Mustaqil ish mavzu: pul tizimi va uning shakllari


Pul tizimini markazdan boshqarishi tamoyili



Yüklə 9,58 Mb.
səhifə2/9
tarix20.06.2022
ölçüsü9,58 Mb.
#89814
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mustaqil ish mavzu pul tizimi va uning shakllari

Pul tizimini markazdan boshqarishi tamoyili. Pul tizimini boshqarishning
ushbu tamoyili mamlakatni ma’muriy – taqsimlash modeliga xos bo‘lib, bu
jarayonda barcha pul munosabatlari tegishli ko‘rsatma va reja asosida amalga
oshiriladi. Mamlakatda faoliyat yuritadigan barcha banklar va ularning filiallari
davlat ixtiyorida va nazorati ostida faoliyat yuritadi. Muomalada pul massasini
tartibga solish tegishli reja va derektiv ko‘rsatmalar orqali bajariladi.
Pul tizimini talab va taklif asosida tartibga solish tamoyili. Pul tizimini
tashkil etishning ushbu tamoyilida asosiy e’tibor milliy valyutaning sotib olish
qobiliyatini mustahkamligi va inflyasiya darajasining normal me’yoriga qaratiladi.
Mamlakat Markaziy banki mustaqil ravishda pul – kredit siyosatini amalga
oshiradi, kredit muassasalari Markaziy bank tomonidan belgilangan tegishli
iqtisodiy normativlarga rioya etgan holda o‘zining faoliyatini tashkil etadi.
Xaqiqiy pullar nominal qiymatini uzida ifodalovchi real qiymatga ega bo’lgan metal pullar bo’lib ular har xil shakllarda chiqarilgan. Qog’oz pullar xaqiqiy pullarning vakili bo’lib pulning muomila funksiyasi rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan. Umuman pullar qo’yidagi turlarga bo’linadi 1. Qog’oz pullar 2. Kredit pullar. Kredit pullar qog’oz pullardan farq qilib ular bir vaqtni o’zida qiymatni ifodalaydi va u kredit xujjat bo’lib, kreditor va qarz oluvchi o’rtasidagi iqtisodiy munosabatni aks ettiradi. Kredit pullarga davlat banki biletlari, veksel, banknot, chek, kredit kartochkasi va boshqalar kiradi. 3. Tangalar asosan nekel va bronzadan tayyorlanadi. Tarixiy ma’lumotlarga kura birinchi tangalar bundan 26 asr oldin Lidiya va Xitoyda, VII asrlarda xozirgi Markaziy Osiyo davlatlarida, IX-X asrlarda Kiyev rusida zarb kilingan. Dastlab tangalar oltindan, keyinchalik ular boshqa metallda zarb kilingan. Qog’oz pullar tarixiy manbalarga kura XII-asrda Xitoyda, 700-yillarda kumush tangalar chiqarilgunga kadar Buxoro davlatida kogoz puldan foydalanilgan. Amerika va Yevropada qog’oz pullar XVII-XVIII asrlarda chiqarilgan 4.Emissiya tizimi - Bu muomiladagi bank biletlari, xazina biletlari, qog’oz pular, qimmatli qog’ozlarni chiqarishdir. Buni Markaziy bank amalga oshiradi. Qimmatli qog’ozlarni ularni emitentlari - davlat, banklar, xissadorlik jamiyatlari chiqaradi.
Muomiladagi pul massasini tartibga soluvchi davlat muassasi- Markaziy bank. Pul tizimining tarixan 2 turi mavjud. 1.Metall pullar tizimi. 2.Kredit va qog’oz pullar tizimi. Metal pullar tizimi bimetalizm (oltin va kumushni qonuniy tartibda umumiy ekvivalent ekanligi) va monometalizm (faqat ularni birini umumiy ekvivalentligi) turlariga bo’linadi. Muomiladagi pullarning asosiy qismini qog’oz pullar tashkil qiladi. Qog’oz pullardan foydalanilishiga sabab: 1. qimmatbaho metallar, xususan oltin tanga pullarni real va nominal qiymatlari o’rtasidagi farqni vujudga kelishi. Masalan. 10 grammlik tanga faydalanilishi tufayli 7 grammga kelgan. 2. Ba’zi mamlakatlarda pulni real va nominal qiymatlari to’g’ri bo’lmagan qalbaki tangalarni chiqarilishi.
3. Metal pullarni bo’zilishi, yo’qolishi davlat xazinasiga qimmatga tushadi. Qog’oz pulni chiqarish bunga nisbatan arzonga tushadi. Ravojlangan mamlakatlarning pul tizimi quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi.

  1. Pul birligi.

  2. Valyuta kursini belgilovchi qoidalar.

  3. Baho masshtabi.

  4. Pul ko’rinishlari – kredit biletlari, qog’oz pul va tanga.

  5. Emissiya tizimi

  6. Davlat yoki kredit apparati. Rivojlangan mamlakatlarning zamonaviy pul tizimi quyidagi xususiyatlarga ega. - Oltinga almashilmaydigan, keyinchalik qog’oz pul aylanadigan, kredit pullarga o’tish. - pulni muomilaga nafaqat xo’jaliklarni banklar tomonidan kreditlash, balki davlat xarajatlarini qoplash uchun chiqarish. - pul muomilasida naqd pulsiz aylanishning ustunligi - pul muomilasini davlat tomonidan tartibga solishning kuchayishi. Shu kabi rivojlanayotgan mamlakatlarning, hatto ayrim mamlakatlar pul tizimi o’ziga xos xususiyatlarga ega.


Yüklə 9,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə