N. Bekmirzayev \'jj& notiqlik san’ati asoslari



Yüklə 5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/105
tarix28.11.2023
ölçüsü5 Mb.
#135210
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   105
Notiqlik san\'ati asoslari. Bekmirzayev N

Orfoepiya
Til, uning amaliy ko‘rinishi bo‘lgan nutq tabiiy holatda talaffuz 
qilinuvchi ovozga (tovushga) asoslanuvchi hodisadir. Ammo adabiy 
til, adabiy nutq haqida gap borganda, tabiiy ovoz va talaffuz bilan 
bir qatorda, muayyan normalarga, qoidalarga solingan talaffuz 
haqida gapirishga to ‘g‘ri keladi. Adabiy til doirasida amal qiluvchi 
tabiiy normalar va muayyan normalarga solingan talaffuz qoidalari 
yig‘indisi — adabiy talaffuz yoki, boshqacha aytganda, orfoepik 
normalar deb ataladi. Orfoepik normalar fanda qisqacha orfoepiya 
deb ham nomlanadi. Orfoepiya12 termini hozirda ikki hodisani, 
birinchidan, muayyan adabiy tilga xos adabiy til normalari va 
ularga doir qoidalar yig‘indisini, ikkinchidan esa, tilshunoslikning 
adabiy til talaffuzi, adabiy talaffuz normalari, adabiy talaffuz 
qoidalari, to ‘g‘ri talaffuz qoidalarini anglatadi.
Demak, orfoepiya adabiy tilda so‘zlovchilarning barchasi uchun 
yagona talaffuz qoidalarini belgilaydi. Bu jihatdan u barcha uchun 
yagona bo'lgan imloviy qoidalami eslatadi.
D em ak, adabiy nutqning muayyan qoidalarga solingan 
normalarga egaligi nutq tipining o'ziga xos mohiyatidan darak 
beradi. Adabiy talaffuz — ushbu tilda gaplashuvchi barcha kishilar 
uchun umumiy va qonuniy bo'lgan talaffuzdir. Adabiy talaffuz 
talaffuzning milliy til doirasida mavjud bo‘lgan barcha boshqa 
ko'rinishlaridan ustun turadi va namunali hisoblanadi. Shuning 
uchun ham, odatda, milliy til doirasidagi talaffuz ko‘rinishlari
12 Orfoepiya — grekcha so ‘z (nutq, gap) so'zidan olingan.
68


ikki uslubga boiinadi: 1) normalangan adabiy talaffuz; 2) kundalik 
so‘zlashuv talaffuzi.
Kundalik so'zlashuv talaffuzi dialekt va shevalarda, oddiy xalq 
vakillarining kundalik so‘zlashuv jarayonlarida keng tarqalgan.
Adabiy talaffuz deyilganda birinchi uslub — normalangan 
talaffuz tushuniladi. Til tarixida adabiy til har doim mavjud 
boim agandek, adabiy talaffuz ham adabiy til tarixida doimo 
bo‘lgan emas. Adabiy talaffuzning yuzaga kelishi adabiy til og‘zaki 
shaklining yuzaga kelishi bilan bog‘liqdir.
Adabiy til og‘zaki shaklining paydo bo‘lishi, u bilan bog‘liq 
holda adabiy talaffuz normalarining yuzaga kelishi adabiy tilning 
milliy til bo‘lib shakllana boshlashi davriga to ‘g‘ri keladi. Chunki 
bu davrda adabiy til umumxalq aloqa quroliga aylana boradi, adabiy 
tilning og‘zaki shakli jamiyat hayotida muhim rol o‘ynay boshlaydi. 
Natijada adabiy til doirasida umumxalq xarakteridagi yagona 
talaffuzni yuzaga keltirish ehtiyoji tug'iladi. Ammo adabiy talaffuz 
normalari yo‘q joyda, sun’iy ravishda yaratilmaydi, balki tildagi 
talaffuz imkoniyatlariga tayanilgan holda normalarga solinadi.
Turli milliy tillarda adabiy talaffuz normalarining shakllanishi 
shuni ko'rsatadiki, adabiy talaffuzning dastlabki namunalari awalo 
iqtisodiy-siyosiy jihatdan rivoj topgan adabiy-madaniy markazda 
yuzaga keladi. Ana shu ulkan adabiy-m adaniy markazlarda 
yashovchi jam o atch ilik vakillari, ziyolilar adabiy talaffuz 
namunalarini, uning madaniy xususiyatlarini yaratuvchilardir. 
Odatda xalqning adabiy-madaniy markazdan tashqarida yashovchi 
vakillari mana shu markazdagi talaffuzga amal qilishga intiladi, 
uni namunali deb tan oladi. Ko‘p hollarda mana shu madaniy 
markaz dialekti yoki shevasi adabiy talaffuz tayanuvchi baza, manba 
vazifasini o'taydi. Adabiy normaning, jumladan, adabiy talaffuzning 
ba’zi munozaralari o'rinli, talaffuzdagi dubletlilik va variantlilik 
o'sha dialekt yoki shevadagi namunaviy materiallarga tayangan 
holda bartaraf qilinadi.
0 ‘zbek adabiy talaffuzining yagona normalarini ishlashda jonli 
halq tili talaffuz imkoniyatlariga tayaniladi. Bu adabiy talaffuzni 
xalq tiliga yaqinlashtirish, uni demokratlashtirish imkonini beradi. 
Shu bilan birga adabiy talaffuz normalarini belgilashda muhim 
ijtimoiy, siyosiy, adabiy-m adaniy markaz bo'lgan Toshkent 
talaffuziga tayanildi. Toshkent shevasi ayniqsa 

Yüklə 5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə