N. Bekmirzayev \'jj& notiqlik san’ati asoslari



Yüklə 5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/105
tarix28.11.2023
ölçüsü5 Mb.
#135210
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   105
Notiqlik san\'ati asoslari. Bekmirzayev N

Sirojiddin SAYYID
S IZ G A
Hovlingizdan sharqiragan soy o‘tsa,
Elkangizdan quyosh o‘tsa, oy o‘tsa.
Qoshlaringiz mangu kamon yoy o‘tsa,
Sarv yanglig‘ adil qolsa bo£yingiz,
T o‘larmidi hech to'lmagan ko‘nglingiz?
Bor yulduzlar sizga xizmat qilsalar,
Ummonlar ham siz deb qurib, to'lsalar.
Gullar sizdan rangu ifor olsalar,
Chaman bo'lsa yurgan ko‘cha-ko‘yingiz, 
To'larmidi hech to'lmagan ko‘nglingiz?
Sevinch bilan ochilsalar eshiklar,
Uyingizni tor aylasa beshiklar,
Yangrasalar armon bo'lgan qo'shiqlar,
Qiqirlasa ko'rgan qizu o ‘g‘lingiz,
To‘larmidi hech to ‘lmagan ko'nglingiz?
226


Yellar qaro zulfingizni qulf etib,
Yelib tursa xusningizni mulk etib,
Saodatu malohatni ko‘rk etib,
Sarg‘aymasa hargiz rangu ro'yingiz,
To‘larmidi hech to ‘lmagan ko'nglingiz?
D o‘stlar kelib ul kun bag‘rim tilsalar,
Bo‘g‘zim yulib, andin bir nay qilsalar
Hammalari qatorlashib chalsalar,
Ovozalar bo‘lsa o‘g‘il to'yingiz,
To'larmidi hech to'lmagan ko‘nglingiz?
Iqbol MIRZO
A Y T G IL , D O 'S T IM
Boshing egib, ta’zim ayla, shukrona ayt,
Seni guldek erkalagan chaman uchun.
Osmonlarda yurgan bo'lasang, tuproqqa qayt,
Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun?
Ko‘zi qora, yuragi oq shu el uchun,
Tuproq uchun, shu yurt uchun, chaman uchun, 
Ulug‘ inson boshlab bergan shu yo‘l uchun,
Aytgil, do'stim, nima qildik Vatan uchun?
Eldan ketib, el bo‘lganni kim biladi?
Don axtargan go‘shtxo‘rlarga yem bo‘ladi.
Dil qonasa ona tuproq em bo'ladi,
Aytgil, do'stim, nima qildik Vatan uchun?
Qachongacha qoming o ‘ylab o‘tadirsan? 
Qachongacha ko‘kdan chalpak kutadirsan?
Axir Vatan bitta, sen ham bittadirsan,
Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun?
227


Buncha bino qo‘yma zarrin cho'ponlarga,
Saratonda yaproq bo‘lgin dehqonlarga,
Suyangani tayoq bo‘lgin cho‘ponlarga,
Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun?
Hech kimdan kam emassan, kam bo‘lmagaysan,
Yerda qolsang, oftob bo‘lib kulmagaysan.
Qachon belni mahkam tortib bo‘g‘lagaysan?
Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun?
Shu soylardan suvlar urgin yuzingga sen,
Bir bor nazar solgin bosgan izingga sen,
Shu savolni berib ko‘rgin o ‘zingga sen,
Aytgil, do'stim, nima qildik Vatan uchun?
Ikrom OTAMUROD
M A D A D K U C H L A R K ER A K
Madad kuchlar kerak odamga,
Yiqilganga suyanmoq uchun.
Goho hayot yuklagan g‘amga 
Yetmas faqat bardoshing kuchi.
Malham kutgan intiq bemorga 
Bir og‘iz so‘z bo‘ladi darmon.
Bir og‘iz so‘z ayaymiz nega?
Yuraklarga cho'kkanda armon.
Madad kuchning awali ZAMIN —
Kunduk qoning to'kilgan tuproq 
Xidi qalbga o'mashsa, tayin 
Umidlaring rang tortar ko'proq.
Sinovlarga boshlasa agar,
Yo'llar, zinhor, qilmayin shafqat.
228


Bilgin, shunda madadkor bo‘lar 
Ko'ksingni to ‘ldirgan MUHABBAT.
Tasodif yo shunday nogahon 
Bir kun, armon kelsa duchma-duch.
D O ‘ST kerakdur turib yonma-yon,
Dalda berib, dard oluvchi kuch.
Muyulishlar girdobi aro 
Chorrahada qotsang benajot,
Bu, tumandan qilmay yuzqaro 
Seni olib chiqqay E ’TIQOD.
Davralarda kelmayin hadding —
Dasting qisqa qolganda nochor,
Yo‘g‘ingni bor qilib, xam qadding 
Ko‘taruvchi EL bo'lur darkor -
Va, nihoyat, ko‘p ulug‘ sehri,
VATAN kerak, nurli, yarqiroq.

Yüklə 5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə