Mundarija kirish


Ishchi uskunadan zahiradagisiga ulanish



Yüklə 20,81 Mb.
səhifə12/16
tarix05.05.2023
ölçüsü20,81 Mb.
#108614
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
hisobot Amin Shurtan

Ishchi uskunadan zahiradagisiga ulanish

Ishchi uskunani zahira uskunaga ulash, asosiy uskuna ishdan chiqqan, uning ishchi papametrlari pasayganda va zahira uskuna (tasdiqlangan grafik bo‘yicha nasoslar, kompressorlar) ning ishlash qobiliyatini tekshirib ko‘rish maqsadida amalga oshiriladi.


Zahira uskunani ishga tushirish, uning texnik holati mufassal tekshirilgandan so‘ng, barcha aniqlangan nosozliklar bartaraf qilingandan keyin, nazorat, signalizatsiya, blokirovkalar va ehtiyot saqlovchi moslamalar tizimi mavjud va soz bo‘lganda, uskunani ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomaga asosan amalga oshiriladi.
Zahira uskunani ishga tushirish bo‘yicha ishlarning boshlanishi to‘g‘risida, sex rahbariyati, dispetcher, energetika xizmati oldindan ogohlantiriladi. O‘tishning asosiy qoidasi: avval zahira uskuna ishga tushiriladi, yana bir marta uning texnik holati tekshirib ko‘riladi, keyin esa ishchi uskuna to‘xtatiladi.


I.6.Xavfsizlik talablari


Ishlab chiqarishning zararliligi hamda yong‘in va portlashxavfsizligi
nuqtai nazaridan texnologik jarayonning tavsifi
Regeneratsiya gazlarini vodorod sulfididan tozalash jarayoni, portlash va yong‘inxavfli, zaharli, hamda tajovuzkor mahsulotlarni qo‘llagan holda olib boriladi
Bular quyidagilar hisoblanadi: regeneratsiya gazlari, vodorod sulfidi, 5,0 MPa yuqori bosimi, dietanolamin.
Shuning uchun ushbu jarayon, yong‘inlar, portlashlar, zaharlanishlar, kuyishlar kelib chiqishi munosabatlarida o‘ta xavfli bo‘lib hisoblanadi. Sexning ishonchli, avariyasiz ishlashi, texnologik rejim me’yorlariga qat’iy rioya qilish, barcha majburiy – lavozim, ishlab-chiqarish, xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni bilish, texnologik jarayonni to‘g‘ri olib borish, sexning xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarining yaxshi texnik tayyorgarligi bilan ta’minlanadi.
Jarayonni xavfsiz olib borishning asosiy majburiy shartlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
1. Qurilma uskunalarini ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomalar va texnologik reglamentga qat’iy rioya qilish.
2. Avariya signalizatsiyalari va blokirovkalari tizimlarining, nazorat-o‘lchov va tartiblashtiruvchi moslamalarining uzluksiz, bir maromda ishlashi.
3. Signalizatsiyalar, yong‘in aloqalari, o‘t-o‘chirish va individual himoya vositalarini soz holatda saqlanishi.
4. Ventilyatsiya qurilmalarining mo‘tadil ishlashi.
5. Quvuro‘tkazgichlar va apparatlarning germetikligi ustidan doimiy nazorat qilish.
6. ROT grafigiga asosan uskunalar ta’mirini o‘z vaqtida amalga oshirish.
7. Xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish.
8. Yuqori xavflilik bilan bog‘liq bo‘lgan ta’mirlash, gazxavfli, olovli ishlarni bajarishda amaldagi yo‘riqnomalarga qat’iy rioya qilish.
9. Texnologik sxemalarni, apparatlar, quvuro‘tkazgichlar, zadvijkalar joylashishini, ularning vazifalarini va ishlovchilar tomonidan xizmat ko‘rsatish qoidalarini mukammal bilish.
10. Moddalar va materiallarni to‘g‘ri saqlash.
11. Bir martalik va vaqtinchalik ishlarni bajarish uchun ob’ekt hududiga shaxslarni kiritish tartibiga rioya qilish.
12. Ob’ektda chekishning qat’iy rejimi.
13. Elektr tarmoqlaridan kuchlanishni olish tartibiga rioya qilish.
14. Tasdiqlangan tartibga asosan yong‘indan saqlash xizmatini o‘z vaqtida chaqirish.
15. Xizmat ko‘rsatuvchilar tomonidan, sexning barcha apparaturalari va uskunalarining ishlashi, soz holati va o‘z vaqtida ularni ta’mirlanishi ustidan doimiy nazorat qilish.
16. Sexning ishlatilishi jarayonida me’yorlardan og‘ishlar, nosozliklar va barcha defektlarni darhol bartaraf qilish.
17. Bosim ostida ishlaydigan apparatlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xavfsizlik qoidalariga rioya qilish.
18. Zaharli, tajovuzkor, olovli-portlashxavfli moddalar bilan ishlashda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish.
19. Sexni mo‘tadil va avariyali to‘xtatish, sexni to‘xtatish va ta’mirlashdan keyin uni ishga tushirish qoidalariga rioya qilish. Sanoat oqovalari va ishlab-chiqarish chiqindilarini, sex hududida va ishlab-chiqarish xonalarida havo muhitini muntazam nazorat qilish
Texnologik rejim xavfsizligi quyidagilar hisobidan ta’minlanadi:
- zararli ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish chiqindilari, moylash mahsulotlari, reagentlar, boshlang‘ich xom-ashyo bilan ishlovchilarning ular bilan bevosita munosabatda bo‘lishini bartaraf qilish;
- kompleks tarzda mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, texnologik jarayonni masofadan boshqarishni qo‘llash;
- mehnatning bir xilligini profilaktika qilish, shuningdek uning og‘irligini cheklash maqsadida mehnat va dam olishni qulay tarzda tashkil etish;
- xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining kelib chiqishi to‘g‘risida axborotlarni o‘z vaqtida olish;
- ishlab chiqarish uskunalarini himoyalash va avariyali o‘chirishni ta’minlovchi, texnologik jarayonni boshqarish va nazorat qilish tizimi;
- ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari bo‘lib hisoblanadigan, chiqindilarini o‘z vaqtida chiqarib yuborish va zararsizlantirish.



Yüklə 20,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə