N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdiraz а kov, M. X. Ashurov


Neft konlarini ishlash loyihasi va ikki bosqichli kompleks sxemalashtirish



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/168
tarix21.10.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#129795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   168
N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov,

Neft konlarini ishlash loyihasi va ikki bosqichli kompleks sxemalashtirish

Bugungi kunda sanoat tadqiqot institutlarida konni ishlashni va jixozlarini 
loyi
halash bo’yicha katta tajribaga ega. Dastlab konni (uyumni) ishlashning 
kompleks sxemasi tuziladi va konning geologik tuzilishi, uning neft va gaz zaxirasi 
haqida ma’lumot bo’lsa ishlashning kompleks loyihasi tuziladi.
Bunda quyidagilar tuziladi: 
- ishlashning texnologik sxemasi; 
- ishlashning maqsadga muvofiqligini texnik-iqtisodiy asoslash (TIA); 
- jixozlarning ishchi chizmasi; 

asosiy quduqlar fondi burg’ilangandan keyin ishlashni loyihalash.
Texnologik sxema va ishlash loyihasidagi yillik neft qazib olish va suv 
haydash, quduqlarni burg`
ilash va o’rtacha debit bilan ishga tushirish, neft qazib 
olishni rejalashtirish imkoniyatini beruvchi ilmiy tadqiqot tashkilot tomonida davriy 
ravishda o’rganilib qabul qilinadi.
Loyiha va kompleks sxema quyidagi bo’limlardan tashkil topgan bo’ladi:
1) konning geologik tavsifi; 2) konni ishlash texnologiyasi; 3) quduqni ishlatish 
texnika va texnologiyasi; 4) burg’ilash ishlarini tashkil qilis
h va amalga oshirish;



5) jixozlar bosh reja sxemalari; 6) texnik iqtisodiy qism; 7) konni ishlash tahlili 
ustidan avtorlik nazorati. 
1. “Konning geologik tavsifi” bo’limida geologik tuzilishi, mahsuldor 
qatlamning kollektorlik tavsifi (o’tkazuvchanligi, g’ovakligi, har xilligi va boshqalar) 
keltiriladi, qatlam va yer yuzasi sharoitidagi neft, gaz va suvning fizik-kimyoviy 
xossalari, uyumning tabiiy rejimlari yoritiladi. 
2. ”Konni ishlash texnologiyasi” bo’limida ishlash sistemasi asoslanadi:
1) ishlatish ob`y
ekti ajratiladi, quduqlar to’ri yoki quduqlar joylashtirilishining 
umumiy sxemasi tanlanadi; 2) jami ishlash davridagi yillik neft, gaz va suv qazib 
olish hajmi aniqlanadi; 3) loyihalangan davrda yillar bo’yicha texnologik 
ko’rsatkichlarning o’zgarish dinamikasi (neft, gaz va suv qazib olish, quduqlar fondi, 
qatlam va usti bosimi o
’zgarishi va boshqalar) asoslanadi; 4) uyumga mavjud ta’sir 
usuli (suv va gaz haydash) va neft beraoluvchanlikni oshirish uchun yangi ta’sir 
usullarini (issiqlik tashuvchilar, o’z
aro eriydigan suyuqliklar, mitsillyar eritmalar va 
SFM ni haydash) asoslash; 5) konni ishlash jarayonini nazorat qilish va boshqarish 
tadbirlarini asoslash; 6) barcha turdagi quduqlar ishlatuvchi quvurlar tizmasi 
diametrini asoslash. 
3. ”Quduqni ishlatish texnikasi” bo’limida: 1) quduqni ratsional ishlatish 
usulini asoslash; 2) quduqni favvora usulidan mexanizatsiyalashgan usullarga 
o’tkazish muddatlari; 3) quduqni ishlatish uchun kerak bo’ladigan asosiy 
jixozlarni 
aniqlash; 4) ikki yoki undan ko’p qatamlarni bir quduq orqali ishlatish hajmi va 
imkoniyatlarini o’rnatish, shuningdek 
birgalikda suv (gaz) haydash hajmi va 
imkoniyatlarini o’rnatish; 5) quduqni ishlatish ja
rayonida tadqiqot ishlari majmui. 
4. ”Burg’ilash ishlarini tashkil qilish va amalga oshirish” bo’limida 
yoritiladigan savollar: 1) konni burg’ilash uchun burg’ilash qur
ilmalari sonini 
aniqlash; 2) quduq konstruksiyasini asoslash; 3) yuqori mahsuldorligini saqlagan 
holda, quduqni o’zlashtirish ishlarini mu
vaf
faqiyatli amalga oshirishni ta’minlab, 
burg’ilash va teshishda mahsuldor qatlamni samarali ochish shartini asoslash
;
4
) quduqni burg’ilash jarayonida olib boriladigan tadqiqot ishlari majmuasini 


10 
asoslash; 5
) kondagi burg’ilash ishlari texnik
-
iqtisodiy ko’rsatkichlar
i va kapital 
xarajatlarni aniqlash. 
5. 

Jixoz
lar bosh reja sxemasi” bo’limida quyidagilarni o’z
ichiga oluvchi 
asosiy jixozlar sistemasi prinsipial yechimlari ishlab chiqiladi: quduqlar usti optimal 
bosimini tanlash, quvurlar tizimining gidravlik hisobi, har bir quduq flyuidini 
o’lchash bo’yicha avtomatik 
gurux
iy o’lchov punktlarining optimal joylas
htirilishi va 
sonini, nasoslar stansiyasi jamlamasini ratsional joylashtirilishi, siquv nasos 
stansiyasi (SNS), neft, gaz va suvni tayyorlash qurilmasi, suv ta’minoti, 
kanalizat
siya, yo’l, aloqa, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqalar
tashqi sanoat qurilish ob`y
ektlar bog’liqligini va 
qurilish materiallari, energo va suv 
ta’minoti, burg’ilash va neft qazib olish tashkilotlariga ishlab chiqarish xizmatlarini
aniqlash; dengiz konlari uchun gidrotexnik inshootlarni tanlash asoslanadi, suv 
hu
dudlari bo’yicha 
jixozlash ketma-ketligi va ishga tushirish navbatlari aniqlanadi. 
6. “Texnik iqtisodiy qism” bo’limida quyidagilar aniqlanadi: 1) ishla
sh, 
burg’ilash, ishlatish va 
jixozlash, hamda keltirilgan x
arajatlar bo’yicha texnik
-
iqtisodiy ko’rsatkichlarni asoslash; 2) ko’rib chiq
i
ladigan variantlar bo’yicha texnik
-
iqtisodiy ko’rsatkichlar; 3) quduqni burg’ilash va 
jixozlashga solishtirma kapital 
xarajat normativlari va qurilish va montaj ishlari hajmi va kapital xarajatlarni;
4) mehnat va ishlatish xarajatlarini aniqlash. 
7. “Konni ishlash tahlili ustidan avtorlik nazorati” bo’limida konni ishla
sh 
jarayonida to’plangan materi
allar umumlashtiriladi, loyihaga kerakli tuzatmalar 
kiritiladi va uyumning geologik tuzilishi va yer bag’rida kechadi
gan jarayonlarning 
harakatlanuvchanligini hisobga oluvchi ishlashni me`
yorlash bo’yicha tadbirlarni 
asoslanadi. 
Konni ishlash tahlili ustidan aftorlik nazorati takliflari kompleks sxema va 
ishlash loyihasida asoslangan prinsipial texnologik yechimlar asosida olib borilishi 
kerak. 
Kompleks sxema va loyiha tajribaviy ishlatish yoki sanoat ishlashga 
qo’shishning asosiy hujjati hisoblanadi.


11 
Shunday qilib, neft konini ishlashni kompleks loyihalashda ikkita asosiy 
muammo yechiladi: sanoat neft zax
irasini ko’proq 
qazib chiqarish, shu bilan 
birgalikda loyihalash va yig’ish, tashish va neft, gaz va suv
ni tayyorlash tizimini 
qayta jixozlashga xarajatlarni sezilarli kamaytirish. 

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə