Mustaqil ish mavzu: pul tizimi va uning shakllari



Yüklə 9,58 Mb.
səhifə3/9
tarix20.06.2022
ölçüsü9,58 Mb.
#89814
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mustaqil ish mavzu pul tizimi va uning shakllari

Pul birligi. Pul birligi va uning nomi hukumatning tegishli qonun va
me’yoriy hujjatlari asosida belgilanadi. Qonun va tegishli me’yoriy hujjatlar
asosida belgilab qo‘yilgan pul belgilari mamlakatda yagona to‘lov vositasi
vazifasini bajaradi. Mamlakat iqtisodiyotida muomalada bo‘lgan pul birligi
o‘zining nomiga ega bo‘ladi. Milliy valyutaning nomi barcha mamlakatlarda
turlicha nomda yuritiladi. Baho masshtabi – bu qiymatning pul birligida aks ettirish vositasidir,
pulning o‘ziga xos bo‘lgan texnik funksiyasi ham hisoblanadi. Muomalada oltin va
kumush tangalar pul vazifasini bajargan paytda baho masshtabi, ya’ni milliy
valyutaning bahosi bevosita oltin va kumush tangalar orqali aniqlangan. YA’ni,
qog‘oz pullar ma’lum miqdorda oltin va kumush tangalar bilan ta’minlangan. 1971
– 1973 yillarda rasmiy ravishda oltinning pul vositasi vazifasini bajarishi va
qog‘oz pullarning oltin bilan ta’minlanganligi bekor qilindi. Natijada, milliy
valyutaning baho masshtabi tovarlar va xizmatlar hamda xorijiy valyutalarga
nisbatan talab va taklif asosida aniqlanadigan bo‘ldi, ko‘pchilik mamlakatlar milliy
valyutaning qiymatini aniqlashda dunyoning etakchi valyutalari hisoblangan
AQSH dollari, evro, yuan kabi valyutalarni asos qilib oladi.
Pulning turlari malakatdagi qonuniy to‘lov vositasi hisoblanadi. Hozirgi
paytda hech qanday mamlakatda metall pul tizimi amal qilmaydi. Pulning asosiy
turlari sifatida kredit biletlari (banknota), shuningdek, davlatning xazina biletlari va tangalar to‘lov vositasini bajaradi.
Banknota (bank biletlari) – bu qonuniy to‘lov vositalari hisoblanib,
mamlakat Markaziy banki tomonidan muomalaga chiqariladi va tartibga solinadi.
Xazina biletlari – qog‘oz pul bo‘lib, mamlakat Moliya vazirligi tomonidan
davlat byudjeti taqchilligi va qo‘shimcha xarajatlarni qoplash maqsadida
muomalaga chiqariladi. Banknotalardan farqi shundaki, ushbu pullar hech qanday
qimmatbaho metall bilan ta’minlanmagan bo‘lib, oltin va kumushga almashtirish
mumkin bo‘lmagan. Xazina biletlari pul tizimining dastlabki davrlarida joriy
etilgan bo‘lib, mamlakat Moliya vazirligi Markaziy bank bilan bir qatorda pul
chiqarish huquqini o‘zida saqlab qolgan. Hozirgi paytda barcha mamlakatlarda
milliy valyuta va pul muomalasi barqarorligiga to‘liq Markaziy bank mas’ul
ekanligi tufayli hech qanday mamlakatda Moliya vazirligi xazina biletlarini
muomalaga chiqarmaydi. Agar bdyujet taqchilligini qoplash uchun mablag‘ zarur
bo‘lsa ushbu mablag‘ni Markaziy bankdan kredit sifatida oladi. Tanga metall quymadan, mamlakatning qonuniy to‘lov vositasi sifatida
turli qiymatlarda muomalaga chiqariladi. Iqtisodiy adabiyotlarda tangalar
“maydalovchi pul” tarzida ham talqin etiladi, buning boisi shundaki, tangalar
kichik qiymatda muomalaga chiqarilib, savdo – sotiq ishlarida qaytimlarni
berishda qo‘llaniladi. Albatta, buning uchun mamlakat milliy valyutasi barqaror va
sotib olish qobiliyati yuqori bo‘lishi maqsadga muvofiq.

Yüklə 9,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə