N. Bekmirzayev \'jj& notiqlik san’ati asoslari



Yüklə 5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/105
tarix28.11.2023
ölçüsü5 Mb.
#135210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
Notiqlik san\'ati asoslari. Bekmirzayev N

k o ‘m aklashadigan, 
ular 
ishi 
yuzasidan sudda gapirishi kerak bo‘lgan 
gaplarni yozib beradigan 
zu k ko 
shaxslarga ehtiyoj paydo bo‘ladi.
16


Natijada qadimgi yunon tilida “logograflar” deb ataladigan, tajribali, 
qonunni biladigan “advokat”larga ehtiyoj tug£iladi. Logograflar 
sudda qatnashayotgan jinoyatchi va da’vogarlarga nimani gapirishi 
lozimligini yozib berganlar va shu mehnatlari evaziga haq olganlar. 
Logograflar odamlaming hojatlarini chiqarish hisobiga qalam haqi 
olib kun kechira boshladilar. Logografiyaning tirikchilik vositasiga 
aylanishi notiqlik san’atining rivojida muhim rol o'ynaydi. Dastlab 
“Notiqlik san’ati”ning asta-sekin siyosiy va sud notiqligi vujudga 
keladi, keyinroq mashhur voqealarni, ulug‘ zotlami madh qiluvchi 
epidektik notiqlar maydonga keladi.
Afmada eradan oldingi V asr o ‘rtalarida notiqlik san’ati 
shakllangan bo‘lsa-da, adabiy faoliyat o'rnida qabul qilinmagan 
va u nutqlaming matnlari bosilmagan.
Bu san’atni ilk bor adabiy janr darajasiga ko‘targan hamda 
notiqlikka ilmiy yondoshgan kishilar sofistlar hisoblangan. Ular 
o ‘zlaridan oldin o‘tgan notiqlaming faoliyatlarini nazariy asoslashga 
kirishib, “Ritorika” ilmini yaratadi. Oldin notiqlami “Ritor” so‘zi 
bilan atashib so‘ngra notiqlik san’atidan saboq o'rgatuvchilarni 
“ Ritor” lar deb ataydilar.
Sitsiliya oroli ritorikaning asl vatani hisoblanadi. U joylarda V 
asr o ‘rtalariga kelib demokratiyaning yo‘lga qo‘yilishi, notiqlik 
taraqqiyoti uchun omil bo‘ldi. Qadimgi yunonlar Sitsiliyalik Korak 
hamda Tisiylarni ritorikaning asoschilari deb tan olganlari holda, 
ulardan bizgacha deyarli hech narsa yetib kelmagan. Biroq ularga 
vatandosh b o ‘lgan sofist G orgiy (tax m in an 483—376) ni 
rito rik a n in g
b irin c h i 
n am o y a n d a si 
deb 
b ilish g an . 
A.Alimuhamedovning (“Antik adabiyot tarixi”, Т., “0 ‘qituvchi” 
1969) ma’lumotiga ko‘ra: “Gorgiy 427-yilda o‘z shahri Leontina 
uchun harbiy yordam so‘rab maxsus elchi sifatida Afinaga keldi 
va xalq majlisida gapirgan nutqi bilan Afina yoshlarida juda kuchli 
taassurot qoldiradi. Shundan keyin ko‘p o‘tmay Gorgiy butunlay 
Afinaga ko‘chib kelib, shu yerda ritorika maktabi ochadi va o‘z 
shogirdlariga so‘z san’atini o'rgatish barobarida notiqlik bilan ham 
shug'ullanadi. Gorgiy asosan mifologik m a’ruzalarda tantanali 
nutqlar so‘zlagan, uning nomi ostida bizga qadar “Yelena” va 
“Palimed” sarlavhali ikkita yozma nutq yetib kelgandir. Gorgiyning 
aytishicha, notiqning eng muhim vazifasi tinglovchini ishontirish, 
uni maftun etish, rom qilishdir. Maftun etishning asosiy vositasi
17


sifatida yozuvchi birinchi o‘ringa uslubni qo‘yadi va shu maqsad 
bilan o‘zining asarlarida “go‘zal” uslubning namunalarini namoyish 
qilm oqchi b o ‘ladi. Agar siz Gorgiyning asarlarini k o ‘zdan 
kechirsangiz, bu odam tashviq etgan “fusunkor” uslubning 
faqatginajimjimadortashqi bezaklardan, balandparvoz iboralardan 
boshqa narsa emasligiga aslo shubhangiz qolmaydi. Darhaqiqat, 
notiqning bizga qadar yetib kelgan asarlarida tantanali epitetlar, 
majoziy ifodalar haddan tashqari ko‘p uchraydi. Yozuvchi, hatto 
jumlalarni ham bo‘g‘in-bo‘g‘inlarga bo‘lib, ularning har birini bir 
xil uzunlikda to ‘qiydi va har qaysi jumlaning oxirini bir-biriga 
o‘xshash qofiyadoshroq so‘zlar bilan tugatadi. Qadimgi yunonlar 
Gorgiyning usulini “jimjimador uslub” yoki muallifning nomiga 
nisbat berib “Gorgiy uslubi” deb ataganlar”.
Gorgiyning bu uslubi zamondoshlariga yoqib qolgan va ularda 
kuchli ta ’sir uyg'otgan. Shuning uchun ham uning ijodi uzoq 
yillar notiqlik prozasining asosiy namunasi sifatida mashhur bo‘ladi.
Ellinizm davrining olim lari A finada yashab ijod etgan 
notiqlardan o‘nta notiqni mashhur va ulug'laridan deb, ritorika 
ilmini o‘rganishda ularning asarlaridan foydalanishni afzal bilganlar. 
Shuning uchun bo‘lsa kerak, Antifont, Andokid, Lisiy, Isokrat, 
Isey, Likurg, Demosfen, Esxin, Giperd va Dinarxlaming asarlari 
bizgacha yetib kelgan.
Lisiy
(taxminan eramizdan awalgi 459—380 yillar)
Afinada yashab ijod etgan m ashhur notiqlar orasida eng 
mo‘tabarlaridan sanalgan Sitsiliyalik Lisiydir. Uning otasi Perklning 
taklifi bilan Afinaga kelib, shu yerda yashab qoladi. Uning oilasi 
o‘ziga to ‘q xonadonlardan bo'lishiga qaramay, kelgindi bo‘lgani 
sababli Afina fuqaroligini ololmaydi. Peloponnes urushida Afina 
yengiladi. Natijada demokratiyaning tarafdorlaridan sanalgan 
Lisiyning akasi qatl etiladi, o ‘zi esa zo‘rg‘a qochib qoladi. 403- 
yilda demokratiya qayta tiklangach, Lisiy yana Afinaga kelib, 
logoraflik bilan mashg‘ul bo‘ladi.
Qadimgi yunonlaming fikriga ko‘ra, Lisiy butun ijodi davomida 
uch yuzga yaqin nutq yozgan. Shundan bizgacha sud nutqlaridan 
iborat o‘ttiz to'rttasi saqlanib qolgan.
18


Lisiy logograflik kasbi davomida unga ishi tushib kelgan 
kishilaming hojatini bitirishdan oldin, ularning dunyoqarashini, 
psixologiyasi va tabiatini chuqur o'rganib, keyin ularga o ‘z 
qo'llaridan va tillaridan yozganday qilib nutq yozib beradi. 0 ‘sha 
paytda Afina sudida ishtirok etuvchi kishilaming ko‘p qismi davlat 
qonunlaridagi murakkabliklarni chuqur tushunmaganlar. Juda 
ko‘pchiligi tahsil ko'rmagan kishilar bo‘lgan. Shu sababli ular so‘zga 
chechan, so‘zamol odamlarning sud hay’atini aldab ketishlaridan 
cho‘chishib, ilmoqdor va balandparvoz so‘zlarga gumonsirab 
qarashgan.
Bularga kimdir bu so‘zlami to'qishda yordam bergan bo‘lishi 
mumkin deb qarashgan. Ikkinchidan, logograflardan yordam istab 
kelganlar orasida, turli tabaqa vakillari, turli kasb egalari bo‘lishgan. 
Shuning uchun ham Lisiy nutq yozib berishdan oldin undan 
yordam so‘rab kelgan buyurtmachini o‘rganadi. Shundan keyingina 
u odamga ijtimoiy kelib chiqishiga, jamiyatda tutgan o'rniga, 
shaxsiy xarakteri va tabiatiga moslab nutq yozib bergan. Lisiyga 
murojaat etayotgan kishi agar qishloqdan kelgan oddiy bir dehqon 
bo‘Isa yoki shaharda yashasa ham o ‘rtacha dunyoqarashga ega 
bo'lsa, unday odam lar kitobiy so‘z va iboralarni, murakkab 
qonundagi kerakli boblarni isbot keltirib ishonarli nutq so‘zlashi 
qiyin va buning iloji yo‘q. Agar nutqini shu yo'sinda uddalay 
olsa, n u tq n in g soxtaligi bilin ib qolishi tabiiy hoi. Lisiy 
san’atkorligining asosiy siri shundaki, u nutq yozishga kirishar 
ekan, bir maqsadni ko'zlaydi, u ham bo‘lsa, sudda gapirayotgan 
kishi haqida sud hay’atlari ko‘nglida ishonarli taassurotlar qoldirish, 
so'zlovchining har bir gap-so‘zlari, qalbidan chiqayotgan samimiy 
gaplar ekaniga ishontira olishidir. Lisiy byurtmachilari orasida olifta 
0‘ziga bino qo‘ygan dimog‘dor shaxsni, tiyinni-tiyniga urib foyda 
ko‘ raman deb yurgan xasis olibsotarmi, xotini izmida yurgan, o‘z 
fikri bo‘lmagan laqma ermi yoki shallaqi ayolmi, maqtanchoqmi, 
ayyormi yoxud sodda omi insonmi, kim bo'lishidan qat’iy nazar
— Lisiy ularning har biri xarakter xususiyatiga, tabiatiga, bilimi va 
jamiyatdagi mavqeiga mos keladigan o‘z nutqi bilan tinglovchilami 
ishontiradigan uslubni topadi. Shuning uchun ham Lisiy yozgan 
nutqlaming hammasida so‘zlovchining tabiatiga mos gaplar o ‘rin 
Olgan bo‘ladi. Lisiy uslubiga xos husn va latofat ham nutq tilining 
todda, aniq va fikming lo'ndaligida ko‘rinadi. Lisiydagi bu mahorat
19


— ya’ni har kimni o ‘z tilida, o ‘z tabiatiga mos gapirtirish, 
gapiruvchining qiyofasini to ‘la ko‘rsata olish, yunon tarixida o‘tgan 
logograflarning birontasida uchramaydigan hodisa. Bu borada 
Lisiyga ulardan birortasi ham teng kelmaydi. Ularning Lisiydan 
farqli tomoni shunda ediki, ular o'zlari yozib bergan nutqlami 
ko‘plab dalillar bilan to ‘ldirgani holda, shu dalillar asosida joy- 
joyiga qo'yib, da’voni isbot etishga, nutqlari shaklining chiroyli 
bo‘lishiga ortiqcha e’tibomi qaratganligida, nutq so'zlovchining 
tabiatini hisobga olmaganligida.
0 ‘sha davr sud qoidalariga ko‘ra sudlanuvchilarning nutqi uch 
qismdan tashkil topgan. Ular nutqlarining kirishi sud hay’atiga 
m urojaatdan boshlangan va shu orqali hay’atning iltifotiga 
erishishga urinishgan. Nutqlarining asosiy qismida esa voqea- 
hodisalar tafsilotini aniq va ravshan hikoya qilishga, nihoyat 
nutqining yakunida aytgan gaplarining to ‘g‘riligiga, dalillarga 
ishontirishga uringan, o‘ziga raqib bo‘lgan tomonlaming dalillarini 
puchga chiqarib, o ‘zining haq ekanligiga m um kin qadar 
ishontirishga bor kuchini sarflashgan.
Lisiyga qadar va undan keyin o ‘tgan logograflar yozib bergan 
nutqlarida bor kuchni nutqning kirish va xulosa qismiga berib
asosiy hikoya qilib beriluvchi bayonot qismiga ko‘proq e’tiborni 
qaratmaganlar. Lisiy esa ulardan farqli o‘laroq, butun fikmi kirish 
va xotima qismiga sarflamasdan, notiqlik mahoratini ko‘rilayotgan 
ishning — ya’ni, voqea-hodisalarning tafsilotini sodda va aniq, 
ravshan hikoya qilishga qaratadi. Lisiy yozgan nutqining bayonot 
qismidagi nafisligi kamdan-kam' logograflarga nasib etgan. Lisiy 
voqealar bayonini yozganida oddiy so‘zlar orqali qisqa va lo‘nda 
hikoya qilish yo‘lidan borib, dalil va da’volami bayonotga yog‘day 
singdirib yuboradi. N atijada bitilgan nutq qanchalik sodda 
bo‘lmasin, shu sodda nutq tagida yashirinib yotgan tabiiy holat va 
samimiyat tinglovchilar qalbiga yetib boradi. Natijada hay’at a’zolari 
k o ‘nglida ham gunohkorga nisbatan rahm dillik kayfiyatini 
uyg‘otadi. Bu o‘rinda bir misolga fikrimizni qarataylik: Eratosfen 
ismi shaxsning Evfilet tomonidan o‘ldirilishi haqidagi sud majlisida 
bu holat yaqqol seziladi. Mazkur ish yuzasidan gunohkor sifatida 
sudga tortilgan qotil Evfilet hay’at a’zolariga o'zining shaxsiy 
turmushi haqida hikoya qilib beradi. U uylanganining dastlabki 
paytlarida xotiniga ishonolm ay yuradi. Birinchi 
farzandi
20


tug'ilgandan so‘ng xotiniga ishonchi va mehri ortadi. Xotinini 
ko‘p tergamay qo'yadi. Shunday kezlarda Evfiletning onasi 
olamdan 
o‘tadi. Dafn marosimida Eratosfenning nigohi Evfiletning 
go'zal 
xotiniga tushib, unga yetishish uchun yo‘l izlaydi. U 
maqsadiga erishish uchun Evfiletning uyida oqsochlik qiladigan 
qizni 
qo‘lga oladi. Qizning ko‘magida Evfiletning xotini bilan 
topishadi. Evfilet esa xotinining xiyonatini sezmasdan xotirjam 
yashayveradi. 
Shunday kunlaming birida notanish bir ayol uni 
XOtinining 
sirlaridan ogoh qiladi. Ayolning gaplariga qaraganda, 
Eratosfen bu ayolning ham bekasini yo‘ldan urgan va tashlab 
ketgan. Bu sovuq xabami eshitgan Evfilet uyidagi oqsoch qizni 
qistovga 
olib so'rasaki, haqiqat bo‘lib chiqadi. Shundan so‘ng, 

Yüklə 5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə