N. Bekmirzayev \'jj& notiqlik san’ati asoslari



Yüklə 5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/105
tarix28.11.2023
ölçüsü5 Mb.
#135210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
Notiqlik san\'ati asoslari. Bekmirzayev N

0 ‘z
fikrini mutlaqo 
mustaqil,
ona tilida rayon, go‘zal va lo'nda
ifoda eta olmaydigan mutaxassisni,
avvalambor, rahbar kursuda
о ‘tirganlarni bugun tushunish ham,
oqlash ham qiyin.
Islom KARIMOV
K IRISH
Insonga fikrini ifoda etish uchun sezgi organlaridan biri sifatida 
Alloh tomonidan til berildi. Aqlni esa inson ixtiyoriga qoldirdi. 
Endi inson bolasi aqlini ishga solib, tili orqali so‘zlar (nutqi)ni 
ifodalashga k irish d i. Y aratg an Egam tan am izd ag i sezgi 
organlarimizdan biri til (zabonimiz)ni ehtiyot qilib joylagan. Unga 
o‘ttiz ikkita tislilarimiz ortidan joy berib, yana lablar bilan berkitdi. 
Bu suyaksiz tilimizga ehtiyotkorlik chorasi ham edi. Chunki shu 
bir parcha (go‘sht) til orqali: yaxshilik va yomonlik; go'zallik va 
xunuklik; mehribonlik va yovuzlik; baxt va baxtsizlik; mansab va 
itoatkorlik; boylik va kambag'allik; do'stlik va dushmanlik; visol 
va ayriliq; obro‘ va obro'sizlik; omad va omadsizlik; ezgulik va 
johillik; mehnatsevarlik va dangasalik; halimlik va qo'pollik; havas 
va hasad; taraqqiyot va zalolat; yarashish va janjal; tinchlik va 
urush; ruhiy tetiklik va tushkunlik; sog'lomlik va.bemorlik; izzat 
va sharmandalik; xursandchilik va dilxiralik; madaniyatlilik va 
madaniyatsizlik kabi bu foniy dunyoda mavjud bo‘lgan barcha 
narsaga erishish mumkin.
Sezgi organlarimizning ko‘z, quloq va burundan tashqari 
barchasini odam o'ziga bo'ysundira oladi, jumladan, tilni ham. 
Madomiki, shunday ekan, biz o‘zimiz aql va farosatimizni ishga 
solib, loaqal tilimizni jilovlay bilishimiz zarur. Shundagina biz 
so'zimiz va nutqimizning qanchalik kuch-qudratga ega ekanligini 
his etib yashaymiz.
Notiqlikni o'rgatuvchi va targ‘ib qiluvchi qadim adabiyotlardan 
tortib bizning davrimizda yozilgan va yozilayotgan maqola va
5


kitoblarda notiq, notiqlik, nutq odobi, notiqlik san’ati; voiz, voizlik, 
voizlik san’ati kabi atama va tushunchalarni o‘qiymiz. Og‘zaki 
nutqda odamlar orasida: so‘z ustasi, so‘zga chechan, so‘zga usta, 
so'zamol, so‘zni boplaydi, gapni do‘ndiridi, gapga usta, chiroyli 
gapiradi; suhandon, tilchi-da, adabiyotchi-da, shoir-da singari 
iboralarni eshitamiz. T o‘g‘ri, hamma ham nutqiy nuqsonsiz 
tug'ilsa, albatta gapiradi. Biroq hamma odamlar ham gapga 
chechan bo‘lavermaydi. Gapga chechanlik, ya’ni notiqlik bu — 
qobiliyat va iste’dod. Notiqlik bu — san’at. Qachonki, inson Alloh 
bergan tabiiy qobiliyat bilan cheklanib qolmay, o‘z nutqi va tili 
ustida erinmay ishlasa, mashq qilsagina chinakam notiqlik 
mahoratini egallashi mumkin.
6


I bo‘Iim. NOTIQLIK SAN’ATI HAQIDA 
TUSHUNCHA
Notiqlik bu — so‘z san’ati, so‘z san’ati bo‘lganda ham ohangdan 
libos kiyib talaffiiz bilan jilolangan so‘z san’atidir. Madomiki, “so‘z” 
qudratini chuqur anglagan, “so‘z” ne’matining Alloh tomonidan 
faqatgina insonga in’om etilganligini his etgan buyuk allomalargina 
uni qadrlaganlar va e’zozlashga undaganlar. Shu m a’noda notiqlik 
san’ati boshqa san’at turlari orasida alohida mavqega ega ekanligi 
tan olingan haqiqatdir. Qadimda mohir notiqlargina lashkarboshlik 
va davlat arboblari lovozimlariga saylab tayinlanganliklari ham bu 
haqiqatga aniqlik kiritadi. Tarix bizga hamisha saboq bergan, saboq 
bermoqda va bundan keyin ham saboq beradi. Biz bugun shu 
sohada tarixdan saboq olayapmizmi? — degan savol turibdi 
qarshimizda. Yo‘q, deyish ham joiz emas, harakat qilyapmiz. 
Bugungi kunda ko‘pgina idora rahbarlari nutqidagi kamchiliklar, 
muallimlar nutqidagi chaynalishlar, teleko‘rsatuvlardagi, hatto 
jurnalistlar nutqidagi g‘alizliklar bizning m a’naviyatimizga 
yarashmaydi. Chunki biz Mustaqillikning barcha chashmalaridan 
bahramand bo‘lib turgan ekanmiz, notiqlik san’ati chashmasidan 
ham bebahra bo‘lmasligimiz kerak. Nima qilishimiz zarur? Awalo, 
maktabda nutqni, uning grammatikasini chuqur o‘rganishimiz, 
fikrimiz va tafakkurimizning asosi bo'lmish notiqlik san’ati sirlarini 
o‘rgatishimiz va o‘rganishimiz juda muhim. Til va tafakkur bir- 
biriga chambarchas bog‘liq bo'lgani holda, notiqlik san’atini 
bilm asdan haqiqiy ijodiy tafakkur, go‘zal va chiroyli nutq 
so‘zlashimiz amri mahol. So‘zlayotgan nutqimizni maromiga 
yetkazib o‘z ona tilimizda ifodalashimiz uchun notiqlik san’ati 
qoidalaridan xabardor bo'lishimiz kerak. Hozirgi ayrim o‘quvchi 
va talaba yoshlarimiz nutqida uchraydigan nuqson, fikrlashdagi 
oqsoqlik, fikrini bayon etishda qolipdan chiqolmaslik, tafakkuridagi 
to ‘mtoqlik, ortiqcha kirish so'zlarni (anaqa, haligi, nima edi?, 
nima desam ekan? kabi) ishlatish kabi qusurlaming kelib chiqishi 
teran notiqlik malakalarining zaifligi bilan bog'liqligi m a’lum.
7


Maktabdan tortib, akademik litsey va kollej hamda institut va 
universitetlar, malaka oshirish institutlari o‘quv rejalariga notiqlik 
san’ati darsini kiritish, bu darsning o‘quv yurtlarining o‘ziga xos 
xususiyatlariga qarab uning dasturi va darsligini yaratish juda 
dolzarb. Chunki Vazirlar Mahkamasining “Akademik litseylar va 
kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini 
boshqarish to ‘g‘risida”gi qarorida bir qancha muhim masalalar 
bilan bir qatorda Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish, yangi 
darslik va o‘quv qo'llanmalarini yaratish vazifasi ham qo'yilgan.
Milliy dasturda belgilangan vazifalarni jadal amalga oshirish 
m ustaqil mam lakatim izning buyuk kelajak sari yuksalishini 
t a ’m inlaydigan om illardan ekanligi m uhim . Prezidentim iz
I.A.Karimov Oliy Majlisning XIV sessiyasidagi (1999-yil 14-aprel) 
ma’ruzalarida: “Yana bir bor ta’kidlab o‘tishga to‘g‘ri keladi: amalga 
oshirilayotgan barcha islohotlarning taqdiri shu masalaga, ya’ni 
kadrlar tayyorlashga chambarchas bogMiqligini biz aniq va ravshan 
anglab olishim iz lozim. 0 ‘zini shu m am lakatning haqiqiy 
vatanparvari deb biladigan har bir kishi bu Dasturni amalga 
oshirishga o‘z mehnatini, o‘z ulushini qo‘shadi deb ishonaman”,
— degan edilar.
K adrlar tayyorlash milliy dasturi 0 ‘zbekistonim izning 
madaniyat va m a’naviy yuksalishi borasidagi dasturulamaldir. 
Bugun biz — barchamiz, xalqimiz va Vatanimiz uchun bunday 
mas’uliyatni chuqur va izchil anglamog‘imiz shart.
M a’lumki, jamiyat madaniy-ma’rifiy taraqqiyotining, millat 
m a’naviy kamolotining muhim jihatlari notiqlik san’atiga ham 
borib taqaladi. Shu bois ham mamlakatimizda madaniy-ma’rifiy 
islo h o tla rn in g d avlat siyosati d arajasig a o ‘sib c h iq ish i, 
farzandlarimizning notiqlik malakalarini oshirish, nutqiy madaniyati 
masalalariga e’tibomi qaratish har qachongidan ham dolzarblik 
kasb etmoqda. “Davlat tili haqida”gi, “T a’lim to £g‘risida”gi 
qonunlar, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa ko‘pgina 
hujjatlarda m a’naviy-ma’rifiy tarbiyaga, til masalalariga alohida 
e ’tibor qaratilgan.
Fikrimizni o‘z ona tilimizda mustaqil, ravon, go‘zal va lo‘nda 
ifodalash uchun bizda nutqiy madaniyat, notiqlik yetarli darajada 
shakllanmog‘i kerak.
Umuman, yosh avlodda notiqlik qobiliyatini shakllantirish va 
izchil kamol toptirish, bu yo'lda samarali usullarni izlab topish va
8


ta ’limga yo‘naltirish olimlarimiz va o ‘qituvchilarimizning eng 
muhim vazifalaridan biridir.
“Notiqlik san’ati”ning predmeti, maqsad va vazifalari
Notiqlik san’atining predmeti hali tuzilmagan, chiroyli sayqal 
bilan tuzilishi lozim boigan so‘z asaridir. Jozibali, teran so‘z va 
gaplarning jonli nutq orqali ifodalanishi notiqlik san’atining 
predmeti sanaladi. Har bir nutq egasining nutqini kuzatish va 
tekshirish, undagi yutuq va nuqsonlarni aniqlash, har bir ijodkor, 
shoir yoxud yozuvchining asarlaridagi badiiy notiqlik mahoratini 
kuzatish, shu yozuvchi yoki shoirning og‘zaki om m abop 
nutqidagi notiqqa xos yutuqlarni ko‘ra bilish mazkur fanning 
predm et obyekti sanaladi. Notiqlik san’atining turlari ko‘p. 
Jumladan, ij'timoiy-siyosiy notiqlik, bunda asosan davlat va 
jam iyat aham iyatiga ega b o ig a n yig‘inlarda so‘zlanadigan 
ma’ruza, akademik nutq, bunda ilmiy yo‘nalishdagi ma’ruzalar, 
auditoriya notiqligi, talaba va o ‘quvchilar uchun o ‘qiladigan 
m a’ruzalar, ijtimoiy-maishiy nutq, turli tadbirlarda so‘zlanadigan 
nutq kabilarning nutqiy kamchiliklarini va yutuqlarini (ham 
og‘zaki, ham yozma shaklini) tekshirish jarayoni ham notiqlik 
san’ati predmeti doirasiga kiradi.
Notiqlik san’atining tekshirish obyekti notiq nutqidagi gap 
qurilmalari, u nutqida ishlatgan so‘zning qudrati, jozibasi, go‘zal 
ifodasi va maftunkorlik xislatlarini aniqlashga qaratilgan bo'lishi 
lozim. Notiqlik san’ati amaliy jihatdan chiroyli nutq tuzishning 
qonuniyatlari, sirlari, til normalari, nutqning sifatlari, nutqiy 
uslubning nozik tomonlarini his etish va notiq nutqida uchrashi 
mumkin bo‘lgan nuqsonlar va talaffuzga doir muammolami hal 
etish yuzasidan baxs yuritadi. Eng m uhim i, o ‘z bilimi va 
dunyoqarashiga suyangan holda to ‘g‘ri va chiroyli so'zlash 
yo'llarini o‘rgatadi. Notiqlik san’atining og‘zaki yozma shakllari 
mavjud bo‘lib, har bir notiqning nutqi o‘ziga xosligi bilan ajralib 
turadi. Bu holat esa notiqning o‘ziga xos uslubi bilan o‘lchanadi.
Notiqlik san’atining asosiy vazifasi notiq bo‘lishga undovchi 
qonuniyatlarni o'rgatishdan iborat. Biroq hamma ham notiq 
bo'lavermaydi. Buning uchun bo‘lajak notiqda qobiliyat va iste’dod 
bo‘lishi kerak. Chunki u — san’at. Shuning uchun ham ba’zi 
notiqlar materialni chuqur bilgani holda o‘z fikrini erkin nutqi
9


bilan yetkazib berolmasligi, natijada tinglovchilar uni tushunmasligi 
mumkin. Mohir notiqlar nutqini esa tinglovchilar yaxshi tushunadi. 
U voqea-hodisa haqida aniq-ravshan va jonli ma’lumot berishi 
orqali tinglovchi ongiga ta’sir etishi, ulami kuldirishi, yig‘latishi 
va xayolot olamini zabt etishi mumkin. Notiqlik san’atining maqsad 
va vazifalaridan asosiylari ham ana shunday no‘noq notiqlar 
kamchiliklarini aniqlash va mohir notiqlar yutuqlarini kuzatish va 
yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishdan iborat. Shu m a’noda notiqlik san’ati notiq 
bo‘lishga undovchi qonuniyatlarni o‘rganadigan fandir.
Nutqimizda uchrab turadigan nuqson va kamchiliklami bartaraf 
etish, notiqlik san’ati zimmasidagi umumdavlat ahamiyatiga ega 
b o ‘lgan ijtimoiy-siyosiy vazifalardan sanaladi. Shu m a’noda, 
birinchidan, notiqlik san’atini yetarli darajada egallash har bir jamiyat 
a ’zosining madaniylik darajasini ham belgilaydi. Ikkinchidan, 
0 ‘zbekiston mustaqiligiga ko‘z olaytiruvchi yot unsurlarga qarshi 
mafkuraviy kurashda notiqlik san’ati asosiy qurol sifatida faoliyat 
ko‘rsatmog‘i lozim. Notiqlik san’atining har qachongidan ham o‘tkir 
va keskir bo‘lmog‘i bugungi kunning muhim talabi.
Yuqoridagi jiddiy sabablardan kelib chiqib notiqlik san’atini 
kamolot sari yuksaltirishga muntazam g‘amho‘rlik qilish lozim 
bo‘ladi.
Notiqlik haqidagi ta’limot uzoq o‘tmishiga ega. U awalo qadimgi 
Rim va Afinada shakllangan b o ‘lsa ham, ungacha Misrda, 
Assuriyada, Vavilon va Hindistonda paydo bo‘lganligi ma’lum. U 
zam onlarda davlat arboblarining o b ro ‘- e ’tibori va yuqori 
lavozimlarga ko‘tarilishi ularning notiqlik mahoratiga ham bog‘liq 
bo'lgan. Notiqlik san’ati sarkardalik san’ati bilan teng qo‘yilgan. 
Bunga Demosfen va Siseronlar hayoti yorqin misol.
Bizning ota-bobolarimiz yashagan hududlarda aw alo xalq 
og‘zaki ijodi, “Avesto”, “0 ‘rxun-Enasoy” yodgorliklari, Turon 
zaminning Alp Er To‘ng‘a (eramizdan oldingi VII asr) haqidagi 
dostoni va boshqa yozma yodgorliklari xalqimiz tarixi, ijtimoiy- 
iqtisodiy hayoti, madaniyati, tilini o ‘rganishda muhim manba 
bo‘lish bilan birga, notiqlikka undovchi materiallarga boyligi bilan 
qimmatga egadir.
Xullas, bu soha bugunning dolzarb muammosi ekanini anglash 
vaqti keldi. K o'pgina hollarda (telek o ‘rsatuvlarda, o'zaro 
suhbatlarda, o‘quvchi va talabalaming mavzu yuzasidan savollarga 
bergan javoblarida) yoshlarimizning chaynalib, o‘z fikrini ravon
10


aytolmasliklarining guvohi bo‘lamiz. Nega? Chunki nutqimizda 
nuqson ko‘p. Buni bartaraf etish uchun esa oiladan tortib, bog‘cha 
va maktablarda ham bolalarimiz nutqidagi kamchiliklarga e’tibor 
berish zarur. Birorta so‘zni noto‘g‘ri talaffuz qilsa yoki noo'rin 
ishlatsa, albatta, erinmasdan ulardagi shu kemtiklikni to ‘g‘rilash 
lozim. H ar qanday odam ni gapidan, m uom alasidan, k o ‘z 
qarashidan, o‘zini dadil tutib gapirishidan bilib olish mumkin. 
“ Ish bilguncha gap bil” degan ibora bekorga aytilmagan. Albatta, 
gap bilgan odam ishni ham biladi. Ishni bilmasa, u o‘sha ish 
haqida fikr bildirolmaydi. Bizning ota-bobolarim iz azaldan 
odamiylikni, qadr-qimmat va mehr-oqibatni har qanday zaru 
oltinlardan, ma’danu boyliklardan afzal bilgan. Odamiylik, mehr- 
oqibat birinchi galda so‘zlarimiz orqali amalga oshiriladi. Insonga 
berilgan ulug‘ ne’m atlardan biri ham shu so‘z va so‘zlash 
ne’matidir. Buning qadriga yetish muhim fazilat.
“Notiqlik san’ati”ning boshqa fanlar bilan aloqasi 
va “Nutq madaniyati”dan farqi
“Notiqlik san’ati” azaldan mavjud ekan, u albatta boshqa fanlar 
bilan munosabatda bo‘lib kelmoqda. Notiqlikning asosiy quroli 
yozma nutqda ifodalanadigan so‘z san’ati — badiiy adabiyot bo‘lib, 
u hozirgi o ‘zbek adabiy tili va o ‘zbek shevalariga asoslanib ish 
ko‘radi. Chunki nutqning va tallaffuzning hamda ohangning 
to ‘g‘riligi uning asosiy fazilatidir va u grammatika qonuniyatlariga 
asoslanadi.
N otiqlik san’ati ham m a vaqt m antiq va ruhshunoslikka 
suyanadi. M antiqqa m urojaat qilm asdan turib, aniqlik va 
mantiqiylikni ta ’minlash ham, baholash ham mumkin emas. 
M antiq so‘zlar butun bir gapdan kelib chiqadigan hukm va 
tu sh u n c h a la rn i belgilaydi. Y a’ni u m antiqiy h ukm lar va 
tushunchalar bilan ish ko'radi. Agar so‘zda tushuncha ifodalansa, 
gapda hukm va fikrlar o‘z mavqeiga ega. Mazkur so‘z va gaplar 
bir-biriga qarama-qarshi b o ‘lmasligi zarur. So‘zlardagi ko‘p 
ma’nolilik ham turlicha tushunchalarga sabab bo'ladi. Ba’zan hukm 
bilan gapda, bir-biriga moslasholmaslik holati ham kuzatiladi. 
Masalan, “Notiq bo‘lishni kim xohlamaydi, deysiz?” gapi so‘roq 
gap, inkor shaklida, biroq unda tasdiq hukmi bor.
11


Talafifuz va ohang orqali ham bunday holatni kuzatish mumkin: 
0 ‘qishga kirdi. — darak gap; 0 ‘qishga kirdi? — so‘roq gap; 0 ‘qishga 
kirdi!— undov gap. Sinonim so‘zlarni ishlatishda ham tushuncha 
o ‘zgaradi. M asalan, visol, jam ol, araz, chehra kabi so‘zlar 
tushunchasida ijobiy holat, bashara, turq, aft kabi so‘zlar 
tushunchasida salbiy holat kuzatiladi.
So'zlarning ma’nosi va ifodalanayotgan tushuncha o ‘rtasidagi 
m unosabatni m antiq tekshiradi. M antiq — so‘zlar, gaplar, 
birikmalar orasidagi ma’no aloqalarini ta’minlaydi.
Nutq qurilishi o‘rinli yoki o'rinsiz boiib ko'rinadigan holatlarda 
ruhshunoslikka murojaat qilishga to ‘g‘ri keladi. Notiqlik bilan 
ruhshunoslik aloqasida notiq o ‘z fikrlarini bayon qilishda 
auditoriyani kuzatishi, har bir tinglovchining kayfiyatini hisobga 
olib nutq so‘zlashi lozim. Notiq va tinglovchi o‘rtasida samimiy 
muomala asosiy vazifa bo‘lishi kerak. Notiq zarur va muhim 
gaplarni aytishdan oldin butun tinglovchilarning diqqatini o‘ziga 
qarata olsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tinglovchilar hamma gapni 
ham qabul qilavermaydi. Ba’zan noo‘rin gaplardan ehtiyot bo‘lish, 
auditoriyani qiziqtiradigan gapni topib gapirish notiqning 
mahoratiga bog‘liq. Ayniqsa, boshqa mavzu va voqea-hodisalarga 
o‘tib ketmasligi kerak. Tilning o‘rinsiz qo‘llanadigan u yoki bu 
vositasi tinglovchilar ruhiy holatini qay darajada vayron etishini 
ruhshunoslik aytib bera oladi.
Shu ma’noda ruhshunoslik notiqning o‘z malaka va mahoratini 
kengaytirishi va mukammallashuvini o‘rganishi orqali “Notiqlik 
san’ati”ga yordam berishi mumkin.
Bulardan tashqari, “Notiqlik san’ati” nafosat haqidagi fan 
b o ‘lib, estetika bilan, badiiy adabiyot, adabiyotshunoslik, 
tilshunoslik, adabiyot nazariyasi va adabiy tanqid bilan ham 
aloqadordir.
Oliy va o ‘rta maxsus t a ’lim o ‘quv dargohlarida “N utq 
madaniyati” fanini o'rgatish ko‘zda tutib kelinmoqda. Bunday 
o ‘quv reja asosida notiqlik san’ati va nutq madaniyati aralash 
o ‘rgatilmoqda. Biroq bu ikkala fan bir-biriga yaqinday tuyulgani 
bilan aslida o'zaro farqlanadi. Bu holatni ularning fan sifatida 
shaklanishi jarayonini kuzatish orqali ham, o‘z oldilariga qo‘ygan 
vazifalari, maqsadi, predmeti, tasvirlash obyektlariga xos bo‘lgan 
xususiyatlarida ham kuzatish mumkin.
12


Notiqlik qadimiy davrdan beri alohida mahorat, san’at sifatida 
muayyan aniq shaxsdagi noyob qobiliyat. Shu ma’noda notiqlik 
va nutq madaniyati orasida bogiiqlik bo‘lsada, har qaysisi o ‘ziga 
xosligi bilan farqlanadi. Bu haqda professor E.Begmatovning 
(Qung‘urov R., Begmatov E., Tojiev Yo., “Nutq madaniyati va 
uslubiyat asoslari”(T., “0 ‘qituvchi” 1992-y.) fikrlarini keltirib 
o‘tish o‘rinlidir:
1. Nutq madaniyati, chinakam ma’noda adabiy til bilan bog‘liq 
hodisadir. Uning paydo boiishi, lisoniy asosi, talab va mezonlari 
adabiy til va uning mezonlari bilan bog‘liqdir. Notiqlik san’ati 
uchun bular asosiy belgilar emas. Notiqlar orasida adabiy til 
talablariga to ‘la amal qilmaydiganlar, ma’lum lahja yoki shevada 
ham chinakam notiqlik san’atini namoyish qiluvchilar uchraydi. 
So‘zga chechanlik, notiqlik til materialining xarakteriga qarab emas, 
nutqning ta ’sirchanligiga, nutqiy san’atga qarab belgilanadi.
2. Notiqlik — og‘zaki nutq bilan bog'liq hodisa, demak u 
nutqning og‘zaki shaklidir. Notiqlik san’ati — og'zaki nutq 
san’atidir. Nutq madaniyati esa nutqning ham og‘zaki, ham yozma 
shakli uchun taalluqli tushunchadir.
3. Nutq madaniyati jam iyat a ’zolarining umumiy nutqiy 
faoliyatini ko‘zda tutadi. Nutq madaniyati sohasining maqsad va 
p iro v a rd o rzusi b a rc h a n in g , b u tu n x alq n in g n u tq in i 
madaniylashtirishni mo'ljallaydi. M
umtoz
m a’nodagi notiqlik esa, 
alohida shaxslarning nutqiy mahoratini, san’atini ifodalaydi. 
Notiqlik, asosan, nutq vositasida kishilarga muayyan g‘oya va 
maqsadlami yetkazishni, ulami ma’lum maqsadga safarbar qilishni 
ko‘zda tutadi. Ya’ni notiqlik san’atida tinglovchilarni m a’lum 
maqsadga jalb qilish asosiy o‘rin tutadi. Shu sababli ham professor 
V.D.Kudryavsev notiqlik .nutqiga shunday izoh beradi: “ Har 
qanday og‘zaki nutq notiqlik nutqi bo'lib, u nimanidir tushuntirish 
va isbotlashnigina emas, balki tinglovchilar tushunchasiga ta’sir 
etishini ham maqsad qilib oladi” (Кудряцев В.Д. “Основа 
орторского исскуства”. — Иркутск. 1966, 3-bet.)
4. San’atkor notiq nutqi asosan ko‘pchilik tinglovchiga, keng 
auditoriyaga moljallangan bo'ladi. Notiqni birdan ortiq shaxslar 
tinglaydi. Nutq madaniyati mana shunday tinglovchilardan tashqari 
kishilar orasida odatiy suhbatlarni, yakka kishiga qaratilgan 
nutqlarni ham o‘z ichiga qamraydi.
13


5. Har bir kishi ona tilining imkoniyat va boyliklarini yaxshi 
cgallagan, nutq madaniyati talablariga javob beradigan so‘zamol 
shaxs bo‘lishi mumkin. Ammo har bir shaxs ham san’atkor 
ma’nosidagi notiq bo‘lmasligi, bo‘Ia olmasligi mumkin. Lekin 
adabiy tildan foydalanuvchi har bir notiq nutq madaniyatidan 
xabardor bo'lishi shart. Bu o‘rinda T.A.Degterevaning ushbu 
fikrlarini keltirib o‘tish o‘rinlidir: “U (maktab — E.B.) kelajak 
so‘z san’atkorlarida nutq madaniyati asoslarini shakllantiradi. 
Birorta yozuvchi ham, birorta siyosiy va ilmiy asarlar muallifi 
ham, notiqlik san’atining birorta dahosi ham yo‘qki, nutq 
madaniyatining maktab beruvchi tayyorgarligidan o ‘tmagan 
bo‘lsin” (Дегтерева T.A. “Становление норм литературного 
языка”. - М ; 1963, 170-bet.).
6. Nutq madaniyati ko‘pchilikni, keng xalq ommasini ko'zda 
tutib ish ko‘ruvchi sohadir. Bu ma’noda nutq madaniyati keng 
omma uchun mo‘ljallangan talabdir, ammo “notiqlik — bu awalo 
qobiliyat, shaxsiy qobiliyatdir” (Jalolov H.S. “M. Kirovning notiqlik 
mahorati” — Toshkent, “O‘zbekiston” , 1981). Alohida san’atkorlik 
ma’nosidagi notiqlik (mumtoz ma’noda) nutqiy san’atni, nutqiy 
go‘zallikni hisobga oladi. N utq madaniyati esa kishilarning 
barchasini san’atkor notiq qilishni ko‘zda tutmaydi. U, asosan, 
ona tilida yoki o‘zga bir tilda to ‘g‘ri, madaniy gapira olish va yoza 
olish faoliyatini tarbiyalashni maqsad qilib oladi. Shu sababli to‘g‘ri 
va mazmunli so‘zlovchi barcha kishi ham hali san’atkor notiqlikni 
da’vo qila olmaydi. Fikrimizning dalili uchun A.N. Kunitsinning 
“ Lektorning notiqlik san ’ati haqida” nom li asaridan A.V. 
Lunacharskiyning notiqlik qobiliyati haqida hikoya qilingan ushbu 
o‘rinlarni keltiraylik: “ 1925-yili Rossiya fanlar akademiyasi yubiley 
sessiyasiga butun ilm olamidan vakillar keladi. U (Lunacharskiy
— E.B.) bular oldida rus fanining shuhratini ko‘z-ko‘z qildi. Maorif 
xalq komissari Lunacharskiy 1917-yildan keyingi yetti yarim yil 
davrida Rossiyada erishilgan fan yutuqlari haqida ma’ruza qildi. 
U bilardiki, m a’ruzani turli millat vakillari eshitishadi. U o‘z 
ma’ruzasini rus tilida boshlaydi, nemis, ingliz, fransuz, italyan 
tillarida davom ettiradi va sof klassik lotin tilida tugallaydi. Hamma 
hayratda qolgan edi. Tinglovchilarning hech biri buning uddasidan 
chiqa olmasdi. Parij gazetalaridan biri keyinchalik bu haqda 
shunday yozdi: ’’D unyoda eng m a ’rifatli m ao rif m inistri
14


Rossiyadadir” (Кунисын A.H. “Об ораторском исскустве 
лектора”. — Ленинград, 1969, 11-bet.).
7. Nutq madaniyati — bu faqat nutq haqidagi nutqiy faoliyatga 
tegishli tushuncha va soha emas, u til madaniyati bilan ham, 
ya’ni adabiy tilni va uning normalarini o‘rganish va bu normalarni 
qayta ishlash bilan ham shug‘ullanadi. Notiqlik san’ati esa bunday 
ilmiy-normativ faoliyatni ko‘zda tutmaydi.
8. Notiqlik, ko‘proq nutqning mazmuniga, mantiqiy asoslariga, 
mundarijaviy tuzilishiga e’tibor qiladi, nutq madaniyati sohasi esa 
ko‘proq nutqning til qurilishi — lisoniy tuzilishiga e’tibor qiladi.
9. Notiqlik, asosan, aniq bir shaxs — notiq yoki guruhlar — 
n o tiq la r n u tq i h a q id a q a y g ‘u ra d i. B unda u n o tiq n i 
tinglayotganlar, ya’ni keng ma’noda tinglovchilar ommasi nutqini 
ham ko‘zda tutmaydi. Nutq madaniyati esa bundan farqli ravishda 
umuman kishilarning nutqiy faoliyatini, nutq madaniyatini ko‘zda 
tutadi. Shu sababli nutq madaniyati maqsadiga ko‘ra va nutqiy 
faoliyati nuqtai nazaridan keng maqsadli soha, notiqlik esa tor 
sohadir.
10. Notiqlik san’ati notiq uchun oldindan qanday so‘zlash 
sxemasi va rejasini bermaydi va bu tip nutq doimo ham oldindan 
tayyorlangan, tayyorgarlik ko‘rgan nutq emas, nutq madaniyati 
sohasi esa jamiyat a ’zolarini ona tili, ya’ni adabiy til boyliklari va 
vositalaridan maqsadga muvofiq, sharoit va uslub taqozasi talabiga 
k o ‘ra o ‘rinli foydalana olish k o ‘nikm asini beradi. Bunday 
ko‘nikma, aslida, har qanday san’atkor notiq uchun ham zarur.
11^ Notiqlik va notiqlik san’ati haqidagi fan ancha qadimiy 
tarixga ega,1 nutq madaniyati ilmiy muammo va ilmiy soha sifatida 
hali yangi va yoshdir. Professor E.Begmatovning yuqoridagi 
fikrlariga xayrihoh bo‘lganimiz holda har ikkala fanning bir-biriga 
yaqinligidan tashqari, alohida xususiyatlarga ham ega ekanligi, 
ularning alohida-alohida fanlar sifatida faoliyat ko‘rsatishiga 
imkoniyat beradi. Notiqlik san’ati va nutq madaniyatidagi yaqinlik 
va farqlarni etika va estetika fanlariga qiyoslash mumkin.

Yüklə 5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə