Namangan davlat universiteti



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/462
tarix13.04.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#105358
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   462
LUG\'AT ATAMALAR

AN‟ANAVIY JAMIYAT
— jamiyatlarning rivojlanish jarayoniga ko‗ra ajratilgan 
ikki turidan biri. A.j. uchun iqtisodda texnologik ortda qolish xos. Ijtimoiy sohada 
ijtimoiy munosabatlar ko‗plab qoidalar, an‘analar, udumlar bilan tartibga solinadi. 
Jamiyatning asosini jamoa tashkil etadi. Bunday jamiyatlarda odamlar mavjud ijtimoiy 
munosabatlarni saqlab qolishga intiladilar, o‗z turmush tarzlaridan farq qiluvchi boshqa 
qadriyatlar tizimiga salbiy yondashadi. 
AN‟ANAVIY LEGITIMLIK
— o‗rta a. davlat boshqaruviga xos tushuncha. Xalq 
hukmdorni va uning hokimiyatini mavjud an‘analardan kelib chiqqan holda qabul etgan. 
Misol uchun, o‗z vaqtida podshohlikning otadan farzandga yoki keyingi avlodga o‗tishi 
tamoyili mavjud bo‗lgan va bu merosxo‗rlik an‘anasiga ko‗ra amalga oshirilgan. Xalq 
esa, buni qonuniyatli jarayon sifatida qabul qilganligi tufayli hokimiyatni legitim 
hisoblagan. Keyingi ikki yuz-yil davomida ro‗y bergan texnologik taraqqiyot natijasida, 


16 
jamiyatni boshqarishda asosiy rol o‗ynab kelgan an‘anaviy turmush tarzi o‗zgarishi 
tufayli siyosiy hokimiyatning A.l. o‗rniga mafkuraviy legitimlik vujudga keldi. Hozirgi 
kunda ham Fransiyada taxt qonuniy vorislari, tarafdorlarini legitimistlar, deb atashadi. Bu 
turdagi legitimlik barcha jamiyatlarda uchraydi. Xususan, Amir Temurning xonlik 
mavqeini egallashi tarixi — buning yorqin dalilidir. 
ANAKONDA STRATEGIYASI
— Atlantizmning Yevroosiyo tajovuzini jilovlab 
turish maqsadida uning imkon qadar ko‗proq qirg‗oq hududlarini ajratib olishga 
qaratilgan hatti-harakatlari. 
ANALIZ
,
 
tahlil (yun. 
analysis
– bo‗linish) - 1) biror narsaning alohida tomonlari, 
xususiyatlari va ajralmas qismlarini ko‗rib chiqish orqali amalga oshiriladigan tadqiqot 
va tahlil orqali olamni bilish jarayonida ishlatiladigan bir usul. Fikran yoki amalda narsa 
va hodisalarni tarkibiy bo‗laklarga bo‗lish uslubi; 2) har tomonlama ko‗rib chiqish, tahlil 
etish. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə