Mundarija kirish


Elektr uskunani ta’mirga tayyorlash va uni o‘tkazish, uskunani ta’mirlashdan so‘ng qabul qilish va ishga tushirish



Yüklə 20,81 Mb.
səhifə15/16
tarix05.05.2023
ölçüsü20,81 Mb.
#108614
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
hisobot Amin Shurtan

Elektr uskunani ta’mirga tayyorlash va uni o‘tkazish, uskunani ta’mirlashdan so‘ng qabul qilish va ishga tushirish


Elektr qurilmalarga xizmat ko‘rsatish, ularda tezkor ulanishlarni olib borish, ta’mirlash, montaj va sozlash ishlarini va sinovlarni tashkil etish va bajarish «Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ishlatilishi Qoidalari» va «Iste’molchilar elektr qurilmalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi Qoidalari» (Moskva, Energoatomizdat, 1986y) ga muvofiq maxsus tayyorlangan elektrotexnik xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
Qurilmada elektrotexnik xodimlar tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan Qoidalarni bajarilishi bo‘yicha javobgarlik, belgilangan tartibda tasdiqlangan qo‘llanmalar va lavozim yo‘riqnomalari bilan belgilanadi.
Elektr qurilmalarni ta’mirlashni olib borish, tegishli ishlarni bajarish ruxsatnomasiga ega bo‘lgan elektrik-mutaxasislar tomonidan amalga oshirilishi shart.
Xonalarda o‘rnatilgan elektr qurilmalarni ta’mirlashdan oldin, havo muhitining nazorat tahlilini bajarish va xonada uglevodorod va vodorod sulfidining portlashxavfli konsentratsiyalari yo‘qligiga ishonch hosil qilish zarur. Oqib keluvchi va tortib oluvchi ventilyatsiya tizimining ishlashi tekshiriladi.

Xulosa
Tabiiy gazni dea bilan tozalash asosan ikkita jarayon orqali amalga oshiriladi. absorbsiya va desorbsiya. ushbu jarayonlarda massa va issiqlik almashinish qurilmalari muhim ahamiyatga egadir. massa va issiqlik almashinish qurilmalari gazni haroratini pasaytirish yoki ko‘tarish uchun hizmat qiladi. chunki absorbsiya jarayoni uchun absorbentlarning harorati past bo‘lsa jarayon samarali olib boriladi. Desorbsiya jarayonida esa harorat qancha yuqori bo‘lsa va bosim past bo‘lsa jarayon samarali olib boriladi.


umumiy jarayonda ishtirok etadigan dea ning miqdorini aminlarning turiga qarab hisoblab topiladi. Issiqlik va massa almashinuv qurilmalari tabiiy gazni tozalash jarayoni uchun muhim ahamiyatga ega. shuning uchun tabiiy gazni tozalash jarayonida issiqlik va massa almashinuv qurilmalarini aniq hisoblab, gazni tozalash jarayonida kerakli bo‘lgan issiqlik va massa almashinuv qurilmalarini turini tanlash lozim.Mexanik aralashmalar orqali glikolni chiqib ketishini oldini olish uchun glikollarni chiqishda ushlab qoluvchi tindirgich o‘rnatiladi. gazni glikol bilan quritish qurilmalarida quritishda jiddiy korroziya murakkabliklari kelib chiqadi. glikol toza holatda uglerodli po‘latlarda korroziyani chaqirmaydi, lekin gaz bilan kirib keladigan begona moddalar mahsulotlarni yoyilishini va oksidlanishini keltirib chiqaradi va salbiy ta’sirlarni paydo qiladi. Korroziyani oldini olish uchun koroziyaga qarshi tayyorlangan apparaturalar o‘rnatiladi va eritmalarni harakatlanish tezligini pasaytiradi hamda korroziya ingibitorlari qo‘llaniladi va glikolni yoyilib ketishiga yo‘l bermaydi
absorbsiya jarayoni fazalarni ajratuvchi yuzada sodir bo‘ladi. Shuning uchun ham suyuqlik va gaz fazalar to‘qnashuvida bo‘ladigan absorberlar yuzasi iloji boricha katta bo‘lishi kerak. massa almashinish yuzalarini tashkil etish va loyihalash bo‘yicha absorberlar 4 guruhga bo‘linadi: sirtiy va yupqa qatlamli absorberlar; nasadkali absorberlar; barbotajli absorberlar; purkovchi absorberlar.
Sirtiy absorberlarda harakatlanayotgan suyuqlik ustiga gaz uzatiladi. bunday qurilmalarda suyuqlik tezligi juda kichik va to‘qnashuv yuzasi kam bo‘lgani uchun bir nechta qurilma ketmaket qilib o‘rnatiladi
desorber suyuq aralashma komponentlaridagi par va cho‘kmalarni qisman bug‘latish yoki bo‘laklab tutib olish jarayonini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan. u glikol va amin erit-malarini regeneratsiya qilish, kondensatni barqarorlashtirish va h.k. uchun qo‘llaniladi. Yuqori uchuvchan komponentlar desorber suyuq aralashmasi parlarida yuqori konsentratsiyaga ega bo‘lsa, kam uchuvchan komponentlar esa suyuq cho‘kmada yuqori konsentratsiyaga ega bo‘ladilar. bo‘lishning sifatli o‘tishi komponent xususiyatlari va bo‘lish jarayonini o‘tkazish usuliga bog‘liq.


Yüklə 20,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə