Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlariga asoslangan milliy iqtisodiyot barpo etildi



Yüklə 4,75 Mb.
səhifə219/234
tarix31.12.2021
ölçüsü4,75 Mb.
#82376
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   234
Узбекистон иктисодиёти lat

XXV bob
O‘ZBEKISTON JAHON IQTISODIYoTI

TIZIMIDA
25.1. O‘zbekistonning ochiq iqtisodiyotga o‘tishi
Iqtisodiyotning ochiqligi, odatda, tashqi savdoning YIMga nisbati, ya’ni YIMning tashqi savdoga bog‘liqlik koeffitsienti deb ataladigan ko‘rsatkich bilan belgilanadi. Bu haqida Nobel mukofoti laureati J.Stiglits shunday yozadi: «Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlarning o‘sishi iqtisodiyotning bir qator ochiqlik ko‘rsatkichlari – tashqi savdoning YIMga nisbati, import tariflarining o‘rtacha darajasiga bog‘liq».

Osiyodagi yirik va yangi industrial mamlakatlar o‘z milliy xo‘jaliklarining ochiqlik darajasini oshirgandan keyingina jiddiy iqtisodiy o‘sishga erisha boshladilar. Islohotdan oldin, misol uchun, Xitoyning tashqi savdo hajmi mamlakat YIMning 9,5 foizini tashkil etar edi. Mamlakatning keyingi 30 yillik rivojlanishi davomida YIMning o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 9,9 foiz bo‘lsa, xalqaro savdosi yiliga 16,3 foizga o‘sdi. Shunday qilib, Xitoyning tashqi savdoga bog‘liqlik koeffitsienti 1978-yildagi 9,5 foizdan 2010-yilga kelib 60 foizdan oshib ketdi. O‘zbekistonda YIM (xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha) 1990  – 2010-yillar mobaynida 3,4 marotabaga o‘sgan bo‘lsa, tashqi savdo aylanmasi bu yillar ichida 27,1 martaga o‘sdi. Shundan eksportning o‘sishi 29,5, importniki 24,2 martani tashkil etdi. Tashqi savdo ijobiy saldosining o‘sishi 53 martaga oshib, mamlakat oltin-valuta zaxiralarining ishonchli o‘sishini, milliy valutaning barqarorligini ta’minladi.

Endi taraqqiyot yo‘liga kirgan yosh suveren rivojlanayotgan mamlakatlar dastlab import o‘rnini bosishga qaratilgan strategiyani tanlaydilar. Bu siyosatning asosiy xususiyati shundaki, bunda milliy iqtisodiyotni industrlashtirish importni cheklash vositasida amalga oshiriladi. Importga turli tarif va notarif usullar vositasida to‘siqlar qo‘yiladi. Bunda ko‘zda tutiladigan asosiy maqsad milliy korxonalarni xorijiy korxonalar tomonidan ko‘rsatiladigan turli raqobatdan himoya qilish va jahon bozorida raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygunicha «oyoqqa turib olishi»ga yordam ko‘rsatishdan iborat.

Milliy iqtisodiyotni barpo etishning ilk bosqichida sanoat ishlab chiqarish xarajatlarining yuqoriligi tufayli katta tajribaga ega xorij mamlakatlari korxonalari bilan raqobatlashishi qiyin. Shu sababli milliy ishlab chiqaruvchilar yangi sanoat tarmoqlariga o‘z kapitalini sarflamaydi. Shuni hisobga olib, davlat ularni qo‘llab-quvvatlashi va turli savdo cheklovlarini joriy etish orqali milliy sanoatchilarga qulay shart-sharoit yaratib berishi lozim. Milliy ishlab chiqaruvchilar «oyoqqa turib olganidan» so‘ng tashqi bozorda raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqara boshlaydi. Shundan keyingina bunday cheklovlarni olib tashlash mumkin bo‘ladi.

Importni cheklashning eng keng tarqalgan usullari jumlasiga valuta nazorati, importni litsenziyalash, yuqori bojxona tariflari o‘rnatish va boshqalarni kiritish mumkin.

Aslida sof import o‘rnini bosish siyosati bo‘lmaganidek, sof eksportga yo‘naltirilganlik siyosati ham uchramaydi. Ular hamisha bir-birini to‘ldiradi, chunki eksportga yo‘naltirilgan tashqi savdo siyosatining ham maqsadi mamlakat iqtisodiyotini industrlashtirish, modernizatsiyalashdan iborat. Biroq bunga tashqi savdo cheklovlari va importni diskriminatsiyalash yordamida importni milliy ishlab chiqarish bilan almashtirish vositasida emas, balki iqtisodiyotning ochiqlik darajasini oshirish, tashqi savdoni erkinlashtirish va mamlakat eksport salohiyatini oshirish yo‘li bilan erishiladi. O‘zbekistonning huddi ana shu yo‘ldan borayotganligi xarakterlidir. Eksportga yo‘naltirilgan savdo strategiyasining import o‘rnini bosuvchi savdo strategiyasidan prinsipial farqli jihati uning ochiq iqtisodiyot tamoyillariga amal qilishidir.

Eksportni rag‘batlantirish siyosati ishlab chiqarish va eksport tarkibini diversifikatsiyalash va shundan kelib chiqqan holda aholi turmush farovonligini oshirishning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. Eksportni rag‘batlantirish siyosati orqali xom- ashyoni eksport qiluvchilardan tayyor mahsulotlarni eksport qiluvchiga aylanish va jahon xo‘jalik tizimida o‘zining munosib o‘rnini egallashi mumkin. Bugungi kunda O‘zbekiston eksportida tayyor mahsulotlarning hissasi tobora ortib bormoqda.

Agar import o‘rnini bosuvchi savdo siyosatini tanlagan mamlakatlarda uzoq istiqbolda 1,6 foiz iqtisodiy o‘sishga erishilgan bo‘lsa, eksportga yo‘naltirilgan savdo siyosatini qo‘llagan davlatlarda bu ko‘rsatkich 6  – 7 foizni tashkil etdi. Investitsiyalardan olingan samara import o‘rnini bosuvchi siyosatni tanlagan mamlakatlarga nisbatan 2 baravar yuqori bo‘ldi.

Shu bois ham bugungi kunda eksportga yo‘naltirilgan tashqi iqtisodiy siyosatning afzalligi ko‘pchilik tomonidan tan olingan. Bu siyosat milliy iqtisodiyotning ochiqligini ta’minlashda, global iqtisodiyotga integratsiyalashuvda muhim ahamiyatga ega. 2008  –  2009-yillarda boshlangan global moliyaviy-iqtisodiy inqirozdan chiqish yo‘llaridan biri sifatida proteksionizm siyosatiga barham berish ko‘rsatilayotgani ham tasodif emas.


Yüklə 4,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə