Mundarija kirish


Uskunalar va kommunikatsiyalarni ta’mirga tayyorlash va uni o‘tkazish



Yüklə 20,81 Mb.
səhifə13/16
tarix05.05.2023
ölçüsü20,81 Mb.
#108614
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
hisobot Amin Shurtan

Uskunalar va kommunikatsiyalarni ta’mirga tayyorlash va uni o‘tkazish
Barcha uskunalar va kommunikatsiyalar, «Sanoatkontexnazorat» Davlat inspeksiyasi yo‘riqnomalarining talablari va rejali-ogohlantiruv ta’mirlash grafigiga asosan ko‘rikdan o‘tkazish va ta’mirlashga qo‘yiladi.
Amalga oshirilgan ta’mirlash tavsifi apparat pasportida qayd etiladi. Apparat yoki sig‘im-idishning ichki ta’mirini amalga oshirish uchun quyidagilarni bajarish zarur:
- gazxavfli ishlarni olib borish rejasiga, gazxavfli ishlarni amalga oshirishga naryad-ruxsatnomaga ega bo‘lish;
- apparatni mahsulotdan bo‘shatish;
- mahsulotlarni qabul qilinishi va chiqishi quvuro‘tkazgichlarida berkituvchi moslamalarni zichlab yopish;
- bosimni apparatdan mash’alaga yoki atmosferaga chiqarib yuborish;
- zaglushkalarni o‘rnatish yo‘li bilan barcha quvuro‘tkazgichlardan apparatni izoliyatsiya qilish. Zaglushkalar shartli diametr va bosim, raqamlar qo‘yilgan chiquvchi «dumchalar» larga ega bo‘lishi shart. Zaglushkalar qalinligi tegishli bosimga hisob-kitob qilish bilan tekshirilgan bo‘lishi shart. O‘rnatilgan zaglushkalar soni va ularning joylashgan joyi zaglushkalarni o‘rnatish kitobida qayd qilingan bo‘lishi shart;
- aralashma qoldig‘ini apparatdan bug‘ bilan dam berish yo‘li orqali chiqarib yuborish, bunda bug‘o‘tkazgichning metall qismi yertutashtirish qilingan bo‘lishi shart;
- aralashma qoldig‘ini nasosdan siqiq havo bilan dam berish yo‘li orqali chiqarib yuborish;
- yo‘riqnomaga asosan apparatni yuqori lyukdan boshlab ochish.
Apparat sovugandan va shamollatilgandan so‘ng, mahsulot yo‘qligiga tahlil olinishi zarur. Qoniqarli tahlil olinganda, apparatdagi barcha ishlar, apparat ichkarisida ishlarni amalga oshirishga rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnoma mavjud bo‘lganda olib borilishi mumkin. Ichki ta’mirlashlarda, 12 v kuchlanishdagi portlashxavfsiz yoritkichlardan foydalanish zarur. Olovli ishlarni amalga oshirish zarur bo‘lgan hollarda, ularni o‘tkazishga naryad-ruxsatnoma rasmiylashtirilishi zarur. Olovli ishlar joyi ichkarida ham, tashqarida ham zaruriy o‘t-o‘chirish vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi shart. Apparatlar armaturasi, ijro etuvchini ko‘rsatgan holda, defekt vedomostiga asosan ta’mirlanadi. Qozonni nazorat qiluvchi apparatlarning payvandli choklarini tekislash qat’iyan taqiqlanadi.



Yüklə 20,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə