N. Bekmirzayev \'jj& notiqlik san’ati asoslari


(eramizdan awalgi 103—43-yillar)



Yüklə 5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/105
tarix28.11.2023
ölçüsü5 Mb.
#135210
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   105
Notiqlik san\'ati asoslari. Bekmirzayev N

(eramizdan awalgi 103—43-yillar)
Mark Tulliy Sitseron eramizdan oldingi 103-yilda Rimdan 
uzoq bo‘lmagan Arpina shahrida badavlat oilada dunyoga keldi. 
Uning bolalik yillari Arpina shahridagi otasiga qarashli yerlarda 
o ‘tadi. Otasi o ‘z farzandiga yaxshi ta’lim-tarbiya berish maqsadida 
Rimga ko‘chib o‘tadi. Sitseron u yerda Yunon murabbiylari qoiida 
tahsil ko‘radi. Yunon tili va adabiyotini mukammal egallagach, 
Yunonistonning mashhur so‘z ustalari Lisiniy, Kross va Mark 
Antoniy kabi notiqlardan so‘z san’atining nozik sir-asrorlarini 
o ‘rganadi, ularning ajoyib nutqlarini tinglaydi.
Bo'lajak notiq ayni vaqtda falsafa bilan shug‘ullanadi. Lekin 
uni ko'proq notiqlik san’ati qiziqtiradi. Sitseron notiqlaming turli 
mimika va harakatlar bilan so‘zlayotganini ко‘rib, notiq bo'lish 
uchun aktyorlikdan ham xabardor bo'lish kerak ekan, degan 
xulosaga keladi. Shuning uchun Ezop va Rossiy kabi o‘z davrining 
mashhur aktyorlaridan saboq oladi.
Sitseron uzoq tayyorgarlikdan so‘ng, 25 yoshida birinchi 
marotaba xalq oldida nutq so‘zlashga jur’at etadi. U awal fuqarolik, 
so'ngra jinoiy ish jarayoni bo‘yicha gapiradi. Biroq uning bu nutqiga 
davlat boshliqlaridan Sull hamda Kott ismli mashhur notiqlar qarshi 
chiqadi. S h u n d an s o ‘ng u rito rik a va falsafa fan larid an
mukammalroq nazariy bilim olish maqsadida zamonasining buyuk 
notiqlaridan hisoblangan Antio Askalonskiydan ta ’lim oladi, 
mashhur so‘z ustalaridan o'rganish niyatida Kichik Osiyoning bir 
qancha shaharlarini kezib chiqadi.
U ancha vaqtgacha nutq so‘zlashda yangi usullar qidiradi. 
Nihoyat, Osiyo hamda Attika ( 0 ‘rta Gretsiyaning (Yunoniston) 
janubi-sharqidagi dengiz ichkarisiga ancha yorib kirgan yarim orol 
Attika deb ataladi) usullari omuxtasidan iborat bo‘lgan yangi bir 
uslub kashf etadi.
Sitseron o‘z zamonasining ko‘pchilik so‘z ustalari singari o‘z 
faoliyatining ilk davrlaridayoq nutqida uslubning chiroyliligi, 
iboralarining jonliligi, jumlalaming nafis bo‘lishiga katta e’tibor 
beradi.
27


Sitseron Osiyoga sayohat qilib, notiqlik san’atining sirlarini 
o'rganib yurgan vaqtida Rim hukmdori Sull vafot etadi. Shundan 
so‘ng yosh notiq Rimga qaytib keladi va 31 yoshidan boshlab 
davlat ishlarida ishtirok etadi.
Sitseron konsullik lavozimiga saylangach, butun notiqlik 
mahoratini siyosiy nutqlarga bag‘ishladi. U suddagi nutqlarida 
o ‘zi yaratgan uslubdan foydalanib, raqiblarini «qo‘l-oyog‘i 
bog'langan quyonday taslim qildi». Hukmdor Rull tomonidan qabul 
qilgan senat qonunlarini qattiq qoralab, Rull tarafdorlariga zarba 
beradi. Kelgusi yili (59-yil) Sitseron o ‘rniga Sezar konsul bo‘lib 
saylangach, senatning Rull proektiga juda yaqin bo‘lgan yangi 
qonunlari qabul etiladi. Gabini va Pizonlar o‘zlari konsul bo‘lib 
ish boshlagan 58-yilning dastlabki davrida Sitseronni Rimdan 
badarg'a etish haqida hukm chiqarishga harakat qiladilar. 
Dushm anlari tom onidan qasos olinishi m uqarrar ekanligiga 
ishongan notiq Yunonistonga jo ‘nab ketadi.
Vatandan haydalishi Sitseron uchun nihoyat darajada og'ir 
bo‘ladi. U bir yarim yildan so‘nggina do‘stlarining yordami tufayli 
Italiyaga qaytib kelish uchun ruxsat oladi. Ona-Vatanga bo'lgan 
cheksiz muhabbat buyuk notiqning ilhomini tag‘in ham jo ‘sh 
urdiradi. U nutq nazariyasi ustida tinimsiz ijod qila boshlaydi. 
Oradan ko‘p o‘tmay, mashaqqatli mehnat samarasi sifatida,' uning 
uch kitobdan iborat «Notiqlar haqida» nomli asari dunyoga keladi. 
Mazkur asar dialog shaklida yozilgan bo‘lib, Litsiniy, Kross, Mark 
Antoniy, Yuliy Sezar, Strabon, Katull, huquqshunos Ssevola va 
uning shogirdlari Katt, Sulnitsiy, Ryflarning ijtimoiy va siyosiy 
nutqlari, ularning notiqlik san’ati hamda bu san’atining eng mayda- 
chuyda masalalaridan tortib siyosiy muammolargacha bo’lgan fikr- 
mulohazalarini o‘z ichiga oladi.
Sitseronning fikricha, notiq shunchaki sud ishlarining barcha 
qonun-qoidalarini yaxshi biladigan qonunparast emas, balki davlat 
ishlarini chuqur tushunadigan, 
xalq qayg'usiga hamdardlik 
qila oladigan davlat arbobi bo‘lmog‘i kerak. Shuning uchun 
notiqlik san’atiga qiziqqan har bir kishi faqat Ritorika ilmiga oid 
ibtidoiy bilimlar bilan cheklanmasdan va o‘zining tabiiy iste’dodiga 
ishonib qolmasdan, doimo turli fanlami o‘qib-o‘rganmog‘i, ilm 
va madaniyatning yuqori cho‘qqilariga intilmog‘i darkor. Bundan 
tashqari, «Notiqlar haqida» asarining muallifi notiqlarning odamlar
28


diliga qo'rquv, g‘azab va qaygu sola bilishi va aksincha, bu xildagi 
hayajonli holatlardan kishilarni xalos qilib, ularning ruhida 
xotirjamlik, m ehr-shafqat hislarini uyg'ota olishi kerakligini 
ta’kidlaydi. Uning fikricha, agar notiq odamlarning turli-tuman 
xarakterlarini sezmasa, inson tabiatidagi umumiy xususiyatlarni 
b ilm asa va h ar b ir k ish in i goh b ezo v ta q ilad ig an , goh 
tinchlantiradigan sabablarni tushunmasa hech-qachon o‘zining 
maqsadaga erisha olmaydi.
Sitseron «Brut», «Notiq» nomli boshqa asarlarida Rim notiqlik 
sa n ’ati tarixi haqida batafsil fikr yuritib, attikachilarning 
nazariyalariga tamomila qarshi mulohazalar bilan maydonga chiqadi. 
Uning ta’kidlashicha, har qanday notiqning ko‘zda tutgan asosiy 
maqsadi tinglovchining zavqini uyg‘otib, ularni o ‘ziga moyil 
qilishdan iboratdir. Notiq sharoitga qarab mavjud uslublarning 
hammasidan baravar foydalanishi zarur.
Sitseron bu fikmi davom ettirib, «kimki jo ‘n narsalar haqida 
oddiygina, kundalik voqealar haqida o'rta darajada, ulug‘ hodisalar 
haqida esa zavq-shavq bilan gapirsa, shu odam so‘z san’atining 
chinakam ustasi bo‘ladi» deydi.
Poeziya tilining vazni va ohangdorligi, uzun va qisqa hijolaming, 
unli va undosh tovushlarning almashinuvi, bir so‘zning oxiri va 
ikkinchi so‘zning boshida ikki unlining qator kelishiga yo‘l 
qo‘ymaslik, so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etish, grammatik qoidalarga 
katta e’tibor berish kabi notiqlik san’atining muhim masalalari 
ham Sitseron asarlarida o'zining to ‘la ifodasini topgan.
Tinglovchini toliqtirib qo‘ymaslik uchun nutq davomida 
ko'tarinki usulni bir parda pasaytirib, nutq mavzuiga aloqador 
shaxslar bo‘lsa, ularning goh salbiy, goh ijobiy xarakteristikasini 
berish, ilgari o'tgan mashhur zotlar haqidagi biron latifani eslatib 
ketish, lozim bo‘lganda, ba’zi bir hayotiy manzaralami, dramatik 
voqealami eslash, o ‘miga qarab biroz hikmatli so‘z, maqol va 
qochiriq gapni qistirib o ‘tish — Sitseronning eng sevgan usullaridan 
edi.
Sezar vafotidan so‘ng davlatni uning nabirasi Oktavian 
b o sh q ara d i. U o ‘z d av latin i m u stah k am lash m aqsadida 
Sitseronning Senat oldidagi mavqei va obro'sidan foydalanmoqchi 
bo'ladi. Biroq Sitseron Oktavianga ishonmaydi. Sitseronning 
dushmanlari yangi hukumdomi o ‘zlari tomonga og‘dirib olgach,
29


undan buyuk notiqni qatl etishni talab qiladilar. Shunday qilib, 
so‘z san’atining mohir ustasi shafqatsiz jazoga hukm etiladi. Oldin 
uning o‘ng qo‘Ii qirqib tashlanadi, so‘ngra boshi tanasidan judo 
qilinadi.
Sitseronni butun insoniyat oldida ulug‘lab, obro'sini oshirgan 
narsa uning ajoyib, takrorlanmas nutqlari bo‘ladi. Uyg'onish 
davrida Italiya, Fransiya va Olmoniyaning insonparvar olimlari 
Sitseronning ilhombahsh nutqlarini sevib o'rgandilar. 0 ‘sha davrda 
chiroyli so‘zlagan kishilar «siseronchilar» deb atalar eda
Rimda bir qancha vaqtgacha notiqlik san’ati rivojlanishdan 
to ‘xtab qoldi. 0 ‘rta asrlarga kelib esa notiqlikning diniy va sxolastik 
tomonlari avj olib ketdi. Din homiylari notiqlik san’atini o‘z 
qo‘llariga olganlaridan so‘ng uni o‘zlarining maqsadlarini amalga 
oshirish uchun xizmat ettira boshladilar. Din ahllarining o‘rtasida 
ham iste’dodli notiqlar bor edi. Ulardan ayniqsa Vasiliy Velikiy, 
Grigoriy Bogoslov, Ioann Zlatoust va Avreliy Avgustinlar katta 
shuhrat qozondi.
0 ‘rta asrlarning ikkinchi yarmidan boshlab, ya’ni X I—XII 
asrlardan «universitet notiqligi» deb nomlangan notiqlik san’ati 
rivojlandi. Dorilfununning tarix o ‘qituvchisi Yan Gus ilg'or 
(progressiv) fikrlari uch u n gulxanda yondirilgan. Oksford 
dorilfununining magistri Duns Skott, sxolastik falsafa o‘qituvchisi 
parijlik Per Abelyarlar ham san’atning atoqli vakillari edi.
0 ‘rta asrning so‘nggi davrlarida ko‘zga ko‘ringan yetuk 
notiqlardan biri florensiyalik monax Savonarola edi. U ilk bor 
cherkovni xristianlikning prinsiplariga' qaytishga chorladi. To‘g‘ri, 
Savonarola cherkovdan voz kechishni targ'ib qilmadi. Shunday 
boMishiga qaramasdan, uning maftunkor nutqlari o ‘z-o ‘zidan 
katalitsizm ga ketm a-ket zarba b o ‘lib tushaveradi. N atijada 
notiqning cherkovdagi xizmati kun sayin og'irlasha boshladi. 
Ashaddiy dindorlar Savonarolani xuddi Yan Gus kabi ta ’qib ostiga 
olib, turli ig'volar tarqatdilar, so‘ngra tiriklayin gulxanda 
kuydirdilar.
XVI asrda burjuaziyaning tug‘ilishi bilan yangi — insonparvarlik 
dunyoqarashi shakllana boshladi. Uning xarakterli xususiyatlaridan 
biri insonning kuch-quwatiga, aql-zakovatiga ishonch hamda antik 
dunyo madaniyatiga katta qiziqish uyg‘otish edi. Insonparvarlar 
xalq yaratgan madaniy boyliklami ko‘z qorachig'idek saqlashni
30


targ‘ib qildilar. Shuning uchun ham ko‘p vaqtlargacha «uygotish» 
termini «gumanizm» termini bilan yonma-yon turib keldi.
Shu davrning ko‘zga ко‘ring an yetuk notiqlari sifatida Erazm 
Retterdamskiy, Ulrix fon Gutten hamda katolik cherkovining turli 
xil namoyishlariga o ‘zlarining ajoyib nutqlari bilan zarba bergan 
Martin Lyuter va Kalvinlami sanab o‘tish mumkin.
Bu davrda O lm oniyada n o tiq lik sa n ’atin i m ukam m al 
egallaganlardan biri Tomas Myunser edi. Myunser dehqonlar 
o ‘rtasida shunday ajoyib nutqlar so‘zlar ediki, uni tinglagan 
har bir dehqon yuragida yangi hayotga nisbatan katta umid 
uyg‘onar edi. Hatto shuning natijasida dehqonlar pomeshchik 
va feodallarga qarshi kurashga o tlan ib , q o ‘z g ‘olon ham
ko‘tardilar.
2-bob. Sharq va M arkaziy Osiyoda notiqlik tarixi
Notiqlik san’ati (Ritorika) tarixi haqida gap ketganda jahon 
fanida notiqlik san’atining taraqqiyoti eramizdan oldingi V asrning 
o'rtalarida Afinada deb tan olingan. Qadimgilarning fikricha, 
notiqlik san’atining asi vatani Sitsiliya orali bo‘lgan. Notiqlik 
san’atining asoschilari deb sitsiliyalik Korak hamda Tisiyni tan 
olganlar. Biroq ulardan bizgacha deyarli hech narsa qolmagan. 
Ular hayoti va ijodi to ‘g‘risida fan olamida birozgina iz qolgani 
aytiladi. Keyinchalik ularga vatandosh bo‘lgan sofist Gorgiy (483— 
376) ham da Lisiy (459—380)larni notiqlik san’atining ulug‘ 
namoyandalari sifatida ulug‘laganlar. So‘ngra bu fan taraqqiyotida 
Aristotel, Demosfen, Sitseronlarning ijodi yanada yorqin o ‘rin 
egallagan.
U m um an, n o tiq lik san ’atin in g fan sifatida tu g ‘ilishi, 
shakllanishi va taraqqiyoti zaminida Gretsiya va Rim notiqlik 
maktablari muhim o‘rin tutadi. Biroq Markaziy Osiyo va Sharqda, 
aniqrog‘i, Turon zaminda joylashgan xalqlarning, jumladan, 
o'zbeklarning ham notiqlik san’ati tarixi manbalari eramizdan 
oldingi VII asrlarga borib taqalishi adabiy va tarixiy manbalardan 
ma’lum bo‘lmoqda. Yodingizda bo'lsa, qadimgi notiqlik san’atining 
taraqqiyoti zaminida badiiy adabiyot janrlarining paydo bo‘lganligi 
antik adabiyot tarixidan m a’lum. Ya’ni awal nutqning paydo
31


bo'lishi, nutq matnlarining yozilishi (logograflar tomonidan), 
ularning to ‘planishi, tantanali nutqlarda badiiy tasvirlarning 
yoritilishi natijasida badiiy adabiyotning doston, roman, drama 
kabi janrlari shakllanib, taraqqiyot yo‘lini tutganligi xususida gap 
bormoqda.
Madomiki, shunday ekan, eramizdan oldingi VII asrlarda 
yaratilgan xalqimizning qadimiy adabiy va m adaniy merosi 
sanalmish sof turkiy tilda bitilgan Alp Er To‘ng‘a dostoni ham 
xuddi Yunon va Rim notiqlari nutqlari matnlaridan badiiy ijod 
namunalari tug‘ilib, shakllanib, taraqqiyotga yuz tutgani kabi bizda 
ham mavjud boigan notiqlik matnlarining mevasi bo‘lsa-chi? 
Chunki hech bir xalq tarixida badiiy ijod o‘z-o ‘zidan paydo 
bo'lmagan. Nutq sohasida bo‘ladimi, notiqlik sohasida bo‘ladimi, 
badiiy ijod sohasida b o ‘ladimi, aw al ularning og'zaki shakli 
namoyon bo‘lgan. Aniqrog‘i, yozma badiiy adabiyotdan oldin xalq 
og‘zaki ijodi yaratilgan, keyinchalik yozma adabiyot shu og‘zaki 
ijod zaminidan o ‘sib chiqqan. Buni hech kim inkor etmasa kerak?! 
Shu ma’noda bizda Turon zaminida yaratilgan Alp Er To‘ng‘a 
dostoni eramizdan oldingi VII asrda paydo bo‘lgan ekan, o‘zbek 
notiqligi tarixi ham Yunon va Rim notiqligi tarixidan oldinroq 
yuzaga kelmaganmikan, degan xulosaga olib keladi. Masalani
л
oydinlashtirish, albatta, tarixchi, tilshunos va adabiyotshunos 
olimlarimizning dolzarb ilmiy izlanishlarini talab etadigan muammo. 
Shunday bo‘lsa-da, hozircha bizda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga 
tayanib fikr yuritamiz. Bu o ‘rinda taniqli yozuvchi Pirimqul 
Qodirovning 2005-yilda chop etilg^n “Til va El” kitobi kengroq 
m a’lumot beradi: Turon zaminning eramizdan oldingi turkiy tilda 
yozilgan Alp Er To‘ng‘a haqidagi dostoni hali atroflicha tahlil 
etilgani yo‘q.
Bu doston bizgacha to'liq yetib kelmagan. Uning besh yuz 
satrga yaqin ayrim parchalari Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u 
bilig” dostonida va Mahmud Qashg‘ariyning “Devonu lug‘atit 
turk” asarida keltirilgan.
Bu dostonga birinchi bo‘lib katta e’tibor bergan olimimiz 
professor Abdurauf Fitrat edi. Uning “Eng eski turk adabiyotining 
namunalari” deb atalgan va 1927-yilda nashr etilgan risolasida 
Alp Er To‘ng‘aga bag‘ishlangan 40 satrli marsiya, tang‘uglar bilan 
Alp Er T o ‘ng‘aninig jangiga oid 32 satrli she’r, qish va yoz
32


manzaralariga bag‘ishlangan 86 satrli she’riy tasvirlarni adabiy 
tilimizning eng qadimgi namunalari deb baholanadi.2
F itrat Alp Er T o ‘ng‘aga bag‘ishlangan qadim iy doston 
parchalarini Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” dostonidan 
va Mahmud Qashg'ariyning “Devonu lug‘atit turk” kitobidan 
olinganini ko'rsatib o ‘tadi.
Moskvalik sharqshunos olima I.V.Stebleva ham “Devonu 
lug'atit turk”da keltirilgan Alp Er To‘ng‘aga bag'ishlangan 348 
satr she’mi terib olib, ular orasidagi mantiqiy bog‘lanishlarni topadi 
va ulami ming yillar davomida ko‘p qismlari yo‘qolib ketgan ulkan 
bir qahramonlik dostonining uzviy bo‘laklari deb baholaydi.3
Bu olimlarning “Alp Er To‘ng‘a” dostoniga oid tadqiqotlarini 
yangi avlodga mansub adabiyotshunoslarimiz M.Ibrohimov va 
Sh.Xolmatovlar davom ettirdilar. Bu ishlarning yakuni sifatida 
Abdurashid Abdurahimovning so‘zboshisi va tahriri bilan 1995- 
yilda “Alp Er To‘ng‘a yoki Afrosiyob jangnomasi” degan kitob 
nashr etildi.
Bu kitobning kirish qismida Alp Er To£ng‘aga quyidagicha 
baho berildi: “Alp Er To‘ng‘a miloddan awalgi VII asrda Turon 
davlati shakllanishiga asos solgan buyuk xoqondir... Eronliklar 
Alp xoqonni Afrosiyob deb ataganlar. Og‘zaki va yozma adabiyotda 
Alp Er T o‘ng‘aning bahodirligini madh etuvchi katta doston 
yaratilgan. Doston qahramonlik mavzuida bo‘lib, uning tiklanishi 
turkiy xalqlar dostonchiligi tarixini eramizdan awalgi asrlardan 
boshlashga imkon beradi.4
Alp Er To‘ng‘a haqidagi she’riy dostondan kelib chiqqan holda 
a d a b iy o tsh u n o s o lim la r bu q a h ra m o n g a b ah o b e rish d a
tarixchilarimizga nisbatan ancha dadil fikr bildirmoqdalar.
Tarixichilarimiz Alp Er To‘ng‘aga oid to ‘liq ma’lumotlami 
tarixi manbalardan topolmaganlari uchun ularda “Alp Er To‘ng‘a 
tarixiy shaxsmi yoki afsonaviy qahramonmi?” degan ikkilanishlar 
bor. Buning yana bir sababi, Firdavsiyning “Shohnoma” asarida 
Afrosiyob salbiy qahramon qilib ko‘rsatilganligidir.
Buxoro tarixiga oid juda qim m atli m aTum otlar bergan 
Narshaxiy yozadi:’’Afrosiyob Romtan (Romitan) shahrini bunyod

Yüklə 5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə