Mundarija kirish


Ishga tushirishga tayyorlash



Yüklə 20,81 Mb.
səhifə7/16
tarix05.05.2023
ölçüsü20,81 Mb.
#108614
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
hisobot Amin Shurtan

Ishga tushirishga tayyorlash

Qurilmani ishga tushirishga tayyorlash quyidagi ketma-ketlikda olib boriladi:


1. Mustahkamlikka va germetiklikka qurilmaning barcha apparatlari va kommunikatsiyalarining suv bilan gidravlik sinovi amalga oshiriladi.
2. Ishlashda topilgan defektlarning barchasini tuzatgan holda, nasos bo‘limi apparatchisi yo‘riqnomasiga muvofiq aylanuvchi nasoslarni namunaviy ishga tushirish amalga oshiriladi.
3. Barcha oqib chiqishlarga barham bergandan so‘ng, apparatlardagi suv kanalizatsiyaga tushirib yuboriladi.
4. Barcha qurilmaning uchastkalari navbati bilan suvda yuviladi. Navbatdagi uchastkani zanjirga kiritish, faqat oldingi uchastkani, aralashma yurishi bo‘yicha to‘liq yuvgandan so‘ng amalga oshiriladi. Yuvish tugagandan so‘ng, suv kanalizatsiyaga tushirib yuboriladi.
5. Apparaturalar va kommunikatsiyalarni ishlab chiqarish suvi bilan yuvgandan so‘ng, kimyoviy tozalangan suv bilan takroran yuviladi.
6. Ishlatib bo‘lingan kimyoviy tozalangan suvni tushirib yuborgandan so‘ng, yangidan kimyoviy tozalangan suv to‘ldiriladi va tegishli yo‘riqnomalarga muvofiq ishga tushirish boshlanadi.
7. Kimyoviy tozalangan suvda qurilmani ishga tushirish vaqtida, normal texnologik rejim qayd etilishi va nazorat-o‘lchov moslamalari, avtomat tartiblashtirgichlar va ehtiyot saqlovchi klapanlarning ishlashini tekshirish amalga oshirilishi shart.
8. Kimyoviy tozalangan suvda daslabki ishga tushirish, qurilma boshlig‘ining farmoyishi bo‘yicha to‘xtatiladi va tizim suvdan bo‘shatiladi.


Qurilmani ishga tushirish

Barcha nazorat-o‘lchov moslamalarining impulsli chiziqlaridagi armaturalardan tashqari, qurilmadagi berkituvchi moslamalarning hammasi yopiqligiga ishonch hosil qilgach, sexni ishga tushirishga tayyorlash paytida o‘rnatilgan barcha vaqtinchalik zaglushkalar yechib olinishi zarur.


Shundan keyin dispetcherga va sex bo‘yicha smena navbatchisiga qurilmaning ishga tushirilishi haqida xabar beriladi.
Qurilmani ishga tushirish, bosh muhandis (ishlab chiqarish bo‘yicha boshliq o‘rinbosari) ning yozma ruxsati bilan quyidagi asosiy bosqichlar bo‘yicha amalga oshirilishi zarur.



Yüklə 20,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə