Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlariga asoslangan milliy iqtisodiyot barpo etildi



Yüklə 4,75 Mb.
səhifə224/234
tarix31.12.2021
ölçüsü4,75 Mb.
#82376
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   234
Узбекистон иктисодиёти lat

25.5. O‘zbekiston va MDH
1991-yilning dekabr oyida Belarus, Ukraina va Rossiya davlat rahbarlari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligini barpo etish to‘g‘risidagi bitimni imzoladilar. Bitim sobiq Ittifoqning xalqaro huquq va geosiyosiy tizim sifatida barham topganligini e’lon qildi. Belarus, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va Ukraina MDHga a’zo bo‘lib kirdilar. 1992-yilda Armaniston, Moldova, Qirg‘iziston va O‘zbekiston, 1993-yilda Ozarbayjon va Gruziya MDHga a’zo bo‘lib kirdilar. MDH mintaqaviy xalqaro tashkilot. U ilgari SSSR tarkibiga kirgan davlatlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini tartibga solish maqsadida tuzilgan. MDH davlatlarusti tashkiloti emas, u ixtiyoriylik asosida faoliyat ko‘rsatadi. MDH doirasida Iqtisodiy ittifoq, erkin savdo zonasi, to‘lov ittifoqi, davlatlararo iqtisodiy qo‘mita tashkil etish to‘g‘risida shartnoma va bitimlar imzolangan.

Uzoq tarixiy rivojlanish mobaynida yuzaga kelgan aloqalar, ishlab chiqarishning mamlakatlar bo‘yicha ixtisoslashuvi, korxona va sohalar darajasidagi keng tarmoqli kooperatsiya, umumiy infratuzilma MDH tashkil etishning obyektiv asosi hisoblanadi.

MDH ulkan tabiiy, mehnat va iqtisodiy salohiyatga ega bo‘lib, ular a’zo mamlakatlarga yirik raqobat afzalliklarini beradi va jahon iqtisodiyotida munosib o‘rin egallashga imkoniyat yaratadi. Yer shari hududining 16,3 foizi, jahon aholisining 5 foizi, jahon sanoat ishlab chiqarishining 10 foizi Hamdo‘stlik mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. MDH hududida xalqaro bozorda talab yuqori hisoblangan tabiiy resurslarning yirik zaxiralari joylashgan. Rossiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon, O‘zbekiston va Turkmanistonda yirik neft va tabiiy gaz zaxiralari bor. Mintaqa mamlakatlarida ko‘mir, olmos, oltin, boksit, mis, nikel, kobalt, temir, qo‘rg‘oshin rudalarining ulkan zaxiralari, eng yirik o‘rmon maydonlari mavjud.

Ammo MDH keyingi yillarda amorf birlashmaga aylanib qolmoqda. Ular orasida turli xil ziddiyatlar, siyosiy kelishmovchiliklar va ixtiloflar kelib chiqmoqda. Gruziya va Moldova EIga assotsiyalashgan a’zo bo‘lganidan keyin Hamdo‘stlikdan chiqib ketdilar. Turkmaniston MDHning to‘laqonli a’zosi emas, balki assotsiyalashgan a’zosi, xolos.

Vaholanki, MDH doirasida xalqaro mehnat taqsimoti imkoniyatlaridan to‘la foydalanish, ishlab chiqarish ixtisoslashuvi va kooperatsiyasini rivojlantirish a’zo mamlakatlar aholisi turmush faravonligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilishi mumkin edi. Garchi, MDH doirasida iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish sohasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilayotgan bo‘lishiga qaramay, a’zo mamlakatlar iqtisodiyotlarining integratsiyalashuv darajasini yuqori deb bo‘lmaydi.

2016-yilda O‘zbekistonning MDH doirasidagi tashqi savdo aloqalarida asosiy o‘rinlarni Rossiya Federatsiyasi (umumiy eksport hajmidagi ulushi 14,7 foiz, umumiy import hajmidagi ulushi 19,8 foiz) Qozog‘iston (umumiy eksport hajmidagi ulushi 7,8 foiz, umumiy import hajmidagi ulushi 8,1 foiz) egallaydi.

MDH mamlakatlariga O‘zbekistondan asosan oziq-ovqat mahsulotlari, energiya manbalari va neft mahsulotlari, turli xizmatlar hamda mashina va asbob-uskunalar eksport qilinadi. Shuningdek, bu davlatlardan mamlakatimizga mashina va asbob-uskunalar, oziq-ovqat mahsulotlari, energiya manbalari va neft mahsulotlari hamda qora va rangli metallar olib kelinadi.

MDH doirasida iqtisodiy integratsiyaga aks ta’sir qilayotgan asosiy muammolardan biri – tashkiliy-huquqiy asos va hamdo‘stlikka a’zo mamlakatlar o‘zaro harakat mexanizmining takomillashmaganligidir. Institutsional mexanizmlar ham zaif. Shuningdek, a’zo mamlakatlar iqtisodiy salohiyatining turli darajada ekanligi, alohida mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi o‘rtasidagi tafovut, milliy qonunchilik hujjatlarining muvofiqlashtirilmaganligi kabilar ham integratsion imkoniyatlarni cheklamoqda.

Erkin savdo zonalarini tashkil etish, to‘lov ittifoqini shakllantirish, yagona kommunikatsiya va axborot makonini barpo etish, ilmiy-texnika, texnologik, innovatsiya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish asosida umumiy iqtisodiy makonni qurish orqali MDH doirasidagi integratsion aloqalarni yanada yuqoriroq darajaga ko‘tarish mumkin. Investitsiya salohiyati integratsiyasi, kapital va ishchi kuchi oqimini samarali yo‘lga qo‘yish ham muhim vazifalardan hisoblanadi.


Yüklə 4,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə