N. Bekmirzayev \'jj& notiqlik san’ati asoslari



Yüklə 5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/105
tarix28.11.2023
ölçüsü5 Mb.
#135210
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   105
Notiqlik san\'ati asoslari. Bekmirzayev N

Muhammad YUSUF
A R M O N
Topmoq — yo‘qotmoqdir.
Yo‘qotmoq — topmoq.
Sen so‘lib,
Men yashnab,
To‘lishimga boq.
Sensiz topganimdan ko'proq yo‘qotdim — 
Sen meni yupatding,
Seni yig‘latdim.
Sen meni yaratding,
Seni tugatdim.
Uyalmay Ona deb,
Kelishimga boq!..
Sog‘inch haqda she’rlar 
Yozdim o'zimcha,
Mendan — peshonangda 
Dog‘lar tizimcha.
0 ‘g‘ling bo£lmay o‘lay,
Attang, ming attang.
Qiz tug‘sang netardi,
Ko'proq qiz tug'sang!..
Tirgak bo‘lolmadim 
Bitta qizingcha,
223


Uyalmay shoirman 
Deyishimga boq.
Joningdan aylanay, 
Turgil jonajon,
Yo‘l qarab bo‘ldimi 
Jigarginang qon.
Boqma ko‘zlarimga 
Bemajol xasta,
Mening topganlarim 
Gulmi bir dasta
Yo'qotganim senmi 
Endi, Onajon?..
0 ‘z etimni o ‘zim 
Eyishimga boq.
Bilsang,
Yuragimni bir alam elar, 
Buyursang, qo‘limdan 
Kelmaydi nelar 
Ayt,
Pichan yig‘aymi,
0 ‘tin yoraymi,
Yemi haydayinmi,
Ko‘k ag‘daraymi?-..
Itdek oyog‘ingga 
Suykalgim kelar — 
Uchib-uchib, mana, 
Qo‘nishimga boq.
Hech narsa kerakmas
Bolam, hech deysan. 
Endi kech deysan-da, 
Endi kech deysan. 
Yuzimni bosaman 
Muzday yuzingga,
224


Onajon,
Zor qilib ketma izinggaL 
O lim oldida ham 
G ‘amimni eysan.
Men-chi, jim taqdirga 
Ko‘nishimga boq.
...She’rim bitdi.
XAYR.
D o‘stlar, xush qoling. 
Bedil yashamakka 
0 ‘rganmang mendek. 
Boring,
Volidangiz ko'nglini oling,
Ertaga
Kech qolib,
0 ‘rtanmang mendek.
B IR Q IZ Y IG 'L A R
Bir qiz yig‘lar buloq boshida, 
Ma’yus majnuntollar qoshida. 
Ko‘ngil oxi ko‘zin yoshida, 
Bevafo ko‘p ekan dunyoda...
Nigohida oftoblari bor
Nolishlarin javoblari bor, 
So'ngan sevgi azoblari bor, 
Bevafo ko‘p ekan dunyoda...
Tovoniga tushgan kokillar, 
Qizginaga qo‘shilib yig'lar,
Bir so‘z dilga sanchadi tig‘lar — 
Bevafo ko‘p ekan dunyoda...
225


Dildan ko‘chib ketsa xayollar,
Yomonga yo‘q ekan jazolar.
Yolg'on dunyo ekan dunyolar,
Bevafo ko‘p ekan dunyoda...
Ermak ekan endi Laylolar,
Majnun G ‘arib kezgan sahrolar,
Ertak ekan Tohir — Zuhrolar,
Bevafo ko‘p ekan dunyoda...
Qo‘y, yig'lama, mening jon singlim,
Men ham sendek bag'ri qon, singlim,
Menga ham yo‘q mehribon, singlim,
Bevafo ko‘p ekan dunyoda...
Muhabbat yo‘q ekan dunyoda!

Yüklə 5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə