‘kilishi.
2. Apparatlar va kommunikatsiyalarda o‘tkazishlar, sizib chiqishlar yo‘qligi.
3. Kovshlar, transheyalar, quduqlar, pollar, nasos xonasining o‘tish joylari qoplamalarining sozligi.
4. Apparatlar, quvuro‘tkazgichlar izolyatsiyalarining sozligi, vaqtinchalik moslamalarning yo‘qligi.
5. Uskunalarda, etajerkalarda, narvonlarda, o‘tish joylarida, maydonchalarda to‘siqlarning sozligi.
6. Himoya vositalari mavjudligi (ko‘zoynaklar, qo‘lqoplar, dielektrik qo‘lqoplar va boshq).
7. Elektr yoritkichlar, deraza oynalari, fonarlar sozligi va ularning tozaligi.
8. Hududda, maishiy xonalarda, qurilmalarda tartib, ozodalik, ishlab chiqarishning umumiy madaniyatiga rioya qilish.
9. Soz holatdagi o‘t-o‘chirishning birlamchi vositalarining mavjudligi.
10. Xavfsizlik texnikasi bo‘limining, «Sanoatkontexnazorat» Davlat inspeksiyasining, O‘zR IIV Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining, Davsannazoratning oldingi yozma ko‘rsatmalarining bajarilishi.
Blok va qurilmani ishga tushirishga, faqat yuqorida va dalolatnomada ko‘rsatilgan talablar bajarilganda ruxsat etilishi mumkin.



Yüklə 20,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə