Mundarija kirish


Qaynoq aylanishni sozlash



Yüklə 20,81 Mb.
səhifə10/16
tarix05.05.2023
ölçüsü20,81 Mb.
#108614
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
hisobot Amin Shurtan

Qaynoq aylanishni sozlash

1. Issiqliktashuvchining kirish va chiqish joyidagi armaturani sekin ochgan holda, bug‘lagichiga bug‘ yuboriladi.


2. 40K-2 desorberining pastki qism harorati, soatiga 20-25 ºS tezlikda 120-125 ºS gacha ko‘tariladi.
3. 40K-2 desorberining kondensatsiyalash qismida flegma sathi paydo bo‘lganda, 40.219x7.VS.005 chizig‘i bo‘yicha 40K-2 desorberning kirish joyidagi, 40X-3 sovutkichining kirish va chiqish joyidagi, 40Xv-2-1÷2 havoli sovutish apparatlarining kirish va chiqish joyidagi, 40N-2-2A nasoslarining qabul qilish va tashlash joyidagi armaturani oldindan ochgan holda, 40N-2-2A nasosi ishga tushiriladi.
4. Aylanuvchi suv bilan 40K-2 desorberni kondensatsiyalash qismini sovutishda, 40K-2 desorberning desorbsiya qismidan keluvchi bug‘larning kondensatsiyalanishi sodir bo‘ladi. Desorberning kondensatsiyalash qismida sath, moslama shkalasi sathining 50-60 % ga erishilganda, aylanuvchi oqimning bir qismi 40K-2 desorberining desorbsiya qismini ho‘llashga yo‘naltiriladi, buning uchun 40K-2 desorberning kondensatsiyalash qismidagi sath tartiblashtirgichining ijrochi mexanizmi ishga tushirilishi zarur.
5. Aralashmaning qaynoq aylanishi NO‘MvaA moslamalarini to‘liq sozlanishigacha olib boriladi.


Qurilmani rejimga chiqarish

Qurilmani rejimga olib chiqishni quyidagi ketma-ketlikda amalga oshirish zarur:


1. Aralashmaning aylanishini ishchi darajagacha ko‘tarish.
2. Barcha parametrlarning texnologik rejim me’yorlariga muvofiqligiga erishilganda, qurilmaga tozalanmagan gazni qabul qilishga tayyorligi to‘g‘risida dispetcherga xabar qilishi zarur.
Gazni seolitli tozalash qurilmasining boshlig‘i bilan kelishilgandan va amin yordamida oltingugurtdan tozalash qurilmasidan tozalangan gazni qabul qilishga tayyorligi to‘g‘risidagi tasdiqdan keyin va dispetcherdan ruxsat olingandan so‘ng, 40E-1 – tozalanmagan gaz separatoriga kirish joyidagi armaturani ochgan holda, xom-ashyo gazini qabul qilish va absorbsiya tizimida bosimni ishchi darajadan yuqori bo‘lgan holatgacha ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymasdan, gazni tozalashga qabul qilish amalga oshiriladi.
3. Tizimdagi ishchi bosimni pasaytirmasdan, qurilmadan tozalangan gaz chiqishi joyidagi armatura sekin ochiladi.
4. 40E-5 regeneratsiyalangan aralashma to‘plagichiga absorbent aralashmasini davriy ravishda to‘kkan holda, 40K-1 absorberidan aralashmaning chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan, 40E-2 separatorida absorbent aralashmasining sathi ustidan kuzatib turiladi. 40E-2 separatorida sath 40-60 % shkala chegarasida avtomat tarzda tartiblashtiriladi.
5. 40E-1 separatorida gaz kondensati sathining to‘planishi jarayonida, uni qurilmadan tashlash zarur. 40E-1 qabul qiluvchi separatorida sath, 40-60 % shkala chegarasida avtomat tarzda tartiblashtiriladi.
6. Ekspanzer gazlari, 40.159x10.RR.011 quvurlaridan unga hullanishi uchun 40E-3 vivetrivatelidan jo‘natiladi.
7. Tozalangan ekspanzer gazlari bosimini tartiblashtirgichning ishlashi sozlanadi.
8. 40K-2 desorberining kondensatsiyalash qismida sovutilgan desorbsiyali nordon gazlar oltingugurt olish qurilmasiga jo‘natiladi, buning uchun 40K-2 desorberi bosimini tartiblashtirgich ijrochi mexanizmining klapanli yig‘ma zadvijkasini ochish zarur.
9. DEA aralashmasida aralashmaydigan mexanik aralashmalari 0,1 % miqdorda bo‘lganda (laboratoriya sinovlari natijalari asosida va qurilma boshlig‘ining farmoyishi bo‘yicha) aralashmaning bir qismi filtrlash bo‘limiga jo‘natiladi, buning uchun 40N-3 nasosi ishga tushiriladi.
10. Absorbsiya, desorbsiya va filtrlash bog‘lamlari ishlashi normal texnologik rejimga olib chiqiladi.
11. Texnologik rejimni sozlash jarayonida absorbent aralashmasining aylanishi va tayyor mahsulotlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar, MH talablariga muvofiq ravishda tozalanmagan gazni zarur bo‘lgan yutuqlar uchun va loyiha me’yorlariga qadar, tozalashga uzatilishi zarur.

Izoh - Desorbsiyali nordon gazlar, qurilma normal texnologik rejimga chiqarilgandan so‘ng, faqat oltingugurt olish qurilmasiga uzatiladi, dastlabki nordon gazlar mash’ala tizimiga uzatiladi.





Yüklə 20,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə