N. Bekmirzayev \'jj& notiqlik san’ati asoslari


nazm  ko‘rinishi borligini ta ’kidlamoqda. Nutqning bu turlari  ma’lum qoidalar asosida shakllanadi. Nasr nahv qonun-qoidalari,  nazm



Yüklə 5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/105
tarix28.11.2023
ölçüsü5 Mb.
#135210
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   105
Notiqlik san\'ati asoslari. Bekmirzayev N

nazm 
ko‘rinishi borligini ta ’kidlamoqda. Nutqning bu turlari 
ma’lum qoidalar asosida shakllanadi. Nasr nahv qonun-qoidalari, 
nazm 
aruz talablariga binoan tuziladi. Aruzga qaraganda nahvning 
ta’sir doirasi keng, u nasr uchun ham, nazm uchun ham zarur. 
Beruniy yozadi: «Nahv nasrda va aruz nazmda aytilgan so‘zning 
me’yorini o‘lchovi va xatosini tuzatuvchi aniq ikkita mezon bo‘lib 
qoldi, lekin nahv bular ikkisining umumiyrog‘idir, chunki u nasmi 
ham, 
nazmni ham birgalikda o‘z ichiga qamrab oladi» ( 0 ‘sha 
asar, 64-bet).
37


«Xullas, yaxshi nutq tuzish uchun nahv, aruz, mantiq fanlari 
hamkorligidan foydalanish zarur bo'ladi. Ularning birontasiga 
ahamiyat bermaslik, bulardan birining qoidasi buzilishi qolgan 
ikkitasiga ta’sir qilmay qolmaydi» ( 0 ‘sha asar, 64-bet).
Beruniy shakl va mazmun birligiga katta ahamiyat beradi. 
Uningcha, shakl mazmunga hizmat qilishi kerak. Mazmunsiz har 
qanday chiroyli shakl ham el orasida e’tibor qozonmaydi. Nutqning 
nasriy shaklida ham, nazmiy shaklida ham mazmun bosh mezondir.
Ulug‘ vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy (870—950) to ‘g‘ri 
so'zlash, to ‘g‘ri mantiqiy xulosalar chiqarish, mazmundor va go‘zal 
nutq tuzishda leksikologiya, grammatika va mantiqning naqadar 
ahamiyati zo‘rligi haqida shunday deydi: «Qanday qilib ta ’lim 
berish va ta’lim olish, fikmi qanday ifodalash, bayon etish, qanday 
so‘rash va qanday javob berish (masalasi)ga kelganimizda, bu haqda 
bilimlarning eng birinchisi — jismlarga va hodisalarga ism beruvchi 
til haqidagi ilmdir deb tasdiqlayman».
Ikkinchi ilm grammatikadir: u jismlarga berilgan nomlarni 
qanday tartibga solishni ham da narsalar (substansiya) va 
hodisalarning (aksidensiya) joylashishini va bundan chiqadigan 
natijalarni ifodalovchi hikmatli so‘zlami va nutqni qanday tuzishni 
o‘rgatadi.
Uchinchi ilm mantiqdir: «ma’lum xulosalar keltirib chiqarish 
uchun logik figuralarga binoan qanday qilib darak gaplarni 
joylashtirishni o‘rgatadi. Bu xulosalar yordamida biz bilmagan 
narsalami bilib olamiz hamda nima to ‘g‘ri, nima yolg'on ekanligi 
haqida hukm chiqaramiz» (Abu-Nasr Forobiy. Risolalar, Т., 1975, 
54-bet).
Ko‘rinadiki, grammatika va mantiq fanlarining nutq tuzishdagi 
ahamiyatini ikki buyuk olim ham yuksak darajada anglaganlar va 
ularga katta ahamiyat berganlar. Beruniy ham, Forobiy ham 
qadimgi grek falsafasiga va boshqa fanlarga oid asarlardan 
oziqlanibgina qolmay, ularni to'ldirdilar, g‘alat o'rinlarga izoh 
berdilar.
Beruniy bilan zamondosh bo‘lgan Abu Abdulloh al-Xorazmiy 
(vafoti 997-y.) ham o'zining “Mafotix-ul-ulum” (“Ilmlar kalitlari”) 
a sa rid a o 's h a davr n o tiq lig in in g b a ’zi b ir m a sa la la ri, 
adabiyotshunoslik fani istilohlari, ularning t a ’rifi haqida, 
shuningdek, devonxona ish qogozlari va ularning shakllari,
38


ishlatiladigan atamalar haqida ma’lumot beradi. Asaming beshinchi 
bobida aruz va qofiya ilmi hamda she’riyatda ishlatiladigan badiiy 
tasvir vositalari, ularning fazilatlari va nuqsonlari ustida so‘z boradi. 
Asarda aruz ilmi, undagi 15 bahr ko'minishlari she’riy misollar 
bilan beriladi. Aruz ilmiga tutash qofiya ilmi, uning istilohlari 
ta’rif va izohlar bilan qayd etiladi. Asaming beshinchi bobi besh 
bo'linmadan tashkil topgan. Beshinchi bo‘linma X asr 0 ‘rta Osiyo 
she’riyatiga bagishlangan. Bu shuni ko‘rsatadiki, X asrdayoq 
o'lkam izda badiiy nutq yuksak darajada rivojlangan, uning 
nazariyasi mukammal ishlangan edi (X. Xayrullayev, R.M. 
Bahodirov. Abu Abdulloh al-Xorazmiy. M. 1988, 58-bet; « 0 ‘zbek. 
adabiyoti va san’ati» gaz., 1989, 18-avgust).
So'zning qadri, undan foydalanish, kam so'zlab, ko‘p ma’no 
yuklash, ravshan fikrlash kabi masalalar ustida XII—XIII asr 
mutafakkirlari Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiylar ham ibratli 
fikrlar bildirganlar.
Olug‘ shoir Yusuf Xos Hojib turkiy xalqlaming XII asrdan 
ajoyib badiiy yodgorligi bo'lgan “Qutadg‘u bilig” (“Baxt keltiruvchi 
bilim”) asarida so‘zlami to ‘g‘ri tanlash va qo‘llash haqida: “Bilib 
SO‘zlasa so‘z bilig sanalur” degan edi. Gapirishdan maqsad 
so'zlovchining ko‘zda tutgan narsa, hodisa, voqealarni tinglovchiga 
to‘g‘ri, ta’sirchan yetkazishidan iborat. Shunday ekan, nutqning 
to‘g‘riligi, ravonligi va mantiqiyligiga erishish muhim ahamiyat 
kasb etadi. Mutafakkir yana so‘zlovchini tilning ahamiyatini 
tushungan holda hovliqmasdan, so'zning m a’nolarini yaxshi 
anglab, ravon nutq tuzishga chiqaradi:
Tilning foydasi talaydir, ortiqcha hovliqma,
Goho til maqtaladi, goho so'kiladi.
Modomiki shunday ekan, so‘zni bilib so£zla,
So‘zing ko‘r uchun ko‘z bo‘lsin, (u) ko‘ra bilsin
Til va so‘zni avaylashga, og‘ziga kelgan so‘zni o'ylab gapirishga 
Chaqiradi:
Kishi so‘z tufayli bo‘ladi malik,
Ortiq so‘z qiladi bu boshin egik,
Tilingni avayla — omondir boshing,
So‘zingni avayla — uzayar yoshing
39


Adib Ahmad Yugnakiy (XII—XIII) ham so‘zlaganda nutqni 
o ‘ylab, shoshm asdan tuzishga, keraksiz, yaramas so‘zlarni 
ishlatmaslikka, mazmundor so'zlashga chaqiradi. Noto‘g‘ri tuzilgan 
nutq tufayli keyin xijolat chekib yurmagin, deb so‘zlovchini 
ogohlantiradi:
0 ‘qib so‘zla so‘zni eva so'zlama,
So‘zing kizla, kedin, boshing kizlama.
Amir Xisrav Dehlaviy (XV asr) ham nutqni ta’sirli, emotsional, 
shuningdek, mazmundor tuzishga da’vat qiladi:
So‘zlaringda bo'lsin fikru o‘y yoniq,
Bo‘lsin har so‘zingda bir nuqta aniq.
Aytilayotgan fikming mazmundor va ohangdor bo'lishi lozimligi 
haqida yozadi:
Nazm aytsam, aytaman ta’b o'lchovida oichabon, 
0 ‘lchab aytilsa nuqta, bo'lmas uchov besamar.
Abu Homid G‘azzoliy
Abu Homid Muhammad ibn Muhammad G ‘azzoliy 1085- 
yilda Tus viloyatida ipchi Abu Homid oilasida tawalud topdi. 
G ‘azzoliy uning taxallusidir.
Muhammad G'azzoliy ukasi Ahmad bilan yoshligidan otadan 
yetim qoldi. M uham m ad va Ahmad otasining yaqin do'sti 
ko‘magida chuqur ilm olishga kirishadi. Muhammad G ‘azzoliy 
bolalikda mashhur olim Ahmad R6ziqoniydan fiqh darslari oladi, 
o'smirligida Juijon shahriga borib, Abu Nasr Ismoiliydan tavhid 
ilmidan saboq oladi. So‘ng Nishopur shahrida Imom Horamayndan 
mazhab, rahbarlik, bahs, hadis usullari va m antiq ilmlarini 
o‘rganadi, ilm-fan arboblarining ta’limotlarini chuqur o'zlashtiradi. 
20 yoshida sevimli va zukko shogird sifatida el og'ziga tushadi. 
A lish er N avoiy h a z ra tla ri «Saddi Isk an d ariy » d o sto n i 
muqaddimasida G'azzoliyni “Ko‘k gumbazi uzra bezakli qandil”, 
“Falakdan turib kishilarga baxt va tol’e ushaladi” deya ta’riflaydi. 
(Alisher Navoiy. «Saddi Iskandariy». N asriy bayoni bilan. 
Toshkent, G'ofur G ‘ulom nomidagi nashriyot -matbaa birlashmasi, 
1991, 513-bet).
40


«Nasoyim ul-m u h ab b at» nom li asarining 439-raqam li 
maqolatida esa Navoiy uni «Hujjat ul-islom Muhammad ibn 
Muhammad G ‘azzoliy Tusiy, kuniyati Abu Homid va laqabi 
Zaynuddindir» deya qayd qiladi. (Alisher Navoiy. Mukammal 
asarlar to'plami, 17-tom, 249-bet).
Abu Ibrohim al-Bag‘dodiy «Bag‘dod tarixi» asarida yozadi: 
«U shunday kimsa ediki, bu dunyodagi ko'zlar uningday notiqni, 
uningday zukko va oqilni ko'rmagan edi».
Ibn Mukriy «Tuhfat ul-Irshod»da: «Uning muborak ismi bilan 
ko‘kraklar masrur bo‘lib ko'tarilib ketadi, nafaslar quvonchga 
to'ladi», — deydi.
Bunchalik ko‘p va yuksak baholarga sazovor bo‘lgan bu inson 
kirn edi?
Nima uchun turli tabaqaga oid barcha insonlar uni bunchalik 
alqadilar?
G ‘azzoliy zamondoshlarining buzg‘unchilik va gunohlarini, 
hayotni chigallashtirgan bid’atchilarni, ikkiyuzlama va badnafs 
zolimlami ayovsiz fosh qilib, oddiy va halol mehnatkashlarning 
e’tirofiga yetishgan, islom dinining haqiqatlarini butun insoniyatga 
ochib ko'rsatgan, shubhali bulutlarni tarqatib yuborgan qalbi 
iymon bilan to ‘la ajoyib bir siymo edi. U uqtirgan ilmlar soyasida 
butun Sharq xalqlari tartibli yashashni o'rgandilar. Uning nomini 
tilga olgan olimlar, uning kitoblarini qo‘lma-qo‘l olib yozib chiqqan, 
ko'paytirgan va taijima qilib elga tarqatgan insonlar ham hurmatga 
sazovor bo'ldilar. Uning nomi tilga olingan joyda shovqin-suronlar 
pasayib, boshlar egila boshlaydi.
G ‘azzoliy har sohada adolat sohibi va imomlarning imomidir.
Uning nozik va daqiq tadqiqotlari sunnat ahliga dushman 
bo'lganlaming niqoblarini olib tashlaydi. Uning kitoblari go‘zalligi 
va komilligi jihatidan quyosh nurlariga o‘xshaydi. D o‘stlar ham, 
dushmanlar ham uning dahosi qarshisida bosh egadilar.
Awalo «G‘azzoliy» kalimasini ko‘raylik.
Imom Navaviy «G'azzoliy» taxallusidagi 
«Z»
ni maddali, ya’ni 
ikkita degan ekan, ammo uning o‘zi «at-Tibyon» asarida bitta 
«Z» bilan yozib, G ‘ozol — Tus viloyatidagi bir qishloqning oti, 
deya izohlagan. Ibnul-Asir ham ikki «Z» bilan yozgan va uning 
taxallusini otasining kasbi bilan bog‘lagan. G'azzoliyning otasi 
«g‘azzol», ya’ni ipchi bo'lgan. Ana shu sabablarga ko‘ra, turli
41


mamlakatlarda taxallus turlicha yoziladi. Masalan, Turkiyada, 
G ‘azzoliy deb yozish rasm bo‘lgan, 0 ‘zbekistonda ham ko‘pchilik 
mamlakatlar qatori qadimdan G ‘azzoliy deb yoziladi.
G'azzoliyning ipchi otasi nihoyatda tadbirkor, uddaburon va 
aqlli kishi bo‘lgan. Ammo tirikchilik taqazosi bilan ilm ololmagan, 
«uylansam bolalarimni albatta o‘qitaman», deb niyat qilgan. Ammo 
niyat boshqa, hayot .boshqa - u uylanib ikki o‘g‘il ko‘rganida 
o‘lim to ‘shagiga yotib qolgan. Olamdan ko‘z yumarkan, do‘stlari 
uni ko‘rgani kelishganida yum-yum yig‘lagan.
Bir yaqin do‘sti unga:
— Menga qara, oshna, bu dunyoda faqat sen o ‘layotganing 
yo‘q. Erta-indin biz ham ortingdan yetib boramiz, namuncha 
ko'zyosh? — deb uni koyigan.
— Men bunga yig‘layotganim yo‘q. 0 ‘g‘illarimni o‘qitmoqchi 
edim, orzuyim ushalmadi, - degan u.
— Armoning faqat shu bo‘lsa, ulami o‘qitish menga sendan 
omonat bo‘lsin, men o‘qitaman ularni, — deydi shunda do‘sti. 
Ota olamdan o ‘tganda ham sadoqatli do'st omonatga xiyonat 
qilmadi — bergan va’dasining ustidan chiqdi: ikki o ‘g‘il — 
Muhammad va Ahmadning yuksak ilm olishlariga imkon yaratdi. 
Keyinchalik bu ikki aka-uka islom olamining ustun olimlari 
bo‘ldilar. Imom Horamayn: «G‘azzoliy — butun olamni qamragan 
bir dengiz, Qiyo sahrosining telba arsloni, Havofilni ham yoqib 
yuboradigan otashdir», deb ta ’riflagan edi. 1085-yilda, 27 yoshida 
lm om Horamayn vafot etganidan keyin G ‘azzoliy turk sultoni 
Alp Arslonning mashhur vaziri Nizomulmulk huzuriga boradi va 
sayroyda uyushtirilgan bahslarda hamma olimlami yengib chiqadi, 
m am lak atn in g eng n o m d o r N izom iya m adrasasiga bosh 
mudarrislikka tayinlanadi. 0 ‘n-o‘n bir yil ichida shuhratning eng 
yuksak cho'qqisiga ko'tariladi, dunyoda eng katta muvaffaqiyat 
qozongan «Ihyo ulum ad-din» asarini yaratadi. Oddiy odamlargina 
emas, hatto vazirlar, maliklar, amirlar ham uning fatvolariga quloq 
soladilar. Muhammad G ‘azzoliyning ukasi Ahmad G ‘azzoliy esa 
uni ilm uchun kam ishlayotganlikda ayblardi. Bir kuni Muhammad 
G ‘azzoliy xalqqa va’z aytayotganda ukasi ichkari kirib keladi va 
so‘z so‘rab, shunday she’r o‘qiydi:
Men kuchliman, xalq zayf deb, halqqa berar bonding quwat, 
Xalqni kuchli qilmoq uchun sarf aylading qancha g‘ayrat.
42


Xalq kuchlandi — olg‘a ketdi, horib ortda qolding o'zing,
Hidoyatga boshladingu, о ‘zing qolding behidoyat.
Nima bo‘ldi, og'ajonim, gapim kirmas qulog‘ingga,
Aytsang hamki xalqqa shuncha go‘zal o‘git, va’z - nasihat?
Ey, charx toshi! Qachongacha temirlarni charxlaysanu,
0 ‘zing o'tmas bir matohsan, ko‘zlaringda yo‘q basirat.
Shundan keyin Muhammad G ‘azzo!iy o ‘zi haqida shubhaga 
tushadi, hech kimga hech nima demay, ishini tashlab ketadi. Faqat 
ilm bilan shug‘ullanadi. Ammo bosh vazir Nizomilmulk uning 
qayerdaligidan xabar topib, undan zudlik bilan ishga qaytishini 
talab qiladi. Olim Nishopurga qaytib, yana madrasada dars bera 
boshlaydi. Ammo bu ish yana uzoqqa cho‘zilmaydi. G ‘azzoliy 
qaytadan Tusga ketib qoladi. Atrofiga 300 talabani to ‘plab, xususiy 
darslar beradi.
Abu Homid Muhammad ibn Muhammad G ‘azzoliy 1111- 
yilda vafot etadi.
G'azzoliy bor-yo‘g‘i 53 yil um r ko‘rdi. Ammo shu umri 
davomida 100 ga yaqin asar yozib qoldirdi. Ular Islom dinining 
turli tarmoqlariga taalluqli bo‘lib, dalillar qamrovi jihatidan juda 
katta miqyosga ega. Tafsir, hadis, tarix, falsafa, fiqh, tasaw uf 
o lim la ri u c h u n g in a em as, h ech q an d ay ilm b ilan
shug'ullanmaydigan oddiy insonlar uchun ham kerakli asarlari 
behisobdir. Chunonchi, faqihlar (yuristlar) G ‘azzoliyning «Bosit», 
«Vojib» kabi asarlaridan; tafsirchilar, kalom ilmining olimlari 
«Qavoid-al-Aqoid», «Аг-Risolat al-Qudsiya», «Al-Iqtisod fi’l- 
e’tiqod» singari kitoblaridan; tasawufchilar va umuman barcha 
haqiqat oshiqlari «Ihyo ulum ad-din» nomli buyuk asaridan 
bahramand bo'lib, katta ruhiy quvonchni boshdan kechiradilar. 
Umuman barcha mo'min-musulmonlarga uning «Hujjat ul-Haq», 
«Mufassil al-Xilof», «Qavosim al-Botiniya» kabi asarlari kundalik 
hayotiy muammolami hal qilishda juda asqotadi.
Yuqorida qayd etganimizday, G ‘azzoliy hayoti davomida ikki 
marta o‘zi haqida shubhaga bogan. Birinchisida, ukasining she’ri 
ta’sirida, o'rgangan ilmlarimning hammasida kamchiliklar ko‘p 
bo‘lsa kerak, deb o‘ylaydi, o‘ziga mutloq haqiqatni izlay boshlaydi, 
haqiqat yo tuyg‘ularda, yo aniq bilimlarda bo‘lishi mumkin, har 
ikkalasida bo'lishi mumkin emas, degan fikrga boradi. Oldiniga 
haqiqat tuyg‘ularda deb biladi, ammo tez orada tuyg‘ular aldashi
43


mumkinligini ko‘radi va aniq bilimlar haq, degan xulosaga keladi, 
so‘ng «balki aql ham aldar» deya taraddudga tushadi. Provardida 
esa Ollohning hidoyati—qalbga yoruglik beruvchi ilmlar kabi, aniq 
ilmlar ham haqiqat ekanligiga ishonch hosil qiladi.
G ‘azzoliyning ikkinchi ruhiy iztirobi 38 yoshida yuz berdi. 
Bir kuni u: «Qilayotgan barcha ilmlarim shon-shuhrat, amal- 
mansab, nufuz va mol-dunyo uchun emasmi?» — degan shubhaga 
tushadi. Haqiqat faqat mutasawiflaming kamtarona yashash tarzida 
bo‘lishi mumkin, degan xulosaga kelib, tinchini yo‘qotadi. Shuning 
uchun u madrasani tark etib, faqirona hayot kechirishga o‘tadi. 
Yeyish-ichishni ham keskin kamaytirib, jismonan zayiflashadi.
Shunda uning shaxsiy tabiblari nima qilishlarini bilmay dovdirab 
qoladilar. Shu ahvolda u 10 yil darbadar kezadi. Bir d a f a vazirning 
so‘zini inobatga olib Nishopirda ishlagan bo‘lsa ham, baribir ishga 
qattiq bog‘lanmaydi, mutasawifga aylanib, umrining oxiriga qadar 
ko‘zga tashlanmay yashaydi.
G ‘azzoliyning falsafiy ishlari ham talaygina. Ular ichida 
«Taxafut al-filosifa» hamda «Maqosid al-filosifa» asarlari yetakchi 
o ‘rin egallaydi. Bularda Forobiy, Ibn Sino, Abun Xayyon at- 
Tavhidiy, «Ihvon us-safo» risolalarining ta’sirini ko‘rish mumkin.
Ayni chog'da G ‘azzoliy «Taxafut al-filosifa» asarida Forobiyni 
va Ibn Sinoni tanqid qilib, ularni Arastu va Aflotun fa’sirida 
bo‘lganlikda ayblagan va umuman falsafachilikka qattiq qarshi 
chiqqan. Holbuki, Forobiyning asarlari ham, G ‘azzoliyning 
«M aqosid al-filosifa» asari ham lo tinchaga o ‘girilgan va 
g'arbliklarning yunon falsafasini o ‘rganishlariga yordam bergan. 
Forobiy bilan Ibn Sinoni tanqid qilishdan maqsadi esa, aslida, 
dinning ba’zi mavzulari yanglish tushunilishini tuzatish uchun 
bo‘lgan. Bu yaxshi niyatdir.
G'azzoliyning barcha asarlari bugungi kunda ham xalqimiz 
m a’naviyatini yuksaltirish uchun muhim manba bo'lib xizmat 
qilaveradi.

Yüklə 5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə