Muxamedov Muxammadjon


Tanishuv amaliyotining maqsadi



Yüklə 70,9 Kb.
səhifə2/11
tarix11.02.2023
ölçüsü70,9 Kb.
#100678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
HISOBOT MUXAMMAD

Tanishuv amaliyotining maqsadi – kelajakdagi kasbiy faoliyat haqida boshlang’ich ma’lumotlarni olish hamda «Kasbiy faoliyat asoslari» fanidanolgan nazariy bilimlarni amaliyot ko`nikmalari bilan mustahkamlashdan iborat. O’quv-tanishuv amaliyotining ob’yekti sifatida –“AT Xalq banki” Farg’ona viloyati Toshloq tumani filiali tanlab olindi.
Mazkur o’quv-tanishuv amaliyot hisobotini yo’zishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, Prezidentimiz farmon va qarorlari, statistika va internet ma’lumotlaridan hamda “AT Xalq banki” Farg’ona viloyati Toshloq tumani filialining yillik hisobot ma’lumotlaridan foydalanildi.


I bob ATB “Xalq Bank” shakllanish tarixi va u haqida umumiy ma’lumot
1.1 “Xalq Bank” AT haqida
O'zbekiston Respublikasining Aksiyadorlik Tijorat Milliy banki, O'zbekistonning eng qadimgi banklaridan biri deb atalishi mubolag'asiz emas. Bank tarixi 1875 yilda, birinchi jamg'arma banki ochilgan paytda boshlandi. Ushbu bank 1995 yilga qadar Sovet Ittifoqi jamg'arma banki filiali bo’lgan, shu yilning to'rtinchi oktyabrida esa hukumat va "Uzsberbank" qarori bilan "milliy aktsiyadorlik-tijorat banki"ga aylantirilgan. "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil aprel oyida PF-4720 "Aksiyadorlik jamiyatlar korporativ boshqaruvni zamonaviy usullarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" farmon chiqardi, farmonga binoan bank nomini “Aksiyadorlik-tijorat Xalq banki"ga o'zgartirdi. So'nggi yillarda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o’zgarishlar va davlatning qo'llab-quvvatlashi boisi "Xalq banki" jadal rivojlanib, salohiyati oshib bormoqda. Mustaqillikning dastlabki yillarida "Xalq banki" turli moliyaviy va mablag'-kredit islohotlar davrida, mamlakatimizning moliyaviy agenti rolini o'ynadi, davlat iqtisodiyotida har doim o'z vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.
O'zbekiston mustaqilligi e'lon qilingandan so'ng, "Xalq banki" mamlakatning og’ir davrida iqtisodiy vaziyatni barqarorlashtirishda muhim rol o'ynadi. Bizning iqtisodiy pul-kredit sohamiz bankning faol ishtirokida islohotlarga muhtoj edi. "Xalq banki" oldida turgan asosiy vazifalardan biri o'z salohiyatini barqarorlashtirish hamda xalqning bankga bo’lgan ishonch pog’onasini oshirish bo’ldi , bundan tashqari mamlakatimiz bank xizmatlari bozorida mavqeini mustahkamlash bo'yicha uzluksiz ishlar olib bordi.
"Xalq banki"mizning asosiy maqsadi, o’z nomidan ma’lumki, O'zbekistonnig keksa fuqarolarini doimiy pensiya bilan ta'minlash hisoblanadi. O’zbekiston qonunida aytib o’tilganidek “fuqarolarni jamg'arib boriladigan pensiyasi bilan ta’minlash” mavjud pensiya tizimida qo'shimcha ravishda maxsus hisoblash tizimini shakllantrishdan iborat. "Xalq banki" xavfsiz elektron ma'lumotlar bazasini yaratdi, bu esa barcha bank filiallarini bog'lovchi uzluksiz monitoring va u yerdagi hatti-xarakatlarni nazorat qilish uchun imkon berdi. "Xalq banki" jamoasi muntazam ravishda o’zlaridagi maqsad va vazifalar ro’yxatini yangilab turadilar hamda ushbu maqsad va vazifalarni muvaffaqiyatli bajaradilar. Hozirgi kunda bank oldidagi vazifa xizmat ko'rsatishning yuqori darajasiga erishish hamda mamlakatimizda bank xizmatlari ko'rsatishda liderlaridan biri o'rnini ushlab turishdan iborat. Bundan tashqari "Xalq banki" investitsiya va ilg'or boshqarishni hamda kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llanilishini yanada jozibador bo'lishini istaydi.
Xalq banki xodimlari doimo o'zlariga yangi g’oyalar va yangi strategik maqsadlarni belgilaydilar. Hozirgi paytda ular mijozlarga xizmatni sifat jihatidan yangi bosqichga o’tishini, respublikada eng yirik bank raqobat o'rniga erishishini, boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish orqali moliyaviy xizmatlar bozorining ko'rsatkichlari bir qator investitsiya jozibadorligini va yetakchi o'rinlarda kirishishini ta'minlanishiga harakat qilmoqdalar.
Hozirgi kunda "Xalq banki" mustaqil O'zbekiston bank tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. 197 ta viloyat, tuman va shahar filiallari, 33 ta mini-banklar, shuningdek 1000 dan ortiq jamg'arma va maxsus kassalar mamlakatimizdagi oddiy fuqarolariga, tadbirkorlariga hamda kichik biznes sub'ektlariga doimo turli bank xizmatlarini taqdim etib bormoqda.

Yüklə 70,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə