N. Bekmirzayev \'jj& notiqlik san’ati asoslari



Yüklə 5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/105
tarix28.11.2023
ölçüsü5 Mb.
#135210
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105
Notiqlik san\'ati asoslari. Bekmirzayev N

Sharifa SALIMOVA
SE N D A N B IR DAM AYRO T U S H M A Y M IZ , 
VATAN!
Bir kuni yo maysa, giyoh bo‘lamiz,
Shunda ham holingdan ogoh bo'lamiz.
Shoir qalamingga siyoh bo‘lamiz,
Sendan bir dam ayro tushmaymiz, Vatan!
Yo yomg'ir bo'lamiz, bo'lamiz shabnam, 
G ‘unchalar kiprigin aylayjakmiz nam.
Nogoh xazon misol to ‘kilganda ham,
Sendan bir dam ayro tushmaymiz, Vatan!
Biz singil, yo ini, yoki og'amiz,
Bag'ringda daryo yo tog‘dek qolamiz.
G ‘anim boshiga tosh bo'lib yog‘amiz,
Sendan bir dam ayro tushmaymiz, Vatan!
229


Ko‘ksingda qulunlar bo‘lib chopamiz,
Archa bo‘lib tog'lar bag‘rin yopamiz.
Burgut bo‘lib cho‘qqing izlab topamiz,
Sendan bir dam ayro tushmaymiz, Vatan!
Mayli, tikanlaring qonatsin qo‘lim,
Mayli, izg‘irinlar qilsinlar zulm.
Sen rozi bo'lsang bas, enajon elim,
Sendan bir dam ayro tushmaymiz, Vatan!
Sendan xayolda ham ketmaymiz nari,
Onasini quchgan farzand singari.
So‘ng so‘z yozganda ham umr daftari,
Sendan bir dam ayro tushmaymiz, Vatan!
Tug‘ing nafaslarin ichganda dunyo,
0 ‘zbek degan nomga to'lgandi samo,
Biz bag'ringda yotib, qilgansa duo 
Sendan bir dam ayro tushmaymiz, Vatan!
Muhiddin OMON
OTA M A K O N IM
Agar bobo Quyosh kulsa sahardan,
Charaqlab taralsa shafqat ziyosi,
Ko‘kdan oqib tushgan shu bahri zardan 
Ko‘karsa dillaming mehrigiyosi,
Bu — mening diyorim, ota makonim, 
Dilimga madorim, mehrga konim.
Ayni Navro'z chog‘i shudgor oralab,
Tuproqni to'tiyo aylasa har chol,
230


Iymon mujdasini noz-la erkalab,
Qalbda poklik unsa bekam, bezavol.
Bu — mening elimdur — azmi ulug‘im, 
Zahmati qutlug'im, ko‘ngli o‘tlug‘um.
Beqiyos, benazir farog'at tuyib,
Subhidam sog‘ilgan sutu qaymoqdan,
Onaga intilgan boladay iyib,
Ketolmay qolsangiz yashil o'tloqdan,
Siz xijolat bo‘lmang, aziz qo‘nog‘im,
Bu — mening qishlog‘im, mening qishlog'im. 
Keng hovli, so‘rida chordana qo‘yib,
Sarxush simirsangiz rayhon iforin,
Tushlikka oshdan so‘ng handalak so'yib,
Mezbon dasturxonga to'kkanda borin,
Ohista taralsa Munojot kuyi,
Bu — shaksiz otamning, onamning uyi...

Yüklə 5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə