Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlariga asoslangan milliy iqtisodiyot barpo etildi


O‘zbekistonning xalqaro integratsion



Yüklə 4,75 Mb.
səhifə222/234
tarix31.12.2021
ölçüsü4,75 Mb.
#82376
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   234
Узбекистон иктисодиёти lat

25.3. O‘zbekistonning xalqaro integratsion

jarayonlarda ishtiroki
Jahon xo‘jaligi rivojlanishining hozirgi davrdagi asosiy tendensiyalaridan biri globallashuvdir. Ilgari milliy xo‘jaliklar o‘rtasidagi munosabatlar ko‘proq mintaqaviy tashkilotlar va davlatlararo ikki tomonlama shartnomalar asosida rivojlangan bo‘lsa, iqtisodiyotning umumbashariy tus olishi natijasida bu jarayon yanada chuqurlashib, mamlakatlar iqtisodiyotining o‘zaro bog‘liqligi ortib bormoqda. Globallashuv jarayonini kuchaytiradigan muhim mexanizmlardan biri hududiy (mintaqaviy) integratsiyadir.

Mamlakatlarning geografik joylashuvi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, mentalitet, din, tarix va til yaqinligi va shu kabi boshqa omillar integratsion jarayonlar samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu jihatdan xalqaro darajada integratsiyalashayotgan mamlakatlar, avvalo, mintaqaviy integratsiyalashuvni ustun rivojlantirib boradilar. Bunga EI, NAFTA, ACEAN, MDH va boshqalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.

Mamlakatlarning mintaqa miqyosida integratsiyalashuvi orqali xalqaro integratsiya rivojlanib borishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratib boriladi. Chunki mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro savdo mintaqaviy integratsiyaning rivoji uchun asos bo‘lgani singari, mintaqaviy integratsiya ham xalqaro integratsiya rivojlanishi uchun xizmat qiladi, muhim bosqich vazifasini bajaradi.

Mintaqaviy doirada integratsiyalashayotgan mamlakatlar, avvalo, o‘zaro tashqi savdoni cheklashga qaratilgan kvota kabi to‘siqlarni bartaraf qiladilar. Shundan so‘ng, yagona bojxona tizimi shakllanadi, mintaqaviy integratsiyaga a’zo mamlakatlar uchun bir xil boj stavkalari joriy etilib, uning to‘la amal qilishiga erishadilar. Bu jarayon mamlakatlardagi ishlab chiqarishning rivojlanishini yanada rag‘batlantirish uchun, soliq tizimidagi imtiyoz va cheklovlarni bekor qilish maqsadida, integratsion hududga kiruvchi davlatlarga soliq stavkalarining yaqinlashtirilishini ham taqozo etadi.

Bojxona bojlari va soliq stavkalarining yaqinlashtirilishi yoki tenglashtirilishi hududiy doirada ishlab chiqarishni rag‘batlantirib, miqyos samarasiga olib keladi. Bu jarayonlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida integratsion birlashma, ittifoq doirasida institutsional mexanizmlar shakllantiriladi va rivojlantiriladi. Integratsion tuzilmalarning bosqichma-bosqich rivojlanib borishi milliy iqtisodiyotlarning tub xo‘jalik manfaatlariga to‘la javob berishi va milliy davlatchilik asoslariga zid bo‘lmasligi kerak.

Fan-texnika taraqqiyoti natijasida xalqaro mehnat taqsimoti va iqtisoslashuvining chuqurlashuvi mamlakatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga, bir hududda joylashgan mamlakatlar o‘rtasida integratsion aloqalarning faollashuviga olib kelmoqda. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, hududiy integratsiya tashkilotlariga a’zo mamlakatlarning globallashuv sharoitlariga moslashuvi, xalqaro mehnat taqsimoti imkoniyatlaridan foydalanishi samarali kechmoqda. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi turli xalqaro va hududiy integratsion tashkilotlar faoliyatida ishtirok etishi orqali mavjud tabiiy-iqtisodiy, mehnat va moliyaviy resurslardan, xalqaro mehnat taqsimoti imkoniyatlaridan samarali foydalanishga, jahon xo‘jalik tizimida o‘ziga xos o‘rin egallashga harakat qilmoqda. O‘zbekiston MDH, MOHT, SHHT, IHT kabi xalqaro va hududiy integratsiya tashkilotlarining faol a’zosidir. Bu, o‘z navbatida, dolzarb hisoblangan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.



Yüklə 4,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə