N. M. Kayumova


moyillari, ta'lim-tarbiyaviy jarayonlarga zamonaviy pedagogik, innovat-



Yüklə 4,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/287
tarix24.12.2023
ölçüsü4,4 Mb.
#159349
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika (1)

moyillari, ta'lim-tarbiyaviy jarayonlarga zamonaviy pedagogik, innovat-
sion texnologiyalarini qo'llashning ilmiy-uslubiy xususiyatlari yoritilgan.
Darslik pedagogika oliy o'quv yurtlari, pedagogika kollejlarining maktab­
gacha ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan talaba, o'quvchilari hamda mak­
tabgacha ta'lim sohasida faoliyat ko'rsatayotgan rahbar va mutaxassislar,
pedagoglar uchun mo'ljallangan.
Mas’ul muharrir:
Z.R.QODIROVA, Xalqaro pedagogika Akademiyasining
akademigi, falsafa fanlari doktori, professor
Taqrizchilar:
Pedagogika fanlari doktori, professor: Sh. Q. Mardonov
Psixologiya fanlari doktori, professor: N. S. Safaev
ISBN: 978-9943-24-220-3
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining
2018-yil 27-martdagi “274" - sonli buyrug'iga asosan O'zbekiston Respubli­
kasi VazirlarMahkamasi tomonidan Utsenziya berilgan nashriyotlarda nashr
etishga ruxsat berildi.
'
© “Tafakkur" nashriyoti, 2019 yil.
© F. Qodirova, Sh. Toshpo'latova,
M. Kayumova, M. A'zamova, 2019 yil.


KIRISH
Mamlakatimizda ta'lim tizimiga davlat siyosati darajasida 
e’tibor qaratiimoqda. O'zbekiston Respublikasining 2017-2021 
yillarga mo'Ijallangan Harakatlar strategiyasida maktabga­
cha ta’lim tizimini qayta ko'rib chiqish va uni yanada takomil­
lashtirish vazifalari belgilab berildi.
Bu muammolarni to'laqonli hal etishda o'qituvchi-peda- 
gogning intellektual salohiyati va kasbiy mahorati muhim aha- 
miyat kasb etadi. Shu boisdan ham amalga oshirilayotgan ish­
larni pedagogik tahlil qilish, ta'lim-tarbiyaviy jarayonlarining 
samarali kechishini ta'minlash zaruriyati yuzaga keldi. Bu ta­
lablar pedagogika oliy o'quv yurtlarining maktabgacha ta'lim 
yo'nalishi bo'yicha malakali kadrlar tayyorlashga ham taalluq- 
li bo'lib, bu ixtisos beradigan fanlarning nazariy jihatdan yana­
da takomillashtirishni taqozo etadi.
"Maktabgacha pedagogika” fani bo'yicha tayyorlangan ush­
bu darslikda ana shu nazariy-metodologik asoslarga tayanilgan 
holda asosiy e'tibor - maktabgacha pedagogikaning umumiy 
asoslari, uning ilmiy-tadqiqod metodlari, maqsad va vazifalari, 
maktabgacha ta’lim didaktikasi, O'zbekistonda maktabgacha 
ta'limning vujudga kelishi, rivojlanishining asosiy bosqichlari
ta’lim sohasi bo'yicha qabul qilingan huquqiy-me’yoriy qonun 
hujjatlari, maktabgacha yoshdagi bolalarni har tamonlama tar- 
biyalashning o'ziga xos xususiyatlar, shakl va usullari, bolalarni 
maktab ta'limiga tayyorlashning nazariy asoslari, oila, maktab 
va maktabgacha ta'lim muassasasi o'rtasidagi hamkorlik alo- 
qalari, turli xil maktabgacha ta'lim muassasalari ishini tashkil 
etish, ularga rahbarlik qilish va maktabgacha ta'lim tizimi to­
monidan nazorat qilish kabi masalalar tahliliga qaratilgan.
Darslikda ilk bor maktabgacha pedagogika fanining vu­
judga kelish tarixi, maktabgacha ta'lim didaktikasi, Maktab­
gacha ta'lim vazirligi faoliyati, "Bolalar huquqlari to'g'risida
3


Konvensiya"ni ta'lim-tarbiyaviy jarayonga qo'llashning na­
zariy va amaliy jihatlari yoritiiganligi ushbu manba nufuzini 
oshiradi.
Shuningdek, mazkur masalalar bo'yicha chet davlatlarda 
pedagog-psixolog va olimlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy 
izlanishlar bo'yicha fikr va mulohazalari ham o'rin egallagan.
Darslikda ajdodlarimizdan meros bo'lib qolgan tarbiya 
an'analari va aqidalari, metodi va yo'l-yo'riqlari nazariy jihat­
dan tahlil qilingan. "Maktabgacha pedagogika”ning nazariy 
asoslari insonning aqliy kamolotini yuksaltirishga qaratilgan, 
Maktabgacha pedagogikaning milliy asoslari xalq merosi va 
umuminsoniy qadriyatlarga asoslanadi.
Mazkur masalalar mantiqan bir-biri bilan uzviy bog'liq hol­
da izchil tadqiq etilishi maktabgacha pedagogika sohasida 
amalga oshirilayotgan ta'lim-tarbiyaviy va metodik ishlar­
ni tashkil etishda yangicha yondashuvni taqozo etadi. Bu hoi 
asosiy ixtisos beradigan kursning zaruriy g'oyaviy-nazariy da­
rajasini ta'minlashga, uning mazmunini umumiy pedagogi­
ka fani tomonidan ishlab chiqilgan asosiy metodologiya va na­
zariy qoidalar negizida talabalarni kasbiy tayyorlash va mal- 
akalarini o'zlashtirishga imkon yaratadi.
“Maktabgacha pedagogika” fanini o'rganish orqali talabalar 
tug'ilgandan yetti yoshgacha bo'lgan bolalarni oilada va mak­
tabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya ishlari mazmu­
ni va metodlarini, uni tashkil etish shakllarini, bolalarning 
maktabga tayyorgarligining samarali metodlari, maktabga­
cha ta’lim tizimi shakllanishining tarixiy jihatlari, maktabga­
cha ta'lim muassasalarini tashkil etish va ularga rahbarlik qil­
ish tamoyillari, ularning faoliyatini uslubiy jihatdan ta'minlash 
va nazorat qilish masalalari haqida ma’lumotga ega bo'ladilar.
Bu masalalarni chuqur va har tomonlama o'rganishda pe­
dagogika fanlari asoslari va umumiy nazariy-metodologik 
qoidalarga tayanilgan. Maktabgacha pedagogika fanining 
g'oyaviy-nazariy darajasini ta'minlashga, uning mazmunini
4


pedagogika fani sohasida qo'lga kiritilgan ilmiy-nazariy yutuq- 
lar xulosalar negizida yoritishga imkon beradi.
Ushbu darslikning har bobida tayanch iboralar, nazorat 
va test savollari, zamonaviy pedagogik texnlogiyalar asosi­
da yaratilgan ishlanmalar, ilmiy va ilmiy-metodik adabiyotlar 
ro'yxati taqdim etilgani talabalarning har bir mavzuni chuqur 
o'zlashtirishi va mustahkamlashga, shuningdek, ularda o'z us­
tida mustaqil ishlash ko'nikmasining hosil bo'lishiga xizmat 
qiladi.
Ushbu darslikni yaratishda mustaqillik yillarida mazkur so- 
hada faoliyat yuritgan yetuk olim va mutaxassislar tomonidan 
chop etilgan ilmiy-uslubiy manbalardan foydalanildi.
Darslik maktabgacha ta'lim yo'nalishi tizimida faoli­
yat ko'rsatayotgan barcha pedagoglar, maktabgacha ta'lim 
muassasalari, metodistlari, pedagogika universiteti, institut- 
lari talabalari uchun ilmiy-uslubiy manba bo'lib xizmat qiladi.
5



Yüklə 4,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə