N. Bekmirzayev \'jj& notiqlik san’ati asoslari


partiyasi Demosfenning vatanparvarligini yuksak baholab, uni



Yüklə 5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/105
tarix28.11.2023
ölçüsü5 Mb.
#135210
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   105
Notiqlik san\'ati asoslari. Bekmirzayev N


partiyasi Demosfenning vatanparvarligini yuksak baholab, uni
25


«Oltin gulchambar» bilan taqdirlashga tavsiya etgan, Xalq majlisi 
ham buni m a’qullab, qaror qabul qilgan edi. M akedoniya 
tarafdorlari bu qarorga qarshi chiqadilar. Hatto o‘z davrining 
mashhur notiqlaridan bo‘lgan Esxil majlis qarori ustidan sudga 
shikoyat qilib ariza beradi. U xalq majlisining noto‘g‘ri qaror 
chiqarganligini isbotlashga urinib, Demosfenning bunday oliy 
mukofotga munosib emasligini uqtiradi. Qayta bo‘lgan sud ikki 
buyuk notiqning yakkama-yakka olishuviga aylanib ketadi.
Sud bo‘layotgan maydonga shunchalik xalq to'plagan ediki, 
go‘yo mavj urib turgan dengizni eslatardi. Demosfenni qoralab 
so'zga chiqqan Esxil tamomila kurakda turmaydigan gaplar bilan 
tuhmat toshini ota boshlaydi.
«G ulcham bar»ni “him oya qilish m aqsadida so ‘z olgan 
Demosfen esa, Vatanining gullab-yashnashi yo‘lida tinm ay 
kurashganini, shu bilan birga, Exsilning sotqinlikdan iborat 
faoliyatini yorqin nutqida obrazli turzda tasvirlab beradi. 
G ‘animlarning qarshiligiga qaramay, sud juda to ‘g‘ri va oqilona 
qaror chiqaradi. Sud hukmiga muvofiq Esxilga katta miqdorda 
jarima solinib, Afinadan badarg‘a qilinadi.
Demosfenning «Gulchambar» haqidagi nutqi faqat Esxil ustidan 
qozonilgan g‘alabagina emas, balki Afina va butun Gretsiyadagi 
vatanparvarlaming tantanasi ham edi.
Suddagi muvaffaqiyatidan so‘ng, Demosfenning davlat oldidagi 
obro‘si yanada oshadi. Biroq, turli sabablarga ko‘ra, Makedoniya 
bilan Afina o'rtasida boshlanib ketgan urushda afinaliklar mag‘lub 
bo‘lib, barcha vatanparvarlar o‘z yurtlaridan badarg‘a qilinadilar. 
Faqat aristokrat boylargagina siyosiy va iqtisodiy huquqlar beriladi. 
Demosfen sirtdan o ‘limga mahkum etiladi. Shundan so‘ng u 
Kalavri oroliga qochib borib, Poseydon ibodatxonasiga yashirinadi. 
0 ‘sha vaqtlarda ibodatxonaga qochib kirgan odam ni, kim 
bo'lishidan qat’i nazar, qamash yoki o'ldirish mumkin emas edi. 
Chunki u xudoning panohi va himoyasida hisoblanar edi.
Dushmanlari Demosfenning yashiringan joyidan xabar topib, 
uni tiriklayin qo'lga tushirishga harakat qiladilar. Ular notiqqa 
bo‘lmag‘ur va’dalarni berib, Antipatra huzuriga olib bormoqchi 
b o £ladilar. D em osfen o ‘z dushm anlarining yovuz niyatini 
fahmlagach, uyga hat yozish bahonasi bilan ibodatxonaning 
ichkarisiga kirib, zahar ichadi.
26


Buyuk notiq eramizdan oldingi 322-yilning 12-oktabrida shu 
tariqa dunyodan o'tadi.
Sitseron

Yüklə 5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə