N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdiraz а kov, M. X. Ashurov


I.3 . Neft, gaz va suvni yig‘ish va tashish sxemalarini loyihalashtirishda



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/168
tarix21.10.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#129795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   168
N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov,

I.3
. Neft, gaz va suvni yig‘ish va tashish sxemalarini loyihalashtirishda 
qo‘yiladigan aso
siy talablar 
Har bir yangi 
oсhilgan
kon uchun neft, gaz va suvni yig‘ish tizimlari loyihasi 
tuziladi. Konlarda neft, gaz va suvni yig‘ish tizimlarini loyihalashda quyidagi talablar 
bajarilishi lozim: 

neft, gaz va suvni har bir quduqda aniq o‘lchash;
- quduqdan magistral neft uzatk
ichgacha bo‘lgan yo‘lning germetikligini 
ta’minlash;
- texnologik qurilmalarda neft, gaz va suvni tovar mahsuloti darajasiga 
yetkazish; 
- kapital x
arajatlarning yuksak iqtisodiy ko‘rsatkichiga erishish, 
metal 
talabchanlikni va ishlatish xarajatlarini kamaytirish; 

texnologik qurilmalarni ishlatishni ishonchliligi va ularni zarur bo‘lganda 
avtomatlashtirish. 
Neft, gaz va suvni yig‘ish tizimining va texnologik qurilmalarning har xil iqlim 
sharoitlarida qo‘llash mumkinligi.
Konlarda neft va gazni yig‘ish va t
ayyorlash tizimi quduqdan to neft yoki gazni 
tayyorlash qurilmalarigacha bo‘lgan quvurlar, o‘lchov asboblari, yig‘ish punktlari, 
tayyorlash qurilmalarini o‘z ichiga oladi. 
Neft, gaz qazib olish korxonalarida neft, gaz va suvni yig‘ish va tayyorlash 
texnol
ogiyasi beshta jarayonni o‘z ichiga qamrab oladi:
- har bir quduqdan kelayotgan neft, gaz va qatlam suvi tazyiqli tashlama quvur 
orqali avtomatlashtirilgan guruxiy o‘lchov qurilmasiga uzatiladi;

AGO‘Qda joylashtirilgan separator quduq mahsulotini gaz va 
suyuqlikka 
(neft+suv) ajratib beradi


12 

neft, gaz va suvni AGO‘Q dan shu maydonning o‘zida joylashgan bir 
bosqichli separatorga uzatiladi; 

bir bosqichli separatordan ajratib olingan neft gazi o‘z bosimi ostida kon 
ehtiyojlari uchun yoki uzoqdagi iste’mol
chilarga uzatiladi, neft bilan suv esa neftda 
erigan gaz bilan birgalikda ikki bosqichli separatorga yuboriladi. Bu yerda neft past 
haroratda gazsizlantiriladi va qatlam suvidan birlamchi tozalanadi. 

ikki bosqichli ajratkichdan neft o‘zidan ajratilgan s
uv bilan tovar holiga 
yetishishi uchun separator-deemulgatorga uzatiladi, bu yerdan gaz separator 

de
emulgatordan o‘zining bosimi ostida GQIZ ga uzatiladi.
Shunday qilib, neft va gazni yig‘ish va uzoqqa uzatishga tayyorlash quduq 
og‘zidan boshlanib, neft
, gaz, suvni tayyorlash qurilmalarida tugaydigan yagona 
texnologik jarayondir.
Konlarda neft, gaz va suvni yig‘ishni tashkillashtirish deganda neft –
gaz 

suv 
quvur uzatkichlari orqali mahsulotni quduqdan markazlashgan texnologik 
qurilmalarga uzatish tizimi tushuniladi. 
Neft yer ostidan chiqayotganida o‘z tarkibida turli xil tuzlar, mexanik 
zarrachalar, tabiiy gazlar va yo‘ldosh suvlarni olib chiqadi. Shuning uchun neft 
quduqdan chiqqanidan keyin konning o‘zida maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazilib 
tayyor mahsulot holiga keltirilishi lozim. 
Tayyor neft mahsuloti davlat standarti bo‘yicha ma’lum talablarga javob 
berishi kerak. Neftni konda tayyorgarlik darajasiga ko‘ra uch guruxga bo‘lish 
mumkin. Ana shu guruxlarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talabla
r I.1-
jadvalda keltirilgan. 

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə