Mundarija kirish


Qurilmani normal ishlatish



Yüklə 20,81 Mb.
səhifə11/16
tarix05.05.2023
ölçüsü20,81 Mb.
#108614
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
hisobot Amin Shurtan

Qurilmani normal ishlatish

Qurilmani normal ishlatish deganda, berilgan texnologik rejimni ushlab turish, gazning vodorod sulfidi va karbonat angidrididan zaruriy darajada tozalanishini ta’minlash tushuniladi.


Qurilmaning ishlashida operatorlar barcha uskunalarning sozligini kuzatib borishi, o‘rnatilgan ishlash rejimiga qat’iy rioya qilishi shart. Operator smenani qabul qilishda, uskunani mufassal tekshirishi, barcha mavjud bo‘lgan nosozliklarni topishi va faqat qurilmaning soz holatda ekanligiga ishonch hosil qilgandagina ishlashni boshlashi shart. Operator, shuningdek qurilmaning normal ishlashi, smena vaqtida uning uchastkasida yuz beradigan barcha shikastlanishlar yoki baxtsiz hodisalar uchun javobgar hisoblanadi. Smenani qabul qilishda quyidagilar tekshiriladi:
- o‘t-o‘chirish-xo‘jalik inventarlarning holati va ularning mavjudligi;
- tushiruvchi va dam beruvchi armaturalarning sozligi va ularda oqib chiqishlarning yo‘qligi;
- issiqliktashuvchilar chiziqlarida va suvli chiziqlarda armaturalarning sozligi va ochiqligi darajasi;
- NO‘M qutilari va texnologik quvuro‘tkazgichlar, hamda apparatlarni qizdirish chiziqlarining holati va ularning ishlash qobiliyati;
- nasoslarning soz holati;
- avtomatik tizimlarining soz holati;
- texnologik rejim me’yorlarini hisobga olgan holda, nazorat-o‘lchov moslamalarining ko‘rsatkichlari.
Operator smenani qabul qilishda, aniqlangan barcha defektlarni va nosozliklarni vaxta jurnaliga yozishi va smenani topshirayotgan operator bilan birgalikda imzo qo‘yishi shart. Qurilmaning bundan keyin ishlashiga to‘sqinlik qiluvchi nosozliklar va defektlar topilganda, smenani qabul qiluvchi operator zudlik bilan qurilma rahbariyatiga bu haqda xabar qilishi shart.
Qurilmada avariya bo‘lgan vaqtda smenani topshirish yoki qabul qilishga ruxsat etilmaydi.
Ishlash vaqtida operator, moslamalar ko‘rsatkichlariga muvofiq parametrlarni har soatda yozib borgan holda, rejim varaqasini to‘ldirib borishi shart. Texnologik rejim me’yorlaridan to‘satdan og‘ishlar yuz bergan hollarda, darhol rejimni izga tushirishga qaratilgan choralar ko‘rilishi shart.
Operator quyidagilarni nazorat qilib turishi shart:
- NO‘M ishlashi ustidan;
- apparatlardan suvni drenajlash ustidan;
- separatorlar va sig‘im-idishlarlar hajmining 60 % dan yuqori to‘lib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan va pastki sathni 30 % dan kam bo‘lmagan holatda ushlagan holda, separatorlar va sig‘im-idishlarlardagi kondensat sathi ustidan.



Yüklə 20,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə