N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdiraz а kov, M. X. Ashurov


Grozniy neft institutining yig‘ish tizimi



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/168
tarix21.10.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#129795
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   168
N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov,

Grozniy neft institutining yig‘ish tizimi.
Bu tizim o‘z ichiga jamlangan 
to‘rtta yirik tizimlarni biriktirgan bo‘lib, Baronyan
-
Vezirov yig‘ish tizimidan 
zamonaviyligi, qulayligi va mahsulot yo‘qotilishini minimumgacha kamaytirilganligi 
bilan farq qiladi (II.2-rasm). 


16 
 
II.1-rasm. Tazyiqli Baronyan-
Vezirov yig‘ish tizimi.
 
1,12,13-quduqlar, 2,4,5,10-gaz separatorlari, 3-
o‘lchash asbobi, 6
- neft tindirgichi, 7-saqlagichlar, 
8-qum separatori, 9,11-kompressorlar.


17 
Jamlangan to‘rtta yirik tizimga 
gurux
iy o‘l
chov qurilmasi, birinchi bosqich 
gazsizlantirish qurilmasi, markaziy gazsizlantirish qurilmalari va neftni mukammal 
tayyorlash qurilmalari kiradi. 
Bu yig‘ish tizimida yuqori bosimda favvora usuli 
bilan ishlayotgan quduqlar 
(1) boshida 6-7 MPa bosim saqlanib turiladi, buning natijasida neft gurux
iy o‘lchov 
qurilmasi (2) gacha va undan keyin birinchi bosqich gazsizlantirish qurilmasi (3) ga, 
hamda neftni tayyorlash tizimlarigacha o‘z bosimi bilan yetib borishi ta’minlanadi. 
Quduqlar boshida 6-7 MPa bosimning saqlanib turilishi neftni tayyorlash tizimini 100 
km masofagacha uzoqlikda o‘rnatish imkoniyatini beradi.
Gurux
iy o‘lchov qurilmasida 14 tagacha quduqning mahsulot miqdori 
o‘lchanishi mumkin. Agar erigan gaz miqdori juda katta bo‘lsa, 
gurux
iy o‘lchov 
quril
masidan neft birinchi bosqich gazsizlantirish qurilmasiga yo‘naltiriladi. Bu yerda 
dastlabki ajratib olingan gaz to‘g‘ri GQIZ (4) ga yoki boshqa bir iste’molchiga 
yuboriladi. 
Neft birinchi bosqich gazsizlantirish qurilmasidan o‘tgandan so‘ng 
markaziy gazsi
zlantirish qurilmalari (5) ga yo‘naltiriladi. Bu yerda neft uch bosqichli 
gazsizlantirish jarayonidan o‘tadi. Ajratib olingan gazning o‘zi ham kondensat va neft 
tomchilaridan tozalanadi, quritiladi va gazni qayta ishlash zavodiga yoki 
iste’molchiga yuboril
adi. Gazsizlantirilgan neft esa neftni tayyorlash qurilmalari (6) 
ga yetib keladi. Bu yerda neft suv va qum zarrachalaridan tozalanib tayyor mahsulot 
holiga keltiriladi va neftni qayta ishlash zavodlariga yoki temir yo‘l va neft quyish 
estakadalariga quvur 
orqali jo‘natiladi.
Grozniy neft institutining yig‘ish tizimida quduqdan chiqayotgan neft, gaz va 
suvli suyuqlik bitta katta quvur orqali uzoq masofaga (100km gacha) uzatilib, unda 
quvurdagi oqimning uzluksizligiga, oqimni haydash tarziga katta ahamiyat beriladi. 
Grozniy neft institutining yig‘ish tizimidagi neft yig‘ish, uzatish va tayyorlash 
Shimoliy Kavkaz va Ukraina konlarida ko‘proq qo‘llaniladi.
Bu tizimning yana bir afzalligi 100 km radiusda joylashgan bir necha konlar 
uchun tayyorlash tizimlarini bir joyda jamlangan holda qurishning mumkinligidir. 


18 

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə