N. Bekmirzayev \'jj& notiqlik san’ati asoslari


(eramizdan awalgi 384—323-yillar)



Yüklə 5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/105
tarix28.11.2023
ölçüsü5 Mb.
#135210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   105
Notiqlik san\'ati asoslari. Bekmirzayev N

(eramizdan awalgi 384—323-yillar)
Umrini ona-Vatanining gullab-yashnashiga bag'ishlagan davlat 
arbobi, mashhur notiq Demosfen eramizdan oldingi 384-yili 
Afinada o ‘ziga to ‘q oilada dunyoga keldi. Otasining ismi ham 
Demosfen bo‘lib, qurol-yaroq ustaxonasining egasi edi.
Bo'lajak notiq 5 yoshga to'lganida otasidan ajraladi. Demosfen 
bilan singlisiga otadan katta meros qoladi. Bolalaming tarbiyasi va 
merosi vaqtincha tog'asiga topshiriladi. Tog'a esa barcha boyliklarni 
qo‘lga kiritib olgach, bolalaming tarbiyasi bilan qiziqmaydi. Natijada 
Demosfen juda nimjon va kasalmand bo£lib o‘sadi.
Demosfen voyaga yetgach, tog'asi unga faqat qullari, uyi va 
uy jihozlarini hamda pulning ma’lum bir qisminigina berib aldaydi. 
Demosfen tog‘asidan mol-mulkning qolganini yaxshilik bilan 
qaytarib berishini so‘raydi. Biroq tog‘a bundan bosh tortganidan 
keyin u qolgan merosini sud orqali undirib olishga qaror qiladi. 
Sudda muvaffaqiyat qozonish uchun Afinaning davlat qonunlarini 
yaxshi bilish, shu bilan birga, ravon so ‘zlash, d a ’vosining 
to £g£riligiga kishilarni ishontirish kerak edi. Shu sababli Demosfen 
notiqlik san’atini o'rganish uchun o ‘z davrining meros ishlari 
bo‘yicha mashhur advokati Isey maktabida ta’lim olishga majbur 
bo‘ladi. U to 'rt yil davomida qunt bilan o‘qiydi va bu davrda 
ko‘pgina yozuvchilaming asarlari bilan tanishib chiqadi. Ayniqsa, 
mashhur tarixchi Fukidid (eramizdan oldingi V asrda yashagan 
Afina tarixchisi va davlat arbobi. U Pelopan urushida ishtirok 
etgan va uning tarixini yozgan) va' faylasuf Platonning tanlangan 
asarlarini puxta o‘rganadi. Bo'lajak notiq Fukidid asarlarini sakkiz 
marotaba qayta ko‘chirib yozib, uni deyarli yoddan o‘zlashtiradi.
Demosfen o£qishni tugatgach, vasiylari bilan sudlashadi va sud 
besh yil davom etadi. Bir necha yil surunkasiga bo'lgan kurash 
bo£lajak notiq xarakterining toblanishida, bir so£zli va matonatli 
bo‘lishida katta rol o‘ynaydi.
Yoshlik chog'laridayoq ko‘pchilik oldida so'zga chiqishni orzu 
qilib yurgan Demosfen o£qish yillarida o £qituvchisi bilan sud 
majlislariga qatnashadi.
Demosfen notiqlik bilan shug‘ullanishdan aw al o £z ustozi 
yo'lidan borib, boshqalarga sudda so£zlanadigan nutqning matnini
24


yozib berar va bu ishlari uchun yaxshigina haq olar edi. Bora- 
bora nutqiy matnlar yozish Demosfenni qoniqtirmaydi. U otashin 
vatanparvar sifatida o ‘z ijtimoiy faoliyatini Vatan ravnaqi uchun 
sarflashni orzu qiladi.
Yosh notiqning xalq oldidagi birinchi nutqi ayanchli holda: 
to cpolon, kulgi, qiyqiriq, hushtak chalib masxaralash bilan qarshi 
olinadi. U o‘z nutqini tugatolmay minbardan tushishga majbur 
bo'ladi.
Demosfen nutqining bunday ayanchli tugashi tabiiy edi, chunki 
uning tovushi juda past bo‘lib, bir oz duduqlanar, “R ” harfini 
talaffuz etolmas, g‘o‘ldirab, mujmal gapirar edi. Bulardan tashqari, 
uning elkasini qimirlatib turadigan odati ham bo‘lib, ko‘pchilik 
orasida o'zini to ‘gri tuta bilmas edi.
Xalq majlislaridan birida Demosfen o ‘zini ikkinchi bor sinab 
ko‘rdi. Lekin bu safar ham muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Shundan 
so‘ng Demosfen o‘z nutqidagi kamchiliklami boshqa takrorlamaslik 
uchun astoydil bosh qotiradi. Har kuni bir necha soatlab noto'gri 
talaffuz etayotgan so‘zlari ustida qayta-qayta mashq qiladi. Hatto 
og'ziga tosh solib olib, qattiq va ravon gapirishga harakat qiladi. 
«R» tovushini to ‘g‘ri talaffuz etish maqsadida kuchuk bolasining 
irillashini kuzatadi va o ‘zi ham xuddi shu tovushni qaytaradi. 
Nihoyat, uzoq muddatli tinimsiz mashqlardan so‘ng Demosfen 
o‘z maqsadiga erishadi. Mashhur notiq bo‘lib yetishadi. Ammo, 
shunga qaramay, u hech qachon tayyorgarliksiz nutq so‘zlamas, 
oldindan yozib qo‘yilgan matnni yodlab olar, har bir so‘z ustida 
puxta o ‘ylar, jumlalami aniq va chiroyli tuzishga harakat qilar 
edi. Ulug‘ notiqning nutqi shu qadar sodda, ravon, mantiqan puxta 
va jozibali bo‘lardiki, bu faqat mashaqqatli mehnat samarasi edi.
D em osfen hech vaqt b o ‘lm ag‘ur safsatalarni yoqtirmas, 
xotiqamlik bilan tinglovchilarning fikrini o‘ziga tortar, ularni o ‘zi 
himoya qilayotgan ishning haqligiga ishontirish uchun butun 
kuch-quwatini sarflar edi.
Demosfen 30 yoshga to'lganda davlat ishlarida ham ishtirok 
eta boshlaydi. U o‘zining butun mahorat va bilimini Vatanning 
dushmani—makedoniyalik podsho Filippga qaratadi. Afina davlati 
Makedoniya rahbarligiga o‘tgach, Demosfen dushmanlari qaytadan 
bosh ko‘taradilar. Aslida bu voqeadan bir necha yil ilgari Xalq 
Yüklə 5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə